2021 yilgacha otmlarga kabul hajmi 18 foizga ortadi — ozbekiston

2021 yilgacha otmlarga kabul hajmi 18 foizga ortadi — ozbekiston

2021 yilgacha otmlarga k’abul hajmi 18 foizga ortadi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 aprel kuni «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi k’arorni imzoladi.
Hujjatga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, davlat rahbarining 2016 yil 8 oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatni o’rganish natijalari shuni ko’rsatmok’daki, k’ator oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada k’olmok’da, ta’lim jarayonining o’k’uv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnik baza tizimli ravishda yangilanishga muhtoj.
K’arorda belgilangan vazifalarning samarali echimini to’lik’ ta’minlash mak’sadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizasiya k’ilish, ularni zamonaviy o’k’uv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan jihozlash mak’sadida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga mo’ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdik’landi.
Dasturga muvofik’, 2017-2021 yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o’k’uv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari ob’ektlarida k’urilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o’k’uv laboratoriyasi bosk’ichma-bosk’ich eng zamonaviy o’k’uv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o’zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.
K’arorning muhim ahamiyatini ko’rsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakat Prezidenti tomonidan har bir oliy ta’lim muassasasi bo’yicha k’uyidagi konkret parametr va ko’rsatkichlarni o’z ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdik’landi.
Talabalar k’abul k’ilishning umumiy ko’rsatkichlari 2021 yilgacha bosk’ichma-bosk’ich ravishda 18 foizgacha oshirilishi lozim. Bugungi kunda har yillik k’abul kvotasi 63 ming nafarga yak’inrok’ni tashkil etadi (xorijiy OTMlar filiallari hisobga olinmaganda).
YAngi o’k’uv o’rinlarini o’k’uv binolari, talabalar turar-joylari, axborot-resurs markazlari va boshk’a ob’ektlarni k’urish, rekonstruksiya k’ilish va kapital ta’mirlash hisobidan tashkil etish rejalashtirilgan.
Professor-o’k’ituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o’k’uv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi, hamda respublikaning tayanch oliy o’k’uv yurtlari k’oshida k’ayta tayyorgarlikdan o’tishi va malaka oshirishi belgilangan.
Mazkur dasturda asosan har bir oliy ta’lim muassasasi AK’Sh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, YAponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshk’a davlatlarning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik alok’alarining o’rnatilgani o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortik’ xorijlik yuk’ori malakali pedagog va olimlarning O’zbekiston OTMlariga o’k’uv jarayoniga jalb etilishi ko’zda tutilmok’da.
Amaliyot shuni ko’rsatmok’daki, oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining mehnatiga hak’ to’lash bo’yicha amaldagi tizimni jiddiy takomillashtirish va bu borada moddiy rag’batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga ehtiyoj sezilmok’da. Mazkur sohada ilg’or xalk’aro tajribalar hisobga olinishi k’ayd etilgan.
Hukumatga ikki oy muddat ichida «Iste’dod» jamg’armasi faoliyatini tubdan k’ayta ko’rib chik’ish, xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ilmiy-pedagog xodimlarning malaka oshirishi va k’ayta tayyorgarlikdan o’tishini, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining PhD dasturi va ularning magistraturada o’k’ishini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar ko’zda tutilgan takliflarni kiritish topshirildi.
Ta’lim va ilmiy-tadk’ik’ot tashkilotlari 2022 yilning 1 yanvarigacha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tuzilgan shartnomalar bo’yicha bajariladigan amaliy, innovasion ilmiy-tadk’ik’ot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo’yicha yuridik shaxslarning daromad solig’i, yagona solik’ to’lovi, k’o’shimcha k’iymat solig’i va davlatning mak’sadli jamg’armalariga majburiy to’lovlardan (yagona ijtimoiy to’lovdan tashk’ari) ozod etilsin.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o’rnatish mak’sadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat k’ilish bo’yicha davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi — ta’lim-tarbiya jarayoni, professor-o’k’ituvchilar tarkibi, ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysunishidan k’at’i nazar, ta’lim muassasalarini attestasiya va davlat akkreditasiyasidan o’tkazish, ta’lim-tarbiya sifatini nazorat k’ilish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.
Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga mo’ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan moliyaviy mablag’lar 1,7 trln so’mdan ziyod bo’lib, ulardan 1,2 trln so’mi o’k’uv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turar-joylarini rekonstruksiya k’ilish va kapital ta’mirlashga, 500 mlrd so’mdan ortik’ mablag’ esa o’k’uv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo’ljallangan, barcha ta’lim muassasalariga xizmat ko’rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda AKTni rivojlantirishga sarflanadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.