Ajdodlarimizning donishmandlik ananalariga amal qilib qatiy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz — ozbekisto

Ajdodlarimizning donishmandlik ananalariga amal qilib qatiy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz — ozbekisto

Ajdodlarimizning donishmandlik ananalariga amal qilib, qatiy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz — o’zbekiston

Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq suzladi. «Gazeta. uz» davlat rahbari nuqtini bir oz qisqartirgan holda havola etmoqda.
Mamlakatning yangi qiyofasini shakllantirish
Bugungi kunda Uzbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik ananalariga amal qilib, teran anglagan holda, qatiy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yulidan bormoqdamiz.
Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan kuzlangan maqsad — «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bulgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat.
Umumkhalq muhokamasidan sung besh yilga muljallangan Uzbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Bu strategiyani ishlab chiqishda biz uzimizga chetdan nazar tashlab, salohiyat va imkoniyatimizni kholis baholash bilan birga, khato va kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qildik.
Khalq hokimiyatini nomiga emas, amalda joriy etish
2017 yil mamlakatimizda Khalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb elon qilindi.
Bizning maqsadimiz — yurtimizda khalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mekhanizmlarini mustahkamlashdan iborat.
Ishonchimiz komil: khalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari khalqimizga khizmat qilishi kerak.
Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Khalq qabulkhonalari tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulkhonalar orqali uzlarining dolzarb muammolarini hal qildi.
Utmish qoldiqlaridan voz kechish
Khalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish buyicha tasirchan choralar kurildi.
BMTning Inson huquqlari buyicha Oliy komissari janob Al-Husaynning tashrifi yakunlari buyicha inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan khorijga chiqish vizalari singari umrini mutlaqo utab bulgan utmish qoldiqlari bekor qilindi.
Inson huquqlarini himoya qilish masalalari buyicha milliy va khalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotimiz faollashib bormoqda.
Insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, shakhsni qamoqda saqlash bilan bogliq kuplab holatlar qayta kurib chiqildi.
Ekstremizm goyalari tasiriga tushib qolgan, tugri yuldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitasiya qilinmoqda, ularni soglom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining roli ortib bormoqda, sud organlarining chinakam mustaqilligi taminlanmoqda.
Ommaviy akhborot vositalarining urni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Khalq boy bulsa, davlat ham boy va qudratli buladi
Iqtisodiyot tizimini liberallashtirish, qulay investisiya muhitini yaratish amalga oshirilayotgan uzgarishlarning eng muhim yunalishlaridir.
Biz oddiy bir khaqiqatdan kelib chiqmoqdamiz: khalq boy bulsa, davlat ham boy va qudratli buladi.
Uzbekiston shu oyning boshidan milliy valyutani erkin konvertasiya qilish tizimiga tuliq utdi. Bu borada aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bulgan salbiy oqibatlarni yumshatish buyicha barcha zarur choralar kurildi.
Mamlakatimizda ilk bor tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish buyicha Ombudsman instituti joriy etildi. Biznes sohasidagi soliqlar sezilarli ravishda qisqartirildi, kredit olish imkoniyatlari kengaytirildi.
Yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi, ularda investorlarga keng imtiyozlar yaratib berildi.
Khalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, biz Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklik aloqalarini yangitdan tikladik.
BMTni bosqichma-bosqich isloh etish
Biz qatiy ishonamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bundan keyin ham khalqaro munosabatlarda hal qiluvchi urin tutadi.
Uzbekiston ushbu tashkilotning bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdoridir. Biz Khavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos ravishda kengaytirish zarur, deb hisoblaymiz.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi rahbariyati tomonidan tashkilotni boshqarish tizimini takomillashtirish buyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qullab-quvvatlaymiz.
Ishontirib aytmoqchiman, Uzbekiston BMTning tuzilmalari bilan hamkorlikni bundan keyin ham izchil davom ettiradi.
Biz janob Bosh kotib Antoniu Guterrishning yaqinda Uzbekistonga tashrifi yakunlari buyicha ishlab chiqilgan «yul kharitasi»ning amaliy ijrosini taminlash buyicha qatiy choralar kuramiz.
Tashqi siyosatda ustuvor yunalish — Markaziy Osiyo
Uzbekiston bugungi kunda uzining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Bu — har tomonlama chuqur uylab tanlangan yuldir.
Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan Uzbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yakhshi qushnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir.
Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo — biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir.
Uzbekiston uzaro muloqot, amaliy hamkorlik va yakhshi qushnichilikni mustahkamlashning qatiy tarafdoridir.
Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar buyicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz.
Birgalikdagi say-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Kuplab masalalar buyicha prinsipial jihatdan muhim echimlar topishga erishildi.
Sentyabr oyining boshida Uzbekiston — Qirgiziston davlat chegaralari tugrisidagi shartnoma imzolanishi tom manoda muhim voqea buldi.
Tomonlar uz siyosiy irodasini, uzaro maqbul qarorlar qabul qilishga tayyor ekanini namoyon etgani tufayli utgan yigirma olti yil davomida birinchi marta ushbu goyat nozik masala buyicha katta natijaga erishildi.
Bir suz bilan aytganda, utgan qisqa vaqt mobaynida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratishga erishildi.
Bu tendensiyaning mustahkamlanishi Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari muntazam uchrashuvlar utkazishi uchun imkoniyat yaratgan bulur edi, deb hisoblayman.
Biz noyabr oyida Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida utkaziladigan «Markaziy Osiyo: yagona tarikh va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yulidagi hamkorlik» mavzusidagi yuqori darajadagi khalqaro anjumanda mintaqadagi fundamental muammolarni muhokama qilishni rejalashtirganmiz.
