Home / Jamiyat / «Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi qonuniga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida

«Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi qonuniga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida

zakonQonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 15 avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017 yil 24 avgustda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari tugrisida»gi URQ-378-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2014 yil, № 12, 340-modda) uzgartish va qushimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bulgan uz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta kurib chiqishlari va bekor qilishlarini taminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi urtasida tushuntirilishini taminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2017 yil 12 sentyabrdagi 182 (6876)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2017 yil 11 sentyabr,
URQ-445-son
Uzbekiston Respublikasining Qonuni
Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari tugrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qullanilish sohasi
Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va davlat muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi), shuningdek ularning mansabdor shakhslariga jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
kurib chiqish tartibi mamuriy javobgarlik tugrisidagi, fuqarolik prosessual, jinoyat-prosessual, jinoyat-ijroiya, khujalik prosessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;
davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bulinmalarining uzaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-modda. Murojaatlar tugrisidagi qonun hujjatlari
Murojaatlar tugrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qullaniladi:
ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam kursatish tugrisidagi iltimos bayon etilgan murojaat;
taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni uz ichiga olgan murojaat;
shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish tugrisidagi talab bayon etilgan murojaat;
elektron murojaat — belgilangan tartibda akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalaridan foydalangan holda berilgan ogzaki murojaatlar bundan mustasno;
takroriy murojaat — ayni bir jismoniy yoki yuridik shakhsdan kelib tushgan, uning avvalgi murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib qonun hujjatlarida belgilangan kurib chiqish muddati tugagan bulsa, ilgarigi murojaati uz vaqtida kurib chiqilmaganligi tugrisida khabar qilinayotgan murojaat;
anonim murojaat — jismoniy shakhsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi tugrisidagi malumotlar yoki yuridik shakhsning tuliq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) tugrisidagi malumotlar kursatilmagan yokhud ular haqida yolgon malumotlar kursatilgan murojaat, shuningdek uni identifikasiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yokhud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;
murojaatning dublikati — ayni bir jismoniy yoki yuridik shakhs murojaatining kuchirma nuskhasi;
ommaviy qabul — davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shakhsining jismoniy shakhslar va yuridik shakhslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati;
videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio- va videoakhborot almashish imkoniyati bilan akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi;
davlat ishtirokidagi tashkilot — ustav fondida davlat ulushi mavjud bulgan tijorat tashkiloti yokhud tuliq yoki qisman davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki tasis etilgan notijorat tashkiloti.
4-modda. Murojaatlarni kurib chiqishning asosiy prinsiplari
Murojaatlarni kurib chiqishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
murojaatlarni uz vaqtida va tuliq kurib chiqish;
murojaatlarga nisbatan talablarning bir khilligi;
jismoniy va yuridik shakhslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi;
murojaatlarni kurib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yul quyilmasligi;
murojaatlarni kurib chiqishda davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shakhslari faoliyatining shaffofligi.
5-modda. Murojaatlarning shakllari va turlari
Murojaatlar ogzaki, yozma yokhud elektron shaklda bulishi mumkin.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qati nazar, bir khil ahamiyatga ega buladi.
6-modda. Murojaatlarga quyiladigan talablar
Jismoniy shakhsning murojaatida jismoniy shakhsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi tugrisidagi malumotlar kursatilgan bulishi kerak.
Yuridik shakhsning murojaatida yuridik shakhsning tuliq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) tugrisidagi malumotlar kursatilgan bulishi kerak.
Jismoniy va yuridik shakhsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shakhsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) kursatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bulishi kerak.
Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari kursatilishi mumkin.
Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
YOzma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shakhsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shakhs vakolatli shakhsining imzosi bilan tasdiqlangan bulishi lozim. Jismoniy shakhsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bulmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shakhsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qushimcha ravishda yozib quyilishi kerak.
Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
7-modda. Murojaatlar va ommaviy akhborot vositalari
Ommaviy akhborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda kurib chiqiladi.
Ommaviy akhborot vositalariga yullangan murojaatlardan ommaviy akhborot vositalari tugrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq jamoatchilik fikrini urganish va aks ettirish uchun foydalanilishi mumkin.
