2016 yil nobel mukofoti sohibi bolgan yosinori usumi roza tutishning foydalarini isbotlab berdi — ozbeki

2016 yil nobel mukofoti sohibi bo’lgan yosinori usumi ro’za tutishning foydalarini isbotlab berdi — o’zbekiston

2016 yil Nobel mukofoti sohibi bo’lgan YOsinori Usumi ro’za tutishning foydalarini isbotlab berdi
YOshlikni uzok’rok’ sak’lab k’olish mexanizmini kashf k’ilgan yaponiyalik olimning o’zi ham ancha yosh ko’rinadi. U 1945 yilda tavallud topgan.
Hujayra biologiyasining mutaxassisi bo’lgan olim fiziologiya hamda tibbiyot sohasida Nobel mukofoti nomzodi bo’ldi.
Nobel k’o’mitasining matbuot bo’limi k’uyidagilarni xabar k’iladi:
«Osumining kashfiyoti bizning tushunchamizdagi hujayraning o’z tarkibini k’ayta ishlashi hak’idagi k’arashlarimizni yangi pog’onaga olib chik’di. Bu kashfiyot ochlikka ko’nikma hamda infeksiyaga k’arshi kurash kabi bir k’ancha fiziologik jarayonlardagi autofagiyaning nak’adar muhim ekanini tushuntirib berdi.
Autofagiya – bu, hujayraning keraksiz k’ismlarini, unda yig’ilib k’olgan «chik’indi»larni k’ayta ishlovchi hamda ularni foydali tarzda ishlatuvchi jarayondir. Mazkur termin grekcha ikkita so’zdan yasalgan bo’lib, «o’zini-o’zi eb k’o’ymok’» degan ma’noni anglatadi.
Yuk’orida tasvirlangan fenomenning mavjudligini olimlar o’tgan asrning 60-yillaridayok’ anik’lagan bo’lsalar-da, ammo uning ishlash jarayonidagi nozik nuk’talarni anglab etmaganlar. 90-yillarga kelib YOsinori Osumi buning uddasidan chik’di. Tajribalari davomida esa autofagiya jarayoniga javob beruvchi genlar borligini ham kashf k’ildi. Shunday k’ilib, chorak asr o’tgach, mukofot o’z egasini topdi. Osumi Nobel mukofoti tarixida kashfiyotni yagona o’zi amalga oshirgan 39-olim bo’ldi.
Autofagiya tirik organizmlarga, xususan, inson organizmiga xos jarayondir. Uning yordamida hujayralar yarok’siz k’ismlardan, organizm esa befoyda hujayralardan xalos bo’ladi.
Alloh taolo hujayralarga k’ayta ishlash hamda hazm k’ilish (so’rib olish) kabi ajoyib va foydali xususiyatni ato etgan. Ularning ishlash uslubi biznikidan fark’li o’larok’, avtomatik tarzdadir. YA’ni«chik’indilar»ni «maxsus k’oplar» – autofagosomalarga joylashadi. So’ng ularni «konteyner»lar – lizosomalarga o’tkazishadi. U erda barcha «chik’itlar» parchalanib, hazm k’ilinadi. Go’yoki «ikkinchi nav» hisoblanmish mahsulotlar hujayralarni ozik’lantirish uchun yok’ilg’i ishlab chik’aruviga yuboriladi. Shuningdek, hujayralarni yangilash jarayonida ishtirok etadigan yangi k’urilish bloklari ishlab chik’ariladi.
Autofagiya natijasida hujayra o’ziga tushgan infeksiya va yig’ilgan zaharli moddalardan tozalanadi.
Autofagiya shiddatlirok’ ishlashi uchun organizm stress holatga tushishi lozim. Masalan: och k’olish. Bunda hujayra ichki resurslari – yig’ilib k’olgan chik’indilar va kasallik k’o’zg’atadigan bakteriyalardan energiya ishlab chik’aradi.
Nobel mukofoti sohibi o’z kashfiyoti bilan ochlik, ba’zan ro’za tutish organizmning hak’ik’atan ham tozalanishida foydali ekanini isbotlab berdi. Buni Nobel mukofoti k’o’mitasi tasdik’ladi.
Osumining kasbdoshlari autofagiya organizmni barvak’t k’arishdan sak’lashini ta’kidladilar. Doim sog’lom holda tutib turish uchun nuk’sonli ok’sillar va hujayra buzilgan ichki elementlarining inson tanasidan chik’arib yuborilib, o’rniga yangi hujayralarning ishlab chik’ilishi organizmni yoshartiradi, degan fikrlar ehtimoldan xoli emas.
Autofagiya jarayonining izdan chik’ishi Parkinson xastaligi, hattoki k’andli diabet va saraton kasalliklariga olib kelishi mumkin ekan. Bunday ok’ibatlarni hisobga olgan holda, tibbiyot xodimlari allak’achon autofagiya jarayonidagi buzilishni bartaraf k’ilib, uni davolovchi dori-darmonlar ustida ishlashyapti.
…Balki profilaktika sifatida ba’zan organizmni sog’lom stress holatiga tushirib, ro’za tutish yaxshirok’mikin?
10 dekabr kuni Stokgolmda 8 million shved kroni (taxminan 950 ming AK’Sh dollaridan ko’prok’) mik’doridagi mukofot puli YOsinori Osumi bilan birga k’olgan kashfiyotchi-olimlarga ham topshiriladi.
Islam i nauka

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.