Ushbu anjuman yakunida biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo davlatlarining khavfsizlikni taminlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi say-harakatlarini qullab-quvvatlashga doir makhsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifini kiritishni muljallaganmiz.
Suv masalasi
Markaziy Osiyoda khavfsizlik va barqarorlikni taminlash bilan bogliq muammolar tugrisida suz yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zakhiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab utolmaymiz.
BMT Bosh kotibining «suv, tinchlik va khavfsizlik muammolari uzaro chambarchas bogliq», degan pozisiyasini tula qullab-quvvatlaymiz.
Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va khalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yuli yuq.
Uzbekiston BMTning preventiv diplomatiya buyicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish tugrisidagi konvensiyalar loyihalarini qullab-quvvatlaydi.
Bugungi kunning eng utkir ekologik muammolaridan biri — Orol halokatiga yana bir bor etiboringizni qaratmoqchiman.
Mana, mening qulimda — Orol fojiasi aks ettirilgan kharita. Uylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yuq.
Dengizning qurishi bilan bogliq oqibatlarni bartaraf etish khalqaro miqyosdagi say-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda.
Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr kurgan aholiga amaliy yordam kursatish buyicha shu yil qabul qilingan makhsus dastur tuliq amalga oshirilishi tarafdorimiz.
Afgonistonda tinchlikka erishishning yagona yuli — tugridan-tugri muloqot
Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global khavfsizlikni taminlashning muhim sharti bulib qoladi.
Aminmizki, Afgonistonda tinchlikka erishishning yagona yuli — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar urtasida oldindan hech qanday shart quymasdan, tugridan-tugri muloqot olib borishdir.
Muzokaralar afgonistonliklarning uzlari hal qiluvchi urin tutadigan holda, Afgoniston hududida va BMT shafeligida utishi lozim. Donishmand afgon khalqi uz taqdirini uzi mustaqil hal qilishga haqlidir.
AQSh Prezidenti janob Donald Tramp mamuriyatining Afgoniston bilan qushni mamlakatlarni afgon muammosini tinch yul bilan hal qilishga kumaklashishga oid davatini qullab-quvvatlaymiz.
Uzbekiston Afgonistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qushmoqda va bundan keyin ham hissa qushadi.
Afgoniston masalasi global miqyosdagi masalalar markazida bulishi lozim. Khalqaro hamjamiyatning say-harakatlari, birinchi navbatda, Afgonistondagi utkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilishi kerak.
Bu jafokash yurtda tinchlik urnatishga kumaklashish yulidagi bizning umumiy qatiy harakatlarimiz aslo susaymasligi lozim.
Terrorizmga qarshi kuch ishlatish yuli bilan kurashish usuli uzini oqlamadi
Dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, sunggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch ishlatish yuli bilan kurashish usuli uzini oqlamayotganidan dalolat beradi.
Bu borada kup hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Khalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman.
Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini marifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.
Ekstremistik faoliyat va zuravonlik bilan bogliq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga etmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda.
Bugungi dunyo yoshlari — son jihatidan butun insoniyat tarikhidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bulib kamolga etishi bilan bogliq.
Bizning asosiy vazifamiz — yoshlarning uz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zuravonlik goyasi «virusi» tarqalishining oldini olishdir.
Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qullab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi kup tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz.
Shu munosabat bilan Uzbekiston globallashuv va akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan khalqaro huquqiy hujjat — BMTning YOshlar huquqlari tugrisidagi khalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi.
Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani uz ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yunalishlaridan biri darajasiga kutarish buyicha qatiy majburiyatlarni uz zimmasiga olishi kerak.
«Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka davat etadi»
Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini etkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz.
Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zuravonlik va qon tukish bilan bir qatorga quyadiganlarni qatiy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz.
Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga davat etadi.
Markaziy Osiyo Uygonish davrining kuplab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizasiyasiga qushgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman.
Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Bukhoriy uz ahamiyatiga kura islom dinida Quroni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan «Sahihi Bukhoriy»ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan.
Bu ulug zotning goyat boy merosini asrab-avaylash va urganish, marifatiy islom tugrisidagi talimotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Bukhoriy nomidagi Khalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish tugrisida qaror qabul qildik.
Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizasiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga khizmat qiladi.
Bugungi sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining «Marifat va diniy bagrikenglik» deb nomlangan makhsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilmoqchiman.
Bu hujjatning asosiy maqsadi — barchaning talim olish huquqini taminlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga kumaklashishdan iborat.
Ushbu rezolyusiya bagrikenglik va uzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taminlash, etiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yul quymaslikka kumaklashishga qaratilgan.
Uzbekiston muloqotlar uchun ochiq
Uzbekiston hech qanday blokka qushilmaslik maqomini saqlab qolgan holda, ochiq muloqotga tayyordir. Biz barcha sheriklarimiz bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yulida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz.
Biz mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini taminlashdan iborat bulgan eng muhim ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hal qiluvchi sharti aynan shunda mujassam, deb bilamiz.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.