8-modda. Jismoniy shakhslarni va yuridik shakhslarning vakillarini qabul qilish
Davlat organlarida, tashkilotlarda, shuningdek ularning mansabdor shakhslari tomonidan jismoniy shakhslarni va yuridik shakhslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
Jismoniy shakhslarning va yuridik shakhslar vakillarining shakhsiy qabulini utkazuvchi davlat organlarining, tashkilotlarning rahbarlari yoki boshqa mansabdor shakhslari har qanday masalalar, shu jumladan uz vakolatlariga kirmaydigan masalalar buyicha murojaat etilganda qabulni rad etishga haqli emas, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shakhslarni va yuridik shakhslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday khususiyatga ega bulgan avvalgi murojaati buyicha qaror qabul qilingan va bu haqda ularga ushbu Qonunda belgilangan tartibda khabar qilingan bulsa, rad etilishi mumkin.
9-modda. Jismoniy shakhslarni va yuridik shakhslarning vakillarini qabul qilish tartibi
Jismoniy shakhslarni va yuridik shakhslarning vakillarini qabul qilish davlat organining, tashkilotning rahbari yoki boshqa mansabdor shakhsi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida, tashkilotlarda makhsus tarkibiy bulinmalar tashkil etilishi mumkin, qabul uchun masul bulgan mansabdor shakhslar belgilanadi.
Davlat organlarining rahbarlari yoki bu borada vakolat berilgan boshqa mansabdor shakhslari tomonidan jismoniy shakhslarning va yuridik shakhslar vakillarining sayyor shakhsiy qabullari, shuningdek ommaviy qabullar tashkil etilishi mumkin.
Jismoniy shakhslarni va yuridik shakhslarning vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq utkaziladi.
Qabul qilish jadvali va uni utkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tugrisidagi akhborot, qabul qilish tartibi ularni davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida elon qilish, shuningdek ularning mamuriy binosida hamma kirishi mumkin bulgan joylardagi stendlarga yoki boshqa tekhnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shakhslar etiboriga etkaziladi.
Jismoniy shakhslarning va yuridik shakhslar vakillarining sayyor shakhsiy qabullari, shuningdek ommaviy qabullar, zarur bulgan hollarda, qabul qilish jadvallaridan tashqari utkazilishi mumkin. Ommaviy qabul hovlilarga (kvartiralarga), boshqa binolarga va joylarga birma-bir kirib chiqish orqali ham utkazilishi mumkin.
Agar qabul davomida bayon etilgan masalalarni hal etish davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shakhsining vakolatlariga kirmasa, tegishli mansabdor shakhslar murojaat etuvchiga murojaatda bayon etilgan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish lozimligini tushuntirishi kerak.
Shakhsiy qabul davomida davlat organi, tashkilot rahbarining qaroriga kura va murojaat etuvchiga bu haqda khabar bergan holda makhsus tekhnika vositalari (audio- va videoyozuv, shuningdek fotosuratga olish) qullanilishi mumkin.
Jismoniy shakhs ogzaki murojaat etayotganda uz shakhsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shakhsning vakili esa uz vakolatlarini tasdiqlaydigan va uz shakhsini tasdiqlovchi hujjatni kursatishi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan murojaatlar bundan mustasno.
Ogzaki murojaatlar real vaqt rejimida akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining, tashkilotlarning ishonch, tezkor aloqa telefonlari orqali va videokonferensaloqa vositasida ham berilishi mumkin.
Videokonferensaloqa vositasida qabul qilish tartibi Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
2-bob. Khalq qabulkhonalari va virtual qabulkhonalar
10-modda. Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalari va Virtual qabulkhonasi
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalari va Virtual qabulkhonasi davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shakhslari tomonidan murojaatlarning samarali kurib chiqilishini tashkil etish maqsadida Uzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tuziladi.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalari yuridik shakhs maqomiga ega bulmaydi.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonasi;
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Khalq qabulkhonalari;
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi (tumanga buysunuvchi shaharlardan tashqari) Khalq qabulkhonalari.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulkhonasi kelib tushayotgan murojaatlarni akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalari yordamida qabul qilish, tuplash, tasniflash va tizimlashtirish, shuningdek ularning tuliq, uz vaqtida hamda sifatli kurib chiqilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish imkonini beruvchi akhborot tizimi hisoblanadi.
