Ich ketishi sabablari — ozbekiston

Ich ketishi sabablari — ozbekiston

Ich ketishi sabablari — o’zbekiston

Mana, hademay yozning ikkinchi haftasi ham nihoyalaydi. Bu k’aynok’ faslda bolakaylar orasida ko’p uchraydigan ich ketishi «mavsumi»ning esa hali keti ko’rinmaydi.
Sahifamiz eksperti — oliy toifali shifokor-pediatr Muhabbat NASIVALIEVA.
O’zi o’tib ketadi demang!
Odatda ich ketishi (ilmiy tilda aytganda diareya) go’yoki o’z-o’zidan o’tib ketadigandek k’arashadi. Bunga shu sababki, ba’zida kasallik alomatlari tez o’tib ketadi va ota-onalar mutaxassilarga murojaat k’ilib o’tirishmaydi. Lekin ba’zida kasallik shunchaki vak’tinchalik «bekinadi» va k’ulay fursatni poylaydi. Gohida esa kasallik shunchalik kuchli namoyon bo’ladiki, zudlik bilan davo choralarini ko’rmasa bo’lmaydi. Bola organizmi juda tez suvsizlanib k’oladi, ko’p mik’dorda suyuk’lik yo’k’otish ok’ibatida modda almashinuv jarayoni va boshk’a a’zolar faoliyati ham buziladi. Birinchi galda asab tizimi va oshk’ozon-ichak trakti ishi zarar ko’radi. Diareya xavfini nazar-pisand k’ilmaslikning ok’ibati yaxshi emas. Dunyo statistikasiga ko’ra, diareya bilan kechadigan kasalliklardan har yili 5 million bola vafot etadi. Bu kasallik go’dak yangi tug’ilgan davrda va 3 yoshgacha bo’lgan paytda aynik’sa xavfli.
Kim aybdor?
Viruslar. Ular yozda ham, k’ishda ham bolalardagi ich ketishining eng keng tark’algan k’o’zg’atuvchilari. Ulardan eng «mashhur»lari — adenoviruslar va rotavirus.
Parazitlar. Ular bola organizmiga «tashrif buyurishga hamisha hoziru nozir. Masalan, lyambliya ham bolaning ichi ketishiga sabab bo’lishi anik’langan.
Dorilarning nojo’ya ta’siri. Antibiotiklar, antasid vositalar, surgi dorilar va ko’p sonli biologik faol k’o’shimchalar k’abul k’ilganda ham diareya yuzaga kelishi mumkin.
Ferment etishmasligi. Bu k’orin g’uldirashi, shishishi, k’orin og’rig’i, ich ketishi bilan xarakterlanadi. K’and moddasi etishmovchiligida tarkibida shakar bo’lgan mahsulotlar (jumladan, shirin ichimliklar, sharbatlar) iste’molidan keyin ham shunday hol kuzatiladi. Sink etishmaganda bola ozib ketadi, sochlari to’kiladi, suyuk’ va yog’li ich ketishi kuzatiladi.
Oshk’ozon-ichak traktining surunkali xastaliklari. Bolalardagi ich ketishi aynik’sa, uzok’ vak’t sak’lanib turadigani yarali kolit, Kron kasalligi, jigarning surunkali shikastlanishlarining ilk belgisi bo’lishi mumkin. YAkuniy tashxisni esa albatta tekshiruvlardan so’ng k’o’yish mumkin.
K’achon shifokorga murojaat k’ilish zarur?
Barcha davo choralari bolaning ahvoli, kasallik darajasiga k’arab belgilanadi. Diareyada k’o’llaniladigan dorilarning aksariyati shifokor reseptisiz sotiladi. Lekin ota-onalar kimningdir tavsiyasiga binoan duch kelgan «k’orin og’rig’iga k’arshi» dorini bolaga beravermasliklari kerak. Kattalarning dorilarini bolaga bermang, hatto u o’zingizga k’achondir yordam bergan bo’lsa ham. K’uyidagi hollarda albatta shifokorga murojaat k’iling:
1 yoshgacha bo’lgan bolaning ichi ketsa;
tana harorati 38,3 darajadan yuk’ori bo’lsa;
k’orni kuchli og’risa;
ich ketishi 3 kundan beri davom etayotgan bo’lsa;
bolaning ahvoli yaxshilanavermasa;
axlatda k’on kuzatilsa;
diareyaga dori sabab, degan gumoningiz bo’lsa…
Asoratlari
Ba’zi bolakaylarda kasallikdan so’ng uzok’ vak’t ichaklarning funksional o’zgarishlari sak’lanib k’oladi. Bu goh ich ketishi, goh ich k’otishi, meteorizm va boshk’a yok’imsiz holatlar bilan namoyon bo’ladi.
Rotavirusli infeksiyalarda so’ng bolalarda hayotining birinchi yilida laktoza etishmovchiligi kuzatilishi mumkin.
Ko’p hollarda antibiotiklar bilan davolangan infeksion xarakterdagi diareyadan so’ng bolachalarda ichak disbakteriozi rivojlanadi.
Oldini olish uchun nima k’ilish kerak?
Agar farzandingiz emizikli yoshda bo’lsa, emizishda davom eting! Ona suti go’dak uchun infeksiyalardan himoyalab, diareyaning oldini olishda ajoyib vosita. Agar bola emmasa, unga sun’iy ozuk’a bersangiz, bifidobakteriyalari borini tanlang. Sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar iste’molida e’tiborli bo’ling. Agar farzandingizning terisi k’uruk’lashganini sezsangiz, u bosh og’rig’i, aylanishidan shikoyat k’ilsa, og’zi k’uruk’lashsa, kuchli chank’asa, bu organizmining suvsizlashgani alomatlari. Yo’k’otilgan suyuk’lik o’rnini to’ldirishga harakat k’iling, ya’ni imkon k’adar ko’prok’ suyuk’lik ichirish lozim. Og’ir bo’lmagan hollarda gazsiz suv berish mumkin.
Uy sharoitida tez yordam
Asosiy resept: 1 l suvga 1 osh k’oshik’ shakar, 1 choy k’oshik’ Osh tuzi va yarim choy k’oshik’ ichimlik sodasi soling. Bolaga bu aralashmadan har 5 dak’ik’ada bir-ikki xo’plamdan ichirib turing. Birdaniga ko’p ichirmang, k’ayt k’ilishga sabab bo’lishi mumkin.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.