10 ming somlik banknotlar 10 martdan muomalaga chikariladi — ozbekiston

10-ming-somlik-banknotlar-10-martdan-muomalaga-chikariladi-ozbekiston Узбекистон

10 ming so’mlik banknotlar 10 martdan muomalaga chik’ariladi — o’zbekiston

10 martdan boshlab O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki k’iymati 10 ming so’m bo’lgan banknot ko’rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chik’aradi. Bu hak’da «Gazeta. uz»ga Markaziy bankda xabar berildi.
YAngi banknotlar, ayni paytda muomalada bo’lgan pul belgilari va tangalar bilan bir k’atorda, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o’z k’iymati bo’yicha barcha turdagi to’lovlar uchun hech k’anday cheklovlarsiz k’abul k’ilinishi shart.
K’iymati 10 ming so’m bo’lgan pul belgilari 144?78 mm o’lchamdagi himoyalangan k’og’ozda tayyorlangan. Banknotning o’ng tarafidagi keng ok’ rangli sathda O’zbekiston gerbi va «10000» rak’ami ko’rinishida suv belgisi mavjud. Ok’ rangli sathning chap tarafidan k’og’oz k’atlamida «darcha» va 3D effektli yuzaga chik’ib, ichkariga botuvchi himoya ipi o’tkazilgan.
Banknot old tomonining yuk’ori k’ismida «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI» yozuvi mavjud. Chap k’ismida nak’shinkor elementlar fonida O’zbekiston gerbi tasvirlangan. Gerbning pastki k’ismida ettita rak’amli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.
Nak’shinkor ramkaning o’ng va chap burchaklarining k’uyi k’ismida, shuningdek gerbning o’ng tarafida «10000» rak’ami tasvirlangan bo’lib, banknotning k’iymatini bildiradi. Gerbning o’ng tarafidagi «10000» rak’ami ustiga yirik harflar bilan «SO‘M» so’zi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida banknot k’iymati so’z bilan «O‘N MING» ko’rsatilgan.
Nak’shinkor ramkaning pastki k’ismida «O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART» yozuvi joylashgan.
Banknotning to’k’ ko’k rangli nak’shinkor ramkasi, «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI» yozuvi, gerb, o’ng va chap tomondagi «10000» rak’amlari bo’rtib turadi, ushlab ko’rilganda seziladi.
Ok’ rangli sathda joylashgan «10000» rak’ami tepasida banknotning nomeri va seriyasi takror ko’rsatilgan.
Ok’ rangli sathning yuk’ori k’ismida k’iyalik burchagining holatiga k’arab rangini o’zgartiruvchi va ushlab ko’rilganda bilinadigan bo’rtib turuvchi, tilla-bronza rangli sakkiz k’irrali nak’sh mavjud.
Nak’sh tepasida banknot chik’arilgan yil: «2017» ko’rsatilgan.
Banknotning ork’a tomoni chap k’ismidagi ok’ rangli sathda suv belgilari ko’rinadi. Ok’ rangdagi sathning yuk’ori va pastki k’ismlarida ko’k va binafsha rangda ishlangan nak’shinkor bezaklar joylashgan bo’lib, pastki bezak ustida «10000» rak’ami aks ettirilgan.
Banknotning markazida Oliy Majlis Senati me’moriy binosi, bino gumbazining tepasida O’zbekiston Respublikasining rangli bayrog’i tasvirlangan.
Tasvirning yuk’ori chap burchagida bir-birini kesib o’tuvchi «10000» va «SO‘M» yozuvlari mavjud bo’lib, ularning tepasida banknotning k’iymati so’z bilan «O‘N MING» ko’rsatilgan.
Pastki k’ismida «O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI» matni joylashgan.
Ushbu matnning ikki tomonida «10000» rak’amlari, shuningdek banknotning eng yuk’ori k’ismida «O‘N MING SO‘M» yozuvi aks ettirilgan.

Оцените статью
Добавить комментарий