0dan 400gacha yokhud futbolkalardagi raqamlar haqida — ozbekiston

0dan 400gacha yokhud futbolkalardagi raqamlar haqida — ozbekiston

0dan 400gacha yokhud futbolkalardagi raqamlar haqida — o’zbekiston

Bu narsa uylab chiqilganligining sababi, bir futbolchini boshqasidan ajratib olish edi, albatta. Chunki usha payt aksariyat mukhlislar yakhshi yoki yomon uynayotgan futbolchilarni tezda ajratolmasdilar. Ilk vaqtlarda futbolchilar asosan «1»dan «11»gacha bulgan raqamlar ostida maydonga tushardilar. Lekin keyinchalik boshqa raqamlar ham muomalaga kirdi. Hozirda asosan «1»dan «99»gacha bulgan raqamlardan foydalanishadi. Tugri, shuning barobarida noodatiy raqamlar ham uchrab turadi. Yaqin utmishda Shotlandiyaning «Aberdin» klubi azosi Khishem Zeruali hammani ajablantirgan holda maydonga «0» raqamida tushgan. Mukhlislar hatto erkalab, unga «Zero», deb laqab quyib olishgan.
«1» raqami odatda darvozabonlarga tegishli buladi. Shu sababli ham bu raqamda boshqa amplua vakillarini uchratish noodatiy hisoblanadi. Masalan, uz vaqtida «Charlton» azosi Styuart Balmer, «Slima Uonderers» klubi vakili Jo Brinket, «Partizan» futbolchisi Simon Kukchevich va AEKda faoliyat yuritgan Pantelis Kafes darvozabonlarning raqamlarida maydonga tushishgan. Shuningdek, Chiapassko shahrining «Yaguar» jamoasida tup surgan Adolf Bautista Meksika futbol federasiyasi rukhsatiga kura, «1» raqamida tup surgan. Keyinchalik u Gvadalakharaning «Deportivo» klubiga utgan va «100» raqami ostida maydonga tushgan.
1996|1997 yillar mavsumida Meksikaning «Monterrey» klubi uzining etakchi futbolchilaridan biri — Khesus Arelyanoga «400» raqamini bergan. Buning sababi shuki, futbolchining ona shahri uzining 400 yillik yubileyini nishonlayotgan edi. Braziliyaning «Goyas» jamoasi darvozaboni Kharli ham 400-yubiley uyinida aynan shu raqamli futbolkadan foydalangan. Avs-triyalik Andreas Khersog terma jamoadagi uzining 100-uyinida egnidagi libosga 1 va 2ta nolni yozib, mukhlislarni hayratga solgandi.
1958 yilgi jahon chempionatida oltin medallarni qulga kiritgan Braziliya terma jamoasi darvozaboni Jilmar «3» raqami ostida harakatlangan. Gollandiya terma jamoasi golkiperi Yangblad esa mundialda «8» raqami ostida ishtirok etgan.
2011 yilgi Osiyo kubogida hamyurtlarimizning yarim finalga chiqishlarida katta khizmat qilgan Ulugbek Baqoev hujumchilar uchun noodatiy «2» raqamida 2ta uyinda maydonga tushib, 2ta gol urgani barchamizga malum.
Yaponiyada kuplab futbolchilar 4 — raqamli libos ostida uynashdan bosh tortishadi. Fonetika nuqtai-nazaridan, «kunchiqar mamlakat»da «4» raqami «ulim» suzi bilan manodosh. Shu tufayli yapon futbolchilari bu raqamni khosiyatsiz sanab, undan yiroqroq yurishadi.
Chililik Ivan Samorano «Real»dan Milanning «Inter» klubiga utgach, uzining sevimli raqami — «9»dan foydalanardi. Lekin keyinchalik jamoaga Ronaldo kelgach, Samoranoning raqamini braziliyalik futbolchiga berishdi. Shunda «Ivan Grozniy» «18»ni uziga oldi, faqat raqamlar orasiga «}» belgisini qushib quydi.
Davomi>>>

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.