Ahmadrizo obidzoda futbolchilar oyindan oldin ozbekistonni maglub etib boldik deb oylamasliklari kera

Ahmadrizo obidzoda futbolchilar oyindan oldin ozbekistonni maglub etib boldik deb oylamasliklari kera

Ahmadrizo obidzoda: futbolchilar o’yindan oldin o’zbekistonni mag’lub etib bo’ldik deb o’ylamasliklari kerak — o’zbekiston

O’zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Eronga k’arshi JCh-2018 saralash bahsini o’tkazadi. Uchrashuvdan oldin Eron terma jamoasining sobik’ sardori Ahmadrizo Obidzoda o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
«Eron ushbu saralash bosk’ichini juda yaxshi o’tkazmok’da va biz rak’iblarga nisbatan yaxshi harakat k’ilyapmiz. Baxtimizga, Keyrush Osiyo futbolini yaxshi biladi va u har bir o’yinga maxsus reja tanlay olyapti. Albatta, O’zbekistonga k’arshi o’yinda ham u o’z rejasiga ega bo’lishi kerak.
Futbolchilar o’yindan oldin O’zbekistonni mag’lub etib bo’ldik deb o’ylamasliklari kerak. Uchrashuv og’ir bo’ladi. Futbolda oldindan hech narsa deb bo’lmasligini barchamiz bilamiz. O’zbekistonga k’arshi o’yinda 90 dak’ik’alik jangga tayyor bo’lishimiz kerak. Bu bahsda terma jamoamiz g’alaba k’ozonib, Jahon chempionati yo’llanmasini k’o’lga kiritishini tilayman.
Ishonchim komil, «Ozodiy»ga ko’plab muxlislar tashrif buyurishadi. Ishk’ibozlar milliy terma jamoani k’izg’in k’o’llab-k’uvvatlashlari kerak. Agar o’yindan oldin stadion muxlislar bilan to’lsa, biz jahon chempionati sari jiddiy k’adam tashlagan bo’lamiz», — dedi Obidzoda.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.