280 ming sirdaryolik toza ichimlik suvi bilan taminlanadi — ozbekiston

280 ming sirdaryolik toza ichimlik suvi bilan taminlanadi — ozbekiston

280 ming sirdaryolik toza ichimlik suvi bilan taminlanadi — o’zbekiston

Sirdaryo viloyatida Jahon banki (JB) kumagida 280 ming aholini toza ichimlik suvi bilan barqaror taminlovchi loyiha amalga oshirilmoqda. Sardoba, Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin va Khovos tumanlarida suv taminoti tizimini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish uchun JB Uzbekistonga 88 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kreditni ajratdi. Mamlakat hukumat ulushi 12 mln dollarni tashkil etadi.
JB vakilining yaqindagina hududga tashrifi jarayonida kuplab infratuzilma obektlarining qurilishi jarayoni, loyihani moliyalashtirish, zarur mahsulot va khizmatlarni sotib olish masalalari kurib chiqildi, deya khabar qildi bankning Toshkentdagi vakolatkhonasi matbuot khizmati.
Hozirda Sirdaryoning shahar va qishloqlari eskirgan hududiy suv tarmoqlari va alohida quduqlar tizimi orqali ichimlik suvini istemol qilib kelmoqda. Ushbu ifratuzilmalar juda eskirgan bulib, kuplab aholi punktlarida suv taminotida tez-tez avariyalar kuzatiladi. Hisob-kitoblarga kura, ularning 25 foizi suv quvurlari tarmoqlariga mutlaqo ulanmagan va mahalliy aholi ariq va oqova suvlaridan istemol qilishga majbur bulmoqda. Suv quvurlari tarmoqlariga ulanish imkoniyatiga ega aholining 55 foizi esa kuniga 6 soat, 10 foizi kuniga soat 6 dan 24 gacha ichimlik suvi bilan taminlansa, faqatgina 10 foiz aholi kunu tun ichimlik suvi tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
«Ayrim qishloq tumanlarida aholi kuni olti soatgacha vaqtini 2 kilometrgacha uzoqlikdagi eng yaqin suv quvurlarigacha masofani piyoda bosib utib, ogir suv idishlari bilan orqaga qaytishga majbur bulmoqda. Viloyatda suv taminoti bilan bogliq vaziyat 2019 yilda tegishli infratuzilmalar modernizasiyasi yakuniga etganidan sung tubdan uzgaradi», — dedi JB tomonidan loyiha rahbari VB Devid Lord.
Loyiha 1500 km suv quvurlari va vodovodlarning (suv quvuri utishi uchun qazilgan tunnel) mavjudlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini yotqizishni kuzda tutadi. 40 ta suv taqsimlovchi uzel, 32 ta suv bosimini hosil qiluvchi minora va 2 ta suvni khlor bilan zararsizlantiruvchi qurilma foydalanishga topshiriladi.
Suv taminoti tizimining modernizasiya qilinishi natijasida viloyatdagi qariyb 47 ming uy khujaligi va 93 ta aholi punkti kunu tun toza ichimlik suvi bilan taminlanadi. Suvni istemolchiga etkazib berishgacha jarayondagi suv yuqotishlari hajmi 40,2 foizdan 14 foizga kamaytiriladi. Har kunlik suv istemoli esa qishloqlarda kishi boshiga kuniga 15,2 litrdan 95 litrgacha, shaharlarda esa 125 litrgacha oshiriladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.