Homiladorlik belgilari — ozbekiston

Homiladorlik belgilari — ozbekiston

Homiladorlik belgilari — o’zbekiston

Homiladorlikning dastlabki alomatlari turlicha bo’ladi. Homiladorlikni orzu k’ilib yashayotgan ayol bu alomatlarni bilib, o’zida tezrok’ his etishni istaydi. Axir homiladorlik bu juda ajoyib, ilohiy bir davrdir. Homiladorlik bir ayolda barcha alomatlar bilan kechsa, boshk’a ayol 9 oyni umuman hech narsa sezmay o’tkazishi mumkin. K’uyida keltirilgan alomatlar homiladorlikning dastlabki alomatlaridir, lekin ba’zi hollarda boshk’a holat yoki kasallik mavjudligidan dalolat berishi ham mumkin.
Juda oz mik’dordagi k’on ajralmalar.
Ayol tuxumdoni urug’langandan so’ng bachadonga joylashishni boshlaydi. Bu jarayon implantasiya deb ataladi. Aynan shu davrda (odatda 1-2 kun) k’indan oz mik’dorda k’on ajralmalari kuzatilishi mumkin. Ular hayz davomidagi ajralmalardan rangi, davomiyligi va mik’dori bilan tubdan fark’ k’iladi. Rangi ochrok’, davomiyligi k’isk’arok’ va mik’dori juda oz bo’ladi.
Ko’krak shaklining o’zgarishi yoki kattalashishi.
Homiladorlik yuzaga kelganda ayol organizmida katta gormonal o’zgarishlar yuzaga keladi. Bu o’zgarishlar ko’krak bezlarini ham ish faoliyatini o’zgartirib yuboradi. Shunda ko’krakning kattalashgani yoki uning shakli o’zgarganini kuzatishimiz mumkin. Lekin ko’krakning kattalashishi homiladorlikka k’arshi ichiladigan gormonal dori vositalari tufayli ham vujudga kelishi mumkinligini inobatga olishimiz darkor.
Charchov.
Besabab charchov, tez holdan toyish ham homiladorlikning ilk alomatlaridandir. Ba’zilar yig’lok’i bo’lib k’olishi ham ko’p uchraydigan holat. Homiladorlik yuzaga kelgani hak’ida bilishning eng oson va ishonuvchan yo’li — bu homiladorlik testini o’tkazish yoki ginekolog huzurida bo’lishdir. Buning uchun ayolda hayz ko’rish kuni kechikayotgan bo’lishi lozim.
Ertalabki toksikoz.
Bunda ertalabdan ayolning ko’ngli aynashi boshlanadi. Ba’zi ovk’atlar yok’imsiz tuyuladi yoki aksincha, ishtaha ochilib ketadi.
Hayz kelmasligi.
Bu homiladorlik alomatlaridan eng ishonarlisi bo’lib, bunda hayz o’z vak’tida boshlanmay 9 oy muddatga umuman yo’k’ bo’lib k’oladi.
K’in ajralmalari.
Ba’zi ayollarda homiladorlikning ilk davrida k’indan ok’ rangli hidsiz ajralmalar mik’dori ko’payishi kuzatiladi.
Uyk’usizlik.
Bu alomatning boshk’a sababi juda ko’p bo’lishiga k’aramay, ular orasida homiladorlik ham bor.
Kayfiyatning tez-tez o’zgarib turishi.
Agar ayolning kayfiyati o’z-o’zidan o’zgaruvchan bo’lib k’olsa, homiladorlik yuzaga kelgan bo’lishi mumkin.
Tez-tez siydik k’istashi.
Bu alomatning asosiy sababi sistit bo’lishi mumkin. Lekin homiladorlikning ilk 6-8 haftalarida ham ayolni tez-tez siydik k’istashi k’iynab turadi.
Bosh aylanish va hushdan ketish.
K’adimdan ayolning boshi aylansa, homiladorligiga shubha k’ilinar edi.
Boshk’a alomatlar.
Bunga bel og’rishi, k’orin past k’ismini sim-sim og’rishi, ich k’otish, k’orinda gaz yig’ilishi va bosh og’rishini kiritish mumkin.
Agar sizda homiladorlikning dastlabki alomatlari sezilib, lekin homiladorlik testi manfiy natija ko’rsatayotgan bo’lsa, siz biroz shoshilgan bo’lishingiz mumkin. Bir necha kundan so’ng testni k’ayta k’ilib ko’ring. Ikki-uch haftadan so’ng ham test manfiy chik’sa hayz kelmayotganligi sababini shifokorga uchrab anik’lash mak’sadga muvofik’ bo’ladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.