Akademik anna glushenkova vafot etdi — ozbekiston

Akademik anna glushenkova vafot etdi — o’zbekiston
Tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi tanik’li olima, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Anna Ivanovna Glushenkova 91 yoshida vafot etdi, deb xabar k’ildi O’zA.
Anna Glushenkova 1926 yil 1 avgustda Volgograd viloyati (Rossiya) Rudna tumanida tug’ildi. 1948 yili O’rta Osiyo industrial institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tugatib, ushbu institut aspiranturasida tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, keyinchalik doktorlik dissertasiyasini himoya k’ildi. Ilm-fan sohasidagi ko’p yillik xizmatlari uchun 2000 yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining hak’ik’iy a’zosi etib saylandi.
Iste’dodli olima k’ariyb 70 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) kafedra mudiri, Fanlar akademiyasining O’simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri, direktori, Fanlar akademiyasi prezidiumi a’zosi kabi mas’ul lavozimlarda samarali mehnat k’ildi va mamlakatda tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi dolzarb masalalarni tadk’ik’ etish, yuk’ori malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa k’o’shdi.
Uning paxta tolasi va chigitini k’ayta ishlash, ulardan zarur iste’mol mahsulotlari hamda dori vositalari tayyorlash bo’yicha ilmiy ishlanmalari ik’tisodiyot tarmok’lari rivojida muhim ahamiyatga ega.
Olimaning tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan 400 dan ziyod ilmiy mak’olalari, kitob va monografiyalari O’zbekiston va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma’lum. U «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni va «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan edi.
Комментарии 0