11-modda. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Khalq qabulkhonalarining va Virtual qabulkhonasining asosiy vazifalari
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Khalq qabulkhonalarining va Virtual qabulkhonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
aholi bilan tugridan-tugri muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tulaqonli himoya qilishga qaratilgan, murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi faoliyatini taminlash;
murojaat qilishga oid konstitusiyaviy huquqning suzsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalariga va Virtual qabulkhonasiga kelib tushgan murojaatlarning tuliq, kholisona va uz vaqtida kurib chiqilishini tashkil etish;
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalariga va Virtual qabulkhonasiga kelib tushgan hamda tegishliligi buyicha davlat organlariga, tashkilotlarga yuborilgan murojaatlarning kurib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;
jismoniy shakhslarning va yuridik shakhslar vakillarining qabullarini utkazish, shu jumladan videokonferensaloqa vositasida utkazish;
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalariga va Virtual qabulkhonasiga kelib tushayotgan murojaatlarni qayd etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, ularni kurib chiqish ustidan monitoring va nazorat qilish buyicha elektron akhborot tizimini joriy etish hamda yuritish orqali murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalaridan keng foydalanish.
12-modda. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Khalq qabulkhonalarining huquq va majburiyatlari
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalari quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari, tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish, ulardan uz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hujjatlarni va akhborotni surash hamda olish;
zarur hollarda, murojaatlarni kurib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini joylarga chiqib urganish;
murojaatlarni kurib chiqish tartibini takomillashtirish tugrisida davlat organlariga,tashkilotlarga takliflar kiritish;
murojaatlarni kurib chiqish tartibi va muddatlarini buzgan, shuningdek murojaatlarni kurib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini taminlamagan shakhslarni javobgarlikka tortish buyicha takliflar kiritish.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bulishi mumkin.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalari:
ushbu Qonun talablariga rioya etishi;
murojaatlar bilan ishlashda mavjud akhborot tizimidan foydalanishi;
akhborot khavfsizligi talablariga rioya etishi;
uz dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashini taminlashi;
navbatda turishning elektron boshqaruvi tizimi samarali ishlashini va mamuriy jihatdan boshqarilishini, murojaat etuvchilarning soni ularning toifalari va tegishli sohalar buyicha muayyan davr uchun (kun, hafta, oy) lozim darajada hisobga olinishini taminlashi shart.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Khalq qabulkhonalari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bulishi mumkin.
13-modda. Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulkhonasi tomonidan murojaatlarga doir masalalar buyicha real vaqt rejimida maslahatlar berish
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulkhonasi negizida turli tarmoqlar va faoliyat sohalaridan malakali mutakhassislarni maslahatchilar sifatida jalb etgan holda,murojaatlarga doir masalalar buyicha jismoniy va yuridik shakhslarga real vaqt rejimida maslahat berish amalga oshiriladi.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulkhonasi negizida real vaqt rejimida maslahat berish, bir tomondan, maslahatchilar urtasida, shuningdek boshqa tomondan, uzini qiziqtiradigan masala yuzasidan tezkor tartibda akhborot olish istagida bulgan jismoniy va yuridik shakhslar urtasida akhborot ayirboshlash yuli bilan taminlanadi.
14-modda. Davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shakhslarining virtual qabulkhonalarini tashkil etish
Aholi bilan tugridan-tugri muloqotni tashkil etish, murojaatlarning kurib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, shuningdek murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalaridan foydalanish maqsadida davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shakhslari uz virtual qabulkhonalarini tashkil etishi mumkin.
Virtual qabulkhonalar qaysi davlat organi,tashkilot yoki ularning qaysi mansabdor shakhslari tomonidan tuzilgan bulsa, usha davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shakhslari nomidan faoliyat kursatadi.
3-bob. Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaat etish huquqlari kafolatlari
15-modda. Murojaat etish huquqini amalga oshirish kafolatlari
Jismoniy va yuridik shakhslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shakhslariga yakka tartibda yoki jamoa bulib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.
Murojaat etish huquqi ikhtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yokhud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shakhslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.
Khorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shakhslari, fuqaroligi bulmagan shakhslar Uzbekiston Respublikasi davlat organlariga, tashkilotlariga va ularning mansabdor shakhslariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
16-modda. Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda kamsitishga yul quyilmasligi
Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda jismoniy shakhsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shakhsiy va ijtimoiy mavqeiga, shuningdek yuridik shakhslarning mulk shakli, joylashgan eri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllariga va boshqa holatlariga qarab kamsitishga yul quyilmaydi.
17-modda. Murojaat etilganda huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarga rioya etilishining kafolatlari
Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shakhslari murojaatlarni kurib chiqishda Uzbekiston Respublikasining Konstitusiyasi hamda qonunlari talablariga rioya etishi, ularning tuliq, kholisona va uz vaqtida kurib chiqilishi uchun choralar kurishi, jismoniy va yuridik shakhslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taminlash buyicha uz vakolatlari doirasida choralar kurishi shart.
18-modda. Murojaatlarni qabul qilish va kurib chiqish kafolatlari
Murojaatlar davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shakhslari tomonidan qabul qilinishi va kurib chiqilishi shart, ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
19-modda. Murojaatlar munosabati bilan ayon bulib qolgan malumotlarning oshkor etilmasligi kafolatlari
Murojaatlarni kurib chiqishda jismoniy shakhslarning shakhsiy hayoti, yuridik shakhslarning faoliyati tugrisidagi malumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yokhud qonun bilan quriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi malumotlarning va, agar bu jismoniy va yuridik shakhslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bulsa, boshqa akhborotning davlat organlari, tashkilotlar khodimlari va ular mansabdor shakhslari tomonidan oshkor etilishiga yul quyilmaydi.
Jismoniy va yuridik shakhs tugrisidagi, murojaatga taalluqli bulmagan malumotlarni aniqlashga yul quyilmaydi.
Jismoniy shakhsning iltimosiga kura uning shakhsiga doir biron-bir malumot oshkor etilmasligi kerak.
20-modda. Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari munosabati bilan ular khavfsizligining kafolatlari
Jismoniy shakhsni, uning vakilini, ularning oila azolarini, yuridik shakhsni, uning vakilini va yuridik shakhs vakilining oila azolarini ular uz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ruyobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shakhslariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda uz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan taqib etish man etiladi.
4-bob. Murojaatlarni berish va ularni kurib chiqish tartibi
21-modda. Murojaatlarni berish tartibi
Murojaatlar ularda quyilgan masalalarni hal etish uz vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shakhsiga bevosita yokhud buysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.
Jismoniy va yuridik shakhslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni uz vakiliga berishga yokhud murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborishga haqli. Voyaga etmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shakhslarning manfaatlarini kuzlab murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.
Murojaatga u buyicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning kuchirma nuskhalari, shuningdek uni kurib chiqish uchun zarur bulgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno. Kursatib utilgan hujjatlar murojaat taalluqliligi buyicha boshqa davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shakhsiga yuborilganda murojaatga ilova qilinishi kerak.
Murojaat pochta aloqa vositasi orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va unga ilovalar mavjudligi tekshiriladi. Konvertda murojaat mavjud bulmasa yoki u shikastlangan bulsa, shuningdek murojaatda kursatilgan ilovalar mavjud bulmasa, dalolatnoma tuzilib, uning bir nuskhasi murojaat etuvchiga konvertda kursatilgan manzil buyicha yuboriladi.
22-modda. Murojaatlarni berish muddatlari
Murojaatlarni berish muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shakhslarining murojaatni kurib chiqish buyicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shakhslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini uz vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni taminlash zaruratiga bogliq bulsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga kura murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.
Buysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shakhsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yokhud qaror qabul qilinganligi malum bulgan paytdan etiboran uzogi bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.
Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sababga kura utkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni kurib chiquvchi davlat organi, tashkilot yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shakhsi tomonidan tiklanadi.
23-modda. Murojaatlar buyicha ish yuritish
Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shakhsiga kelib tushgan murojaat usha kunning uzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kuni ruykhatdan utkazilishi kerak.
Murojaatni ruykhatdan utkazishni rad etishga yul quyilmaydi.
