2017 yilgi ozbekiston superkubogi bellashuvi otkazilmaydi — ozbekiston

2017 yilgi ozbekiston superkubogi bellashuvi otkazilmaydi — ozbekiston

2017 yilgi o’zbekiston superkubogi bellashuvi o’tkazilmaydi — o’zbekiston

Futbol bo’yicha O’zbekiston Superkubogi uchun o’yin bo’lmaydi. Bu hak’da mamlakat Professional Futbol Ligasi rahbari Farhod Magomedov 2017 yilgi mavsum uchun k’ur’a tashlash marosimida aytib o’tdi.
«2017 yil Superkubok o’yini o’tkazilmaydi. Chunki ‘Lokomotiv’ ham chempion bo’ldi, ham kubokni oldi. Shu boisdan o’yinga k’izik’ish bo’lmasa kerak», — deb aytib o’tgan Farhod Magomedov.
O’zbekiston chempioni bo’lgan futbol klubiga Mirabror Usmonov yordamida olib kelingan k’immatbaho metalli kubok topshiriladi
PFL rahbari Oliy Liga yoki O’zbekiston Kubogining k’izik’ish katta bo’lmagan o’yinlari o’tkazilishi yoki yo’k’ligi borasida fikr bildirmagan. O’zbekiston Superkubogiga k’izik’ish bo’lmaydi deb o’ylashga nima sabab bo’lgani ham ochik’lanmagan.
K’ayd etish kerak, 2016 yilgi O’zbekiston Superkubogi O’zbekiston futzal termasining Jahon Chempionatiga yo’l olishi masalasini hal k’iladigan Irok’k’a k’arshi o’yini kuni, anik’rog’i, 2016 yilning 17 fevral sanasida bo’lib o’tgandi. O’sha kuni O’zbekiston — Irok’ o’yini uchun chik’arilgan barcha chiptalar sotilib, «O’zbekiston» majmuasiga kira olmay k’olgan muxlislar ham topilgan. «Bunyodkor» stadionida bo’lib o’tgan Superkubok o’yinida esa stadionning o’ndan biri ham to’lmagan.
Ma’lumot uchun, O’zbekiston Professional Futbol Ligasi 2017 yilgi mavsum uchun reglament tuzib chik’magan. Shunga k’aramay, chempionat uchun k’ur’a tashlash marosimini o’tkazib ulgurdi. Tashkilot rahbari esa Superkubokni reglamentga asoslanmasdan yo’k’ k’ildi. Anik’rog’i, reglament katta ehtimol bilan shu k’aror asosida o’zgartiriladi.
PFLning 2016 yilgi mavsum uchun tuzilgan reglamentida mamlakat chempionligi va kubogi 1 ta jamoaga nasib k’ilsa, u holda Superkubok uchun oltin va kumush medalni k’o’lga kiritgan jamoalar kurash olib borishi ko’rsatilgan.
2016 yilgi mavsum avvalida O’zbekiston Superkubogi uchun bellashuv o’tkazilib, unda mamlakat chempioni «Paxtakor» O’zbekiston Kubogi g’olibi «Nasaf»ga k’arshi maydonga tushgandi. Bellashuvda Artur Gevorkyan tomonidan urilgan yagona gol «Nasaf»ga g’alaba keltirgandi. Undan oldingi mavsum esa «Lokomotiv» Superkubok o’yinida «Paxtakor» darvozasiga 4 ta gol urgandi.
Reglament bo’yicha 2017 yilgi mavsumda ham Superkubok o’yini o’tkazilganida, unda «Lokomotiv» va «Bunyodkor» klublari o’zaro to’k’nash kelishi kerak edi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.