Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash tugrisida — ozbekiston

Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash tugrisida — ozbekiston

Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash tugrisida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 27 iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011 yil 26 avgustda maqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun fuqarolarning sogligini, avvalo, yigirma yoshga tulmagan shakhslarning sogligini alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning zararli tasiridan, shu bilan bogliq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek jamiyatda soglom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgandir.
2-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash tugrisidagi qonun hujjatlari
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash tugrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Uzbekiston Respublikasining khalqaro shartnomasida Uzbekiston Respublikasining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash tugrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bulsa, khalqaro shartnoma qoidalari qullaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qullaniladi:
alkogol mahsuloti — konyak spirti yoki tozalangan etil spirtidan, vino materiallari va (yoki) tarkibida spirt bulgan oziq-ovqat mahsulotidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan, hajmidagi etil spirtining ulushi bir yarim foizdan ortiq bulgan oziq-ovqat mahsuloti;
alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning salbiy tasiri profilaktikasi — alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilish bilan bogliq fuqarolar sogligiga, avvalo, yoshlar sogligiga, ularning jismoniy, manaviy rivojlanishiga, jamiyatning manaviy-akhloqiy negizlariga tahdidlarning hamda boshqa tahdidlarning oldini olishga va ularni kamaytirishga qaratilgan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy chora-tadbirlar hamda boshqa chora-tadbirlar majmui;
alkogolga qaramlik — alkogol mahsulotiga patologik ruju quyish, alkogoldan surunkali zaharlanishning psikhosomatik (ruhiy va jismoniy) hamda ijtimoiy oqibatlari bilan tavsiflanadigan surunkali kuchayib boruvchi kasallik (surunkali alkogolizm);
tamaki mahsuloti — tamakidan yoki uning urnini bosuvchi narsadan tayyorlangan har qanday mahsulot;
tamakiga qaramlik — tamaki mahsulotiga patologik ruju quyish, nikotindan surunkali zaharlanishning psikhosomatik (ruhiy va jismoniy) oqibatlari bilan tavsiflanadigan surunkali kuchayib boruvchi kasallik (nikotinga qaramlik);
tibbiy ogohlantirish — alkogol mahsuloti idishining yorligida hamda tamaki mahsulotining qutisida (urovida) joylashtiriladigan, alkogol yoki tamaki mahsulotlarini istemol qilishning inson sogligiga salbiy tasiri tugrisidagi akhborot.
4-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning salbiy tasiri profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yunalishlari
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning salbiy tasiri profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar sogligini saqlash, alkogol, tamaki mahsulotlarining zararli tasiridan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
fuqarolarni manaviy-akhloqiy jihatdan tarbiyalashga, aholi, avvalo, yoshlar urtasida soglom turmush tarzini targib qilishga, ularning sogligiga alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilish bilan bogliq tahdidlarning oldini olish hamda bunday tahdidlarni kamaytirishga qaratilgan profilaktika, marifiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish;
alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi hamda realizasiya qilinishi sohasidagi davlat nazoratini taminlash, shuningdek bunday mahsulotlarning tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklashga, ularning salbiy tasiri profilaktikasiga, jamiyatda soglom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish;
alkogol va tamakiga qaram bulib qolgan shakhslarga tibbiy-sanitariya yordami kursatishning samarali tizimini yaratish;
alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning salbiy tasiri profilaktikasi, shuningdek alkogol va tamakiga qaramlik diagnostikasi hamda uni davolash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;
soglom turmush tarzini targib qilishda hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va istemol qilinishini cheklash va ularning salbiy tasiri profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatini ruyobga chiqarishga qaratilgan profilaktika, marifiy tadbirlarni amalga oshirishda ommaviy akhborot vositalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining keng ishtirok etishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish.
5-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash sohasidagi davlat kafolatlari
Davlat Uzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan yoki Uzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlarining inson hayoti va sogligi uchun khavfsizligini baholash qoidalari hamda tartib-taomillari belgilanishini va ularga rioya etilishini kafolatlaydi.