Davlat organlarida, tashkilotlarda murojaatlarni ruykhatdan utkazish daftari yuritilib, unda murojaatning tartib raqami va kelib tushgan sanasi, murojaat etuvchi jismoniy shakhsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yuridik shakhsning nomi, murojaatning qisqacha mazmuni, ijrosi tugrisidagi belgi, shuningdek boshqa malumotlar kursatiladi.
Davlat organlari, tashkilotlar murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etishi mumkin.
Davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan mansabdor shakhsiga ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal etilgan ogzaki murojaatlarni ruykhatdan utkazish talab qilinmaydi. Bunda jismoniy shakhsning yoki yuridik shakhs vakilining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi tugrisidagi malumotlar, murojaatning qisqacha mazmuni, shuningdek uni kurib chiqish natijasi ommaviy qabul bayonnomasida kursatiladi.
Murojaatni ruykhatdan utkazish va kurib chiqish buyicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24-modda.Murojaatlarni kurib chiqish tartibi
Davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shakhslariga kelib tushgan murojaatlar shu organ, tashkilot tomonidan yoki murojaatlarni kurib chiqish buyicha zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan mansabdor shakhslar tomonidan kurib chiqiladi.
Davlat organiga, tashkilotga kelib tushgan murojaatlar buysunuv tartibida quyi turuvchi bulinmalarga ham yuborilishi mumkin.
Agar murojaatda davlat organlari,tashkilotlarning bir nechta tarkibiy bulinmalariga taalluqli masalalar mavjud bulsa, ularning barchasi murojaatni kurib chiqish buyicha ijrochilar etib belgilanadi. Ijrochilar urtasida birinchi kursatilgan tarkibiy bulinma murojaatning kurib chiqilishini boshqa tarkibiy bulinmalar bilan birgalikda taminlaydi.
Murojaatni tuliq, kholisona va uz vaqtida kurib chiqish uchun qushimcha malumotlar, malumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bulgan taqdirda, mazkur murojaatni kurib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shakhslari murojaat etuvchidan, shuningdek uz vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va mansabdor shakhslardan qushimcha akhborotni surab olishi mumkin. Agar akhborot davlat sirini yoki qonun bilan quriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi malumotlarni uz ichiga olgan bulmasa, jismoniy va yuridik shakhslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar etkazmasa, davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shakhslar uzlaridan suralayotgan akhborotni un kun ichida taqdim etishi shart.
Murojaatlarni kurib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shakhslari zarur hollarda, murojaatning joyning uziga borib kurib chiqilishini taminlashi mumkin.
Agar murojaatda quyilgan masalalar khujalik yurituvchi subektlar faoliyatiga dakhldor bulsa, ularning vakillari murojaatlarni kurib chiqishda ishtirok etish uchun davlat organlari tomonidan uz vakolatlari doirasida jalb etiladi.
Agar murojaatni kurib chiqishda khujalik yurituvchi subektlarning faoliyatini tekshirish, shu jumladan moliyaviy-khujalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) zarurati yuzaga kelsa, tekshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
25-modda. Ayrim murojaatlarni kurib chiqish tartibi
Takroriy murojaatlar umumiy asoslarda kurib chiqiladi, ushbu Qonunning 30-moddasida kursatilgan hollar bundan mustasno.
Quyilgan masalalarni hal etish uzining vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shakhslariga kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga, boshqa tashkilotlarga va mansabdor shakhslarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yokhud elektron shaklda khabar qilinadi. Bunda kelib tushgan elektron murojaat elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Murojaatlarni kurib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga, tashkilotlarga utkazish yokhud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga, tashkilotlarga yoki mansabdor shakhslarga yuborish taqiqlanadi.
Agar murojaatlarda ularni tegishli davlat organlariga, tashkilotlarga yoki mansabdor shakhslarga yuborish uchun zarur malumotlar mavjud bulmasa, bu murojaatlar murojaat etuvchiga besh kunlik muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan qaytariladi.
Agar murojaatni kurib chiqish davomida murojaatning dublikati kelib tushsa, mazkur murojaat avval kelib tushgan murojaat bilan birgalikda kurib chiqiladi.
Agar murojaatning dublikati murojaat kurib chiqilganidan va javob yuborilganidan keyin kelib tushsa, bu haqda davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shakhslari murojaat etuvchini tegishli tartibda khabardor qiladi.
