Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisidagi uzbekiston respublikas

Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisidagi uzbekiston respublikas

«aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisida»gi uzbekiston respublikasi qonuniga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 18 fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014 yil 10 aprelda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisida»gi 223-I-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1996 yil, № 5-6, 61-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1?2, 23-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008 yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda) uzgartish va qushimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bulgan uz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta kurib chiqishlari va bekor qilishlarini taminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2014 yil 7 maydagi 88 (6018)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014 yil 6 may,
URQ-370-son
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisidagi qonun hujjatlari
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Bank, investisiya va sugurta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini khususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining uziga khos khususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Agar Uzbekiston Respublikasining khalqaro shartnomasida Uzbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bulsa, khalqaro shartnoma qoidalari qullaniladi.
3-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) deb etirof etiladi.
Jamiyat yuridik shakhs bulib, u uz mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan uzining ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan mol-mulkka ega buladi, uz nomidan mulkiy va shakhsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda davogar va javobgar bulishi mumkin.
Jamiyat davlat ruykhatidan utkazilgan paytdan etiboran yuridik shakhs maqomiga ega buladi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat Uzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida bank hisobvaraqlari ochishga haqlidir.
Jamiyat uzining tashkiliy-huquqiy shakli kursatilgan tuliq firma nomiga ega buladi va qisqartirilgan firma nomiga ega bulishi mumkin.
Jamiyat uzining firma nomi davlat tilida tuliq yozilgan hamda joylashgan eri kursatilgan yumaloq muhrga ega bulishi lozim. Muhrda bir vaqtning uzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham kursatilishi mumkin.
Jamiyat uzining nomi yozilgan shtamp va blankalarga, uz timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ruykhatdan utkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlarning, ishlarning va khizmatlarning khususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalarga ega bulishga haqli.
Jamiyatning joylashgan eri, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, u davlat ruykhatidan utkazilgan joyga kura belgilanadi.
Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga va elektron pochta manziliga ega bulishi lozim. Jamiyat uzining joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili uzgarganligi tugrisida yuridik shakhslarni davlat ruykhatidan utkazuvchi organlarni (bundan buyon matnda ruykhatdan utkazuvchi organ deb yuritiladi) yozma bildirish yuborish yuli bilan, aksiyadorlarni esa, ommaviy akhborot vositalarida elon berish yuli bilan khabardor etishi shart.
4-modda. Jamiyatning javobgarligi
Jamiyat uz majburiyatlari yuzasidan uziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar buladi.
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bulmaydi va uning faoliyati bilan bogliq zararlarning urnini uzlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini uz zimmasiga oladi.
Aksiyalarning haqini tuliq tulamagan aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uzlariga tegishli aksiyalar qiymatining tulanmagan qismi doirasida solidar javobgar buladi.
Jamiyat uz aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bulmaydi.
Agar jamiyatning bankrotligi jamiyat uchun majburiy bulgan kursatmalar berish huquqiga ega bulgan aksiyador sifatida ish yuritayotgan shakhsning gayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan bulsa, jamiyatning mol-mulki etarli bulmagan taqdirda, mazkur aksiyadorning zimmasiga jamiyatning majburiyatlari buyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Aksiyador majburiy kursatmalar berish huquqiga jamiyat ustavida bu huquq nazarda tutilgan taqdirdagina ega buladi.
Jamiyat uchun majburiy kursatmalar berish huquqiga ega bulgan aksiyador jamiyat muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida bankrot bulishini oldindan bila turib, ushbu huquqidan jamiyat tomonidan shunday harakat amalga oshirilishi uchun foydalangan taqdirdagina jamiyatning bankrotligi aksiyadorning harakatlari tufayli yuzaga kelgan deb hisoblanadi.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bulmaydi, khuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bulmaydi.
5-modda. Jamiyat tomonidan chiqarilayotgan aksiyalarga obuna utkazish
Jamiyat uzi chiqarayotgan aksiyalarga ularni ommaviy joylashtirish yuli bilan qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda ochiq obuna utkazishga haqli.
Jamiyat uzi chiqarayotgan aksiyalarga ularni khususiy joylashtirish yuli bilan yopiq obuna utkazishga haqli, yopiq obuna utkazish imkoniyati qonun hujjatlarida va jamiyat ustavida cheklab quyilgan hollar bundan mustasno.
Aksiyadorlar uzlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning va jamiyatning roziligisiz uzga shakhsga berishga haqli, ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan hol bundan mustasno.
6-modda. Aksiyadordan aksiyalarni olishga bulgan imtiyozli huquq
Agar aksiyadorlarning soni ellik nafardan oshmasa, jamiyat ustavida:
ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni uchinchi shakhsga taklif etilayotgan narkh buyicha va shartlar asosida, aksiyadorlarning har biriga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda olish yuzasidan aksiyadorlar uchun;
agar ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari uz imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan bulsa, jamiyatning aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni olish yuzasidan jamiyat uchun imtiyozli huquq nazarda tutilishi mumkin.