Davlat tarkibida inson hayoti va sogligi uchun zararli bulgan moddalarning miqdori Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan yul quyiladigan eng kup meyorlardan ortiq bulgan alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi hamda realizasiya qilinishini tartibga soladi, shuningdek bunday mahsulotlarning import qilinishini taqiqlab quyadi.
Davlat alkogol va tamakiga qaram bulib qolgan shakhslarga tibbiy-sanitariya yordami kursatilishini, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning salbiy oqibatlari tugrisidagi akhborotdan foydalanilishini qonun hujjatlari talablariga muvofiq taminlaydi.
6-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash buyicha profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korkhonalar, talim muassasalari va boshqa muassasalar alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning salbiy tasiri profilaktikasi, jamoatchilik ongida alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish buyicha uz vakolatlari doirasida ijtimoiy, tashkiliy-huquqiy hamda boshqa chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi.
2-bob. Davlat organlarining, fuqarolar uzini uzi boshqarish organlarining, korkhonalar, muassasalar va tashkilotlarning alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning salbiy tasiri profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
7-modda. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning salbiy tasiri profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning salbiy tasiri profilaktikasi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taminlaydi, shu sohaga doir davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ruyobga chiqaradi;
davlat va khujalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishni kamaytirishga, aholi urtasida soglom turmush tarzini targib qilishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi hamda realizasiya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi va bunday nazoratni tashkil etadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir faoliyatni lisenziyalash tartibini belgilaydi;
joylarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, alkogol va tamaki mahsulotlarining fuqarolar, ayniqsa, yigirma yoshga tulmagan shakhslar orasida istemol qilinishini kamaytirishga, ularda yuksak ongni shakllantirish va jamiyatda soglom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan marifiy, tarbiyaviy, tibbiy-sanitariya ishlarining tasirchanligini oshirishga doir chora-tadbirlarni va boshqa ijtimoiy, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni uz ichiga oluvchi profilaktikaning samarali tizimi yaratilishi va faoliyat kursatishini taminlaydi.
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qushimcha malumot uchun Uzbekiston Respublikasining «Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tugrisida»gi Qonuniga qarang.
8-modda. Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning salbiy tasiri profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash sohasidagi yagona davlat siyosatini, avvalo, soglom turmush tarzi targibotini nazarda tutgan holda amalga oshirishda ishtirok etadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning zarari tugrisidagi bilimlarni aholi, avvalo, yoshlar urtasida yoyishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining khavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli bulgan tekhnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni tashkil etishda hamda ularning bajarilishini taminlashda ishtirok etadi;
fuqarolar sogligini alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning salbiy tasiridan himoya qilish bilan bogliq profilaktika ishlarini tashkil etish hamda amalga oshirish masalalari borasida nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
alkogol va tamakiga qaramlikning diagnostikasi hamda uni davolashga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, ularga sogliqni saqlash muassasalari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
alkogol idishining yorligida va tamaki mahsulotining qutisida (urovida) joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlari realizasiya qilinadigan joylardagi ogohlantiruvchi yozuvlar matnlarining mazmunini kurib chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
alkogol va tamakiga qaram bulib qolgan shakhslarga tibbiy-sanitariya yordami kursatilishini taminlaydi, alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilish bilan bogliq bulgan surunkali kasallanish hamda ulim holatlarining monitoringini amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning zararli tasiri profilaktikasiga doir tadbirlarning samaradorligi monitoringini amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash sohasidagi khalqaro hamkorlik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
alkogol va tamakiga qaramlikning profilaktikasi hamda uni davolash buyicha mutakhassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taminlaydi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning salbiy tasiri profilaktikasi masalalari buyicha umumiy urta, urta makhsus, kasb-hunar talimi muassasalari, shuningdek oliy talim muassasalari uchun uquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
alkogol va tamakiga qaramlikning profilaktikasi, diagnostikasi hamda uni davolash sohasida ilmiy tadqiqotlar utkazilishini tashkil etadi.
Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qushimcha malumot uchun qarang: Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 14 yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan «Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi tugrisida»gi nizom.
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning salbiy tasiri profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning salbiy tasirini kamaytirish sohasidagi davlat dasturlarining ruyobga chiqarilishida ishtirok etadi hamda hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ruyobga chiqarilishini tashkil qiladi;
aholi urtasida, avvalo, yoshlar urtasida soglom turmush tarzini targib qilish hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning zarari tugrisidagi bilimlarni yoyishga qaratilgan profilaktika tadbirlari amalga oshirilishini taminlaydi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash tugrisidagi qonun hujjatlari talablarining tegishli hududda ijro etilishini taminlaydi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning salbiy tasiridan fuqarolar sogligini himoya qilish, jamiyatda soglom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni taminlaydi;
alkogol va tamakiga qaram bulib qolgan shakhslarga tibbiy-sanitariya yordami kursatilishini moliyaviy, moddiy-tekhnikaviy, tashkiliy jihatdan taminlash masalalarini hal etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qushimcha malumot uchun Uzbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati tugrisida»gi Qonuniga qarang.
10-modda. Fuqarolar uzini uzi boshqarish organlarining, korkhonalar, muassasalar va tashkilotlarning alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning salbiy tasiri profilaktikasi sohasidagi ishtiroki
Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari, korkhonalar, muassasalar va tashkilotlar uz vakolatlari doirasida:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning salbiy tasiri profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarining, hududiy va boshqa dasturlarning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
aholi, avvalo, yoshlar urtasida soglom turmush tarzini targib qilishga hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishning zarari tugrisidagi bilimlarni yoyishga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi.
Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari, korkhonalar, muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Qushimcha malumot uchun Uzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari tugrisida»gi Qonuniga qarang.
3-bob. Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizasiya hamda reklama qilishga doir faoliyatni tartibga solish
11-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizasiya qilish
Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizasiya qilish yuridik shakhslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qushimcha malumot uchun qarang: Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan «Uzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari»ning V bulimi («Alkogol va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish khususiyatlari»).
12-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining uralishiga, tamgalanishiga doir talablar
Alkogol va tamaki mahsulotlarining uralishiga, tamgalanishiga doir talablar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tekhnik reglamentlarga muvofiq belgilanadi.
Alkogol mahsulotining idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish bulishi kerak.
Tamaki mahsulotining qutisida (urovida) tamaki mahsuloti qutisi (urovi) old tomoni asosiy yuzasining kamida qirq foizini va orqa tomoni asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish bulishi kerak.
Tamaki mahsulotining qutisida (urovida) inson sogligiga etkaziladigan zararni kamaytirib kursatuvchi, tamaki mahsulotining khususiyati haqida zararsiz mahsulot sifatida yoki tamaki mahsulotining boshqa namunalariga qaraganda zarari kamroq ekanligi tugrisida yolgon taassurot uygotadigan akhborot joylashtirilishiga yul quyilmaydi.
13-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilishga doir cheklashlar
Alkogol va tamaki mahsulotlarini:
yigirma yoshga tulmagan shakhslarga;
talim, sport muassasalari va diniy muassasalardan besh yuz metrdan kam radiusda joylashgan savdo obektlari tomonidan;
ular tekhnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga muvofiq bulmasa;
aksiz markalari bilan tamgalanmagan holda (pivodan tashqari) yoki aksiz markalari qalbaki bulganda;
ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini beradigan tarzda aniq tamgalanmagan bulsa;
donalab, qutisiz (urovsiz) — tamaki mahsulotiga nisbatan;
ularni ishlab chiqarish uchun lisenziyaga ega bulmagan Uzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan bulsa;
ularni etkazib berish huquqiga ega bulmagan yoki etkazib berishni qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirgan mahsulot etkazib beruvchidan olingan bulsa, realizasiya qilish mumkin emas.
Shuningdek, qarang: Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan «Uzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari»ning 60-bandi.
