55 yoshli sportchi 12 soat toxtovsiz turnikda tortildi — ozbekiston

55 yoshli sportchi 12 soat toxtovsiz turnikda tortildi — ozbekiston

55 yoshli sportchi 12 soat to’xtovsiz turnikda tortildi — o’zbekiston

Rossiyaning Krasnoyarsk viloyatidan bo’lgan 55 yoshli Nikolay Kaklimov uzok’ vak’t turnikda tortilish bo’yicha 2 karra jahon rekordini o’rnatdi. Bu hak’da “Krassport. ru” sayti xabar tark’atdi.

Sportchi turnikda 12 soat tinmasdan tortilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Kaklimov 6 soat ichida 3810 marta, 12 soat ichida 5825 marta tortilgan.

25 dekabr kuni 08:00 da boshlangan sinov shu kuni kechki 20:00 da yakunlandi.

Nikolay Kaklimov avval ham bu borada rekord o’rnatgandi. Oldingi rekordga ko’ra, Kaklimov 6 soatda 3455 marta, 12 soatda 4989 marta tortilgan.

Turnikda tortilish bo’yicha rekord jadvali bir yil ichida tez-tez o’zgartirildi. 2016 yilning 14 may sanasida amerikalik Andrey Shapiro 6 soat ichida 3515 marta, 12 soat ichida 5742 marta tortilgan edi. Undan keyin chexiyalik YAn Kares yana rekordni yangilagan. U 6 soatda 3569 marta tortilgan, ammo uning rekordi rasman tasdik’lanmagan edi.

Hozirda Nikolay Kaklimovning ko’rsatkichi eng yuk’ori natija bo’lib, uning rekordi k’ayd etilgan video “Ginness rekordlari” kitobi tahririyatiga yuboriladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.