Uz aksiyalarini sotayotgan aksiyador aksiyalarini sotish niyati tugrisida boshqa aksiyadorlarni aksiyalarning narkhini va uchinchi shakhsga taklif etish shartlarini kursatgan holda tugridan-tugri yokhud jamiyat orqali yozma shaklda khabardor qilishi shart.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida belgilanadi, bunda imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar sotuvga quyilgan paytdan etiboran un kundan kam va uttiz kundan kup bulishi mumkin emas.
Aksiyador tomonidan uziga tegishli aksiyalar imtiyozli huquq buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aksiyadori va (yoki) jamiyat bunday qoidabuzarlik tugrisida aksiyador yoki jamiyat bilgan yokhud bilishi lozim bulgan paytdan etiboran uch oy ichida uziga sotib oluvchining huquq va majburiyatlari utkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
Aksiyalarni olishga bulgan ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shakhs foydasiga voz kechishga yul quyilmaydi.
7-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatkhonalari
Jamiyat filiallar tashkil etishga va vakolatkhonalar ochishga haqli.
Filial jamiyatning jamiyat joylashgan erdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki ularning bir qismini, shu jumladan vakolatkhonaning vazifalarini amalga oshiradigan alohida bulinmasidir.
Vakolatkhona jamiyatning jamiyat joylashgan erdan tashqarida joylashgan, uning manfaatlarini ifodalaydigan va bu manfaatlarni himoya qilishni amalga oshiradigan alohida bulinmasidir.
Jamiyatning filiali va vakolatkhonasi yuridik shakhs bulmaydi. Ular jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida ish yuritadi. Jamiyatning filialga va vakolatkhonaga berib quyilgan mol-mulki jamiyatning balansida hisobga olinadi.
Filialning yoki vakolatkhonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi.
Filial hamda vakolatkhona faoliyati uchun javobgarlik ularni tashkil etgan va ochgan jamiyat zimmasida buladi.
Jamiyat tomonidan Uzbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatkhonalar ochish, agar Uzbekiston Respublikasining khalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bulsa, filiallar va vakolatkhonalar joylashgan erdagi mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
8-modda. Shuba va tobe khujalik jamiyatlari
Jamiyat aksiyadorlik jamiyati yoki masuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi shuba va tobe khujalik jamiyatlariga ega bulishi mumkin.
Shuba khujalik jamiyati uzining asosiy jamiyati majburiyatlari yuzasidan javobgar bulmaydi.
Shuba khujalik jamiyatiga majburiy kursatmalar berish huquqiga ega bulgan asosiy jamiyat bunday kursatmalarni bajarish uchun shuba khujalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shuba khujalik jamiyati bilan solidar javobgar buladi. Asosiy jamiyatning shuba khujalik jamiyatiga majburiy kursatmalar berish huquqi faqat shuba khujalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shuba khujalik jamiyatining ustavida nazarda tutilgan taqdirda asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.
Shuba khujalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrot bulgan taqdirda asosiy jamiyat shuba khujalik jamiyatining majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar buladi.
Asosiy jamiyat shuba khujalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning bankrot bulib qolishini oldindan bila turib, shunday harakatlarni amalga oshirishi uchun shuba khujalik jamiyatiga majburiy kursatma bergan va (yoki) shuba khujalik jamiyatining imkoniyatidan foydalangan hollardagina shuba khujalik jamiyatining bankrotligi asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.
Shuba khujalik jamiyatining aksiyadorlari (ishtirokchilari) asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shuba khujalik jamiyatiga etkazilgan zararning urni qoplanishini talab qilishga haqli. Asosiy jamiyat shuba khujalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning zarar kurishini oldindan bila turib, uz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuba khujalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishi maqsadida foydalangan holdagina zarar asosiy jamiyatning aybi bilan etkazilgan deb hisoblanadi.
Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat khujalik jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarining (ulushlarining) yigirma foizidan ortigiga ega bulsa, khujalik jamiyati tobe deb etirof etiladi.
2-bob. Jamiyatni tashkil etish
9-modda. Jamiyatni tashkil etish usullari
Jamiyat yuridik shakhsni tasis etish yoki qayta tashkil etish (qushib yuborish, bulish, ajratib chiqarish, uzgartirish) yuli bilan tashkil etilishi mumkin.