Alkogol va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham cheklanishi mumkin.
14-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilishni amalga oshiruvchi shakhslarning javobgarligi
Alkogol va tamaki mahsulotlari savdosini amalga oshiruvchi shakhslar mazkur mahsulotlarni yigirma yoshga tulmagan shakhslarga realizasiya qilganlik uchun javobgar buladi.
15-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlari realizasiya qilinadigan joylardagi ogohlantiruvchi yozuvlar
Alkogol va tamaki mahsulotlari realizasiya qilinadigan joylarda ularni yigirma yoshga tulmagan shakhslarga realizasiya qilishga yul quyilmasligi haqidagi, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining inson sogligiga salbiy tasiri tugrisidagi ogohlantiruvchi yozuv joylashtirilgan bulishi kerak.
16-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi hamda realizasiya qilinishi ustidan davlat nazorati
Alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi hamda realizasiya qilinishi ustidan davlat nazorati vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
17-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlaridagi inson hayoti hamda sogligi uchun zararli bulgan moddalarning yul quyiladigan eng kup meyori
Alkogol va tamaki mahsulotlaridagi inson hayoti hamda sogligi uchun zararli bulgan moddalarning yul quyiladigan eng kup meyorini Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi belgilaydi.
Alkogol va tamaki mahsulotlaridagi inson hayoti hamda sogligi uchun zararli bulgan moddalarning yul quyiladigan eng kup meyorlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Fuqarolar sogligini alkogol va tamaki mahsulotlarining salbiy tasiridan saqlash buyicha chora-tadbirlar
18-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishni reklama va targib qilishga yul quymaslik
Alkogol va tamaki mahsulotlarini reklama qilishga yul quyilmaydi.
Alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishni targib etish, yani alkogol va tamaki mahsulotlari istemol qilishni ragbatlantiruvchi, shakhsda ularni istemol qilishning zararsizligi haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi goyalar, qarashlar hamda badiiy obrazlarni oshkora yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan khatti-harakatlar taqiqlanadi.
19-modda. Jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishga yul quymaslik
Ish joylarida, kuchalar, stadionlar, khiyobonlar, istirohat boglarida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini istemol qilishga yul quyilmaydi. Mazkur qoida alkogol mahsulotini quyib realizasiya qilish rukhsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish obektlariga, shuningdek tuylar, yubileylar va boshqa tantanalar hamda marosimlar utkaziladigan joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ish joylarida, sogliqni saqlash, talim, sport-soglomlashtirish muassasalarida, yongin chiqish khavfi bulgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yonilgi quyish shokhobchalarida va boshqa jamoat joylarida, tamaki mahsulotini istemol qilish uchun makhsus ajratilgan joylar va (yoki) khonalar bundan mustasno, shuningdek jamoat transportining barcha turlarida tamaki mahsulotini istemol qilishga yul quyilmaydi.
20-modda. Alkogol va tamakiga qaram bulib qolgan shakhslarga tibbiy-sanitariya yordami kursatish
Alkogolga qaram bulib qolgan shakhslarga tibbiy-sanitariya yordami kursatish, shuningdek ularni reabilitasiya qilish yuzasidan yordam kursatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tamakiga qaram bulib qolgan shakhslarga ularning khohishiga kura, sogliqni saqlash muassasalarida tibbiy-sanitariya yordami kursatiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
21-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklashga doir tadbirlarni moliyalashtirish
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash, ularning aholi sogligiga zararli tasirining profilaktikasi, oldini olish, bunday tasirni kamaytirishga doir tadbirlarni moliyalashtirish Uzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
22-modda. Nizolarni hal etish
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
23-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shakhslar belgilangan tartibda javobgar buladi.
24-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bulgan uz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta kurib chiqishlari va bekor qilishlarini taminlasin.
25-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran olti oy utgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2011 yil 7 oktyabrdagi 194 (5361)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011 yil 5 oktyabr,
URQ-302-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2011 y., 40-son, 413-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.