2018 yilda 10 ming kishi umra ziyoratini amalga oshirishi mumkin — ozbekiston

2018 yilda 10 ming kishi umra ziyoratini amalga oshirishi mumkin — ozbekiston

2018 yilda 10 ming kishi umra ziyoratini amalga oshirishi mumkin — o’zbekiston

O’zbekiston 2018 yilda mamlakat fuk’arolari uchun kichik haj ziyoratiga (umra) ajratiluvchi kvota mik’dorini 10 ming kishiga k’adar oshirish iltimosi bilan Saudiya Arabistoniga murojaat k’iladi, deb xabar berdi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha k’o’mita «Gazeta. uz»ga.
K’o’mita vakilining so’zlariga ko’ra, Saudiya Arabistoni mazkur masalada yakunini k’arorni kelgusi yilning avvalida k’abul k’ilishi mumkin.
«Kvotani oshirish bo’yicha k’aror aholi turmush darajasining o’sishi va mos ravishda O’zbekistonda ziyoratni amalga oshirish istagida bo’lganlar sonining ortishi bilan bog’lik’», — deya k’ayd etildi Din ishlari bo’yicha k’o’mitada.
2017 yilda O’zbekistondan muk’addas islom ziyoratlari uchun umumiy kvota mik’dori 2016 yilga nisbatan 20 foizga — 13,2 ming kishiga k’adar oshirildi. Jumladan, haj uchun kvota 1,4 barobarga — 7200 ziyoratchiga oshgan bo’lsa, umra uchun kvota o’zgarishsiz 6000 kishi (5350 kishi bahorgi, 650 kishi — yozgi mavsum) darajasida k’olgan edi.
2016 yilda haj va umra dasturi doirasida respublika uchun ajratilgan barcha 11,2 ming kishilik kvotadan to’lik’ foydalanilgan. Musulmonlar idorasi va boshk’a k’ator jamoat jamg’armalari taklifi bo’yicha joriy yilda birinchi navbatda ilk bor ziyorat k’ilishni rejalashtirganlarning arizalarini k’anoatlantirish hisobga olinmok’da.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.