10-modda. Jamiyatni tasis etish
Jamiyatni tasis etish yuli bilan tashkil etish muassislarning (muassisning) qaroriga kura amalga oshiriladi. Jamiyatni tasis etish tugrisidagi qaror tasis yigilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan tasis etilgan taqdirda jamiyatni tasis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Jamiyatning muassislari uni tashkil etish tugrisida uzaro tasis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni tasis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar urtasida joylashtirilishi lozim bulgan aksiyalarning turlari, ular uchun tulanadigan haqning miqdori va uni tulash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Jamiyatni tasis etish tugrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni tasis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Jamiyatni tasis etish, uning ustavini tasdiqlash tugrisidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini tulash uchun kiritilayotgan qimmatli qogozlarning, uzga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bulgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi lozim bulgan chet ellik investorlar ishtirokida tashkil qilinadi, Uzbekiston Respublikasi Prezidenti va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(10-modda Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan tuldirilgan — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish Uzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib uzgartirilayotganda aksiyadorlik jamiyatini tasis etish tugrisidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi.
11-modda. Jamiyatning muassislari
Jamiyatni tashkil etish tugrisidagi tasis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shakhslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb etirof etiladi.
Agar qonunda, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bulishi mumkin emas.
Jamiyat muassislari jamiyatning tashkil etilishi bilan bogliq majburiyatlar yuzasidan jamiyat davlat ruykhatidan utkazilguniga qadar solidar javobgar buladi. Jamiyat muassislarning jamiyatni tashkil etish bilan bogliq majburiyatlari yuzasidan muassislarning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yigilishida maqullangan taqdirdagina javobgar buladi.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib uzgartirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ jamiyatning muassisi buladi.
Jamiyat muassislari urtasida aksiyalarni taqsimlash tasis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
12-modda. Tasis yigilishi
Tasis yigilishi:
jamiyatni tasis etish tugrisida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi;
tasis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
muassislar tomonidan aksiyalar haqini tulash tartibini belgilaydi;
chiqariladigan aksiyalarning turlarini va sonini belgilaydi;
jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi;
jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).
Tasis yigilishida ovoz berish muassislar kiritadigan ulushlarga muvofiq utkaziladi.
Tasis yigilishi qarorlarni oddiy kupchilik ovoz bilan qabul qiladi, bundan tasis shartnomasini uzgartirish tugrisidagi qarorlar qabul qilinadigan hollar mustasno bulib, buning uchun barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Tasis yigilishining qarorlari jamiyatning barcha muassislari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib uzgartirish davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida tasis yigilishini utkazmasdan amalga oshiriladi.
Bir muassisdan iborat bulgan jamiyatda tasis yigilishi utkazilmaydi.
13-modda. Jamiyatning ustavi
Ustav jamiyatning tasis hujjati bulib, unda quyidagi malumotlar bulishi kerak:
jamiyatning tuliq (agar bulsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
faoliyatining sohasi (asosiy yunalishlari) va maqsadi;
ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
jamiyat boshqaruvining tuzilmasi, jamiyat kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining azolari soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bitta aksiyadorga tegishli bulgan ulushning eng kup miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin.
Davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga bulgan makhsus huquq («oltin aksiya») joriy etilayotgan jamiyat ustavida davlatning mazkur makhsus huquqdan foydalanishi tugrisidagi qoidalar kursatilishi kerak.
Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham kursatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Uzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016 yil 20 dekabrdagi 294-mh-sonli «Tijorat tashkilotlari tasis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash tugrisida»gi buyrugi (ruykhat raqami 2848, 20.12.2016 y.).
Jamiyat aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shakhsning talabiga kura uch ish kuni ichida ularga jamiyatning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan uzgartish va qushimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga kura unga jamiyat ustavining kuchirma nuskhasini berishi shart.
14-modda. Jamiyatni davlat ruykhatidan utkazish
Jamiyat yuridik shakhs sifatida davlat ruykhatidan utkazilishi lozim.
Jamiyat davlat ruykhatidan utish uchun ruykhatdan utkazuvchi organga jamiyatning ustavini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarini taqdim etadi. Davlat tashkilotini uzgartirish yuli bilan tashkil etilgan, shuningdek bitta muassis tomonidan tashkil etilgan jamiyat jamiyatning ustavini taqdim etadi.
Jamiyatni tashkil etishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ustavi qonunga muvofiq emasligi davlat ruykhatidan utkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni davlat ruykhatidan utkazishni rad etishga yul quyilmaydi. Davlat ruykhatidan utkazishni rad etish, shuningdek ruykhatdan utkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Jamiyat davlat ruykhatidan utkazilgan sanadan etiboran kupi bilan uch oy muddatda aksiyadorlarning umumiy yigilishi tugrisidagi, jamiyatning kuzatuv kengashi, ijroiya organi haqidagi (tegishincha direktori, boshqaruvi, ishonchli boshqaruvchi tugrisidagi) va taftish komissiyasi (taftishchisi) tugrisidagi ularning faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek jamiyatning mazkur organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