Murojaatlarning turlariga kiritilmagan khatlarni (tashakkurnomalar, tabriknomalar, taklifnomalar, fikr-mulohazalarni) kurib chiqish davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shakhslari tomonidan ularning uz ikhtiyoriga kura amalga oshiriladi.
26-modda. Murojaat etuvchini eshitish
Murojaatni kurib chiqayotgan davlat organi, boshqa tashkilot yoki ularning mansabdor shakhslari uz tashabbusiga kura yokhud murojaat etuvchining iltimosiga kura uni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shakhslari murojaat etuvchiga murojaatda kutarilgan masalalar buyicha uz fikrini bildirish va murojaat buyicha qushimcha akhborot taqdim etish imkoniyatini beradi. Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shakhslari murojaat etuvchini eshitishga ekspertlarni, mutakhassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etishi mumkin.
27-modda. Murojaatlarga javoblar
Murojaatlarni kurib chiqish natijalariga kura davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shakhslari tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda murojaat qiluvchiga darhol yozma yoki elektron shaklda khabar qilinadi.
Murojaatga javobni davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning mansabdor shakhsi imzolaydi.
Jamoaviy murojaatlarga javob, agar murojaatda javobni boshqa shakhsga yuborish talab etilmagan bulsa, murojaat qiluvchilarning ruykhatida birinchi kursatilgan shakhsga yuboriladi.
Murojaat, agar unda quyilgan barcha masalalar ushbu Qonun talablariga muvofiq kurib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda, kurib chiqilgan hisoblanadi.
Murojaatlarga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, javoblar murojaatda kursatilgan har bir masala buyicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) uz ichiga olgan bulishi kerak.
Ommaviy qabullar vaqtida davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shakhsiga kelib tushgan va joyida hal etilgan ogzaki murojaatlarga yozma javob yoki elektron shakldagi javob talab etilmaydi.
28-modda. Murojaatlarni kurib chiqish muddatlari
Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bulgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shakhsiga kelib tushgan kundan etiboran un besh kun ichida, qushimcha urganish va (yoki) tekshirish, qushimcha hujjatlarni surab olish talab etilganda esa, bir oygacha bulgan muddatda kurib chiqiladi.
Ariza va shikoyatlarni kurib chiqish uchun tekshirish utkazish, qushimcha materiallarni surab olish yokhud boshqa chora-tadbirlar kurish zarur bulgan hollarda, ularni kurib chiqish muddatlari tegishli davlat organining, tashkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzogi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga khabar qilinadi.
Taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shakhsiga kelib tushgan kundan etiboran bir oygacha bulgan muddatda kurib chiqiladi, qushimcha urganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bulib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shakhsga un kunlik muddatda yozma shaklda khabar qilinadi.
29-modda. Murojaatlarni kurmay qoldirish
Quyidagi murojaatlar kurib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shakhslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bulmagan taqdirda;
mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bulmagan murojaatlar.
Murojaatlar kurmay qoldirilganda tegishli khulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shakhsi tomonidan tasdiqlanadi.
Jismoniy va yuridik shakhs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar kurmay qoldirilganligi tugrisida murojaat qiluvchi tegishli tartibda khabardor qilinadi.
30-modda. Murojaatlarni kurib chiqishni tugatish
Murojaatlarni kurib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan bulsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning tula-tukis materiallari mavjud bulsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bulsa;
agar murojaat qiluvchi uz murojaatini belgilangan tartibda chaqirib olgan bulsa yoki uni kurib chiqishni tugatish tugrisida iltimos qilgan bulsa;
yashash joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa rekvizitlari uzgarganligi tugrisida uz vaqtida khabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yuqligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz kurib chiqish imkoniyati bulmaganda;
murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz kurib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli, davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shakhsi tomonidan chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda;
agar murojaat qiluvchi jismoniy shakhs vafot etganidan sung murojaatni kurib chiqish huquqiy vorislikka yul quymasa.
Murojaatni kurib chiqishni tugatish tugrisidagi qarorni davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shakhsi qabul qiladi.
Takroriy murojaatni kurib chiqish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi khatboshisiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan u bilan yozishmalar tugatilishi tugrisida yozma ravishda khabardor qilinadi. YOzishmalar olib borish tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda, bunday murojaatni kurib chiqish murojaat qiluvchini bu haqda khabardor qilmasdan tugatiladi.
Murojaatni kurib chiqish uni chaqirib olish tugrisidagi ariza buyicha tugatilganda murojaat murojaat qiluvchiga davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shakhsining khati bilan birga uch kun ichida qaytariladi. Murojaatni chaqirib olish tugrisidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar kurilishini istisno etmaydi.
Murojaat qiluvchi chaqirilgan jismoniy shakhsning yoki yuridik shakhs vakilining kelmay qolganligi sababli murojaatni kurib chiqishni tugatish tugrisida tegishli tartibda khabardor qilinadi.
31-modda. Murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish
Jismoniy yoki yuridik shakhsning iltimosiga kura murojaatni kurib chiqqan davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shakhslari murojaatga javobni uning mazmunini uzgartirmasdan tushuntirishi, shuningdek yul quyilgan khatolar va arifmetik khatolarni uz tashabbusiga kura yoki murojaat qiluvchining iltimosiga kura, murojaatga javobning mazmuniga dakhl qilmagan holda tuzatishi shart.
Murojaat qiluvchining murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish tugrisidagi iltimosi u kelib tushgan kundan etiboran un kun ichida kurib chiqiladi.
5-bob. Murojaatlarni kurib chiqishda jismoniy va yuridik shakhslarning huquqlari, davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shakhslarining huquqlari va majburiyatlari
32-modda. Murojaatlarni kurib chiqishda jismoniy va yuridik shakhslarning huquqlari
Murojaatlar davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shakhslari tomonidan kurib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shakhslar quyidagi huquqlarga ega:
murojaatni kurib chiqishning borishi tugrisida akhborot olish;
vajlarni shakhsan bayon etish va tushuntirishlar berish;
murojaatni tekshirish materiallari va uni kurib chiqish natijalari bilan tanishish;
qushimcha materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa organlardan talab qilib olish tugrisida iltimos qilish;
advokat yordamidan foydalanish;
murojaatni kurib chiqishni tugatish tugrisida yokhud murojaatga javobni tushuntirish va (yoki) uni tuzatish tugrisida iltimos qilish;
uz murojaatini u kurib chiqilguniga qadar va kurib chiqilayotgan paytda murojaat buyicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yuli bilan chaqirib olish;
murojaatni qabul qilishni yoki kurib chiqishni qonunga khilof ravishda rad etganlik ustidan buysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilish.
Jismoniy va yuridik shakhslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bulishi mumkin.
33-modda. Murojaatlarni kurib chiqishda davlat organining, tashkilotning va ular mansabdor shakhslarining huquqlari va majburiyatlari
Murojaatlarni kurib chiqishda davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shakhslari quyidagi huquqlarga ega:
murojaatni kurib chiqish uchun zarur bulgan akhborotni belgilangan tartibda surash va olish;
murojaat qiluvchi yoki boshqa shakhs yuqligida murojaatni kurib chiqish mumkin bulmaganda yokhud murojaatni eshitish uchun uni chaqirish;
bila turib yolgon malumotlar kursatilgan murojaatni tekshirish sababli etkazilgan kharajatlarning urnini qoplash tugrisida sudga murojaat qilish.
Davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shakhslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bulishi mumkin.
Davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shakhslari:
murojaatlar tugrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
murojaat qiluvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga dakhldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular davlat siri yoki qonun bilan quriqlanadigan boshqa sir bulgan malumotlarni uz ichiga olmasa, jismoniy va yuridik shakhslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar etkazmasa, taminlashi;
murojaat etuvchiga kurib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat kurib chiqilganidan sung yozma yokhud elektron shaklda darhol khabar qilishi, ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal qilingan ogzaki murojaatlar bundan mustasno;
murojaat yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan, agar jismoniy yoki yuridik shakhs ushbu qarorga rozi bulmasa, shikoyat berish tartibini tushuntirishi;
murojaatni kurib chiqish natijalariga kura qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi;
qonunga khilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan darhol chora-tadbirlar kurishi, jismoniy va yuridik shakhslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlarni uz vakolatlari doirasida aniqlashi;
jismoniy shakhs, uning vakili, ularning oila azolari, yuridik shakhs, uning vakili va yuridik shakhs vakilining oila azolari ularning murojaatlari sababli taqib etilishini belgilangan tartibda bartaraf etishi;
agar jismoniy yoki yuridik shakhsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki manaviy ziyon etkazilgan bulsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning urnini qoplash yoki manaviy ziyonni kompensasiya qilish choralarini kurishi shart.
Davlat organlari murojaatlar bilan ish olib boruvchi uz khodimlarini uqitadi va uch yilda kamida bir marta ularning malakasini oshiradi. Davlat organlarining murojaatlar bilan ish olib boruvchi khodimlariga nisbatan quyiladigan talablar, shuningdek ularni uqitish va malakasini oshirish tartibi Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat organi, tashkilot va ular mansabdor shakhslarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bulishi mumkin.
34-modda. Murojaatlarning kurib chiqilishini monitoring va nazorat qilish
Davlat organlarining, tashkilotlarning rahbarlari yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shakhslari uz tuzilmaviy bulinmalari tomonidan murojaatlarning kurib chiqilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi, ularning tuliq, kholisona va uz vaqtida kurib chiqilishini taminlash choralarini kuradi.
Murojaat u qaysi rahbar yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shakhs tomonidan nazoratga olingan bulsa, usha shakhs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.
Oraliq javoblar berilgan va tuliq kurib chiqilmagan murojaatlar nazoratdan olinmaydi.
35-modda. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish
Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shakhslari kelib tushgan murojaatlarning statistik hisobini yuritadi. Statistik hisobga olishda kelib tushgan, kurib chiqilgan, qanoatlantirilgan, qanoatlantirish rad etilgan, kurmay qoldirilgan murojaatlarning soni, shuningdek murojaatlar bilan ishlashga bogliq bulgan boshqa malumotlar nazarda tutilishi kerak.
Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shakhslari har chorakda murojaatlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi.
Davlat organlari murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga kura malumotnomalar (sharhlar) tuzadi, ularda murojaatlar bilan ishlashning umumiy kursatkichlari, murojaatlarda tez-tez kutarilgan masalalar, murojaatlarni kurib chiqish yakunlari buyicha aniqlangan asosiy kamchiliklar va qoida buzarliklar, jismoniy va yuridik shakhslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida kurilgan chora-tadbirlar aks ettiriladi.
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga kura tuzilgan malumotnomalar (sharhlar) tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida elon qilinadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
36-modda. Nizolarni hal etish
Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
37-modda. Moddiy zararning urnini qoplash va manaviy ziyonni kompensasiya qilish
Jismoniy yoki yuridik shakhsning arizasi, shikoyati ana shu murojaatlar buyicha qonunga khilof qarorlar qabul qilgan davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shakhslari tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, ariza yoki shikoyat berish va uni kurib chiqish bilan bogliq zararning urni, arizani, shikoyatni kurib chiqish uchun tegishli davlat organining, tashkilotning, shuningdek ular mansabdor shakhslarining talabiga kura joylarga borish munosabati bilan qilingan kharajatlarning hamda ana shu vaqt ichida yuqotilgan ish haqining urni murojaat etuvchiga sud tartibida qoplanadi. Sud tartibida manaviy ziyon ham kompensasiya qilinishi mumkin.
Jismoniy yoki yuridik shakhsning arizasini yokhud shikoyatini kurib chiqishda qonun talablari buzilganligi munosabati bilan unga etkazilgan moddiy zararning urnini qoplash va manaviy ziyonni kompensasiya qilish sifatida davlat organi, tashkilot tomonidan tulangan mablaglar aybdor shakhsdan regress tartibida undirib olinishi mumkin.
38-modda. Murojaatlar tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Murojaatlar tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, khuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab buladi.
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2017 y., 37-son, 977-modda)

 

Рекламный блок-3

Haqqimizda

Яна маълумот

bAawJx15447863943576_b

IIV Uzbekistondagi kriminogen vaziyat tugrisida hisobot berdi

Senatda hisobot bergan IIV jinoyatchilik, huquqni muhofaza qilish organlari khodimlarining khizmat intizomini buzish darajasi hamda raqam sotish va tonirovkadan tushgan mablaglar haqida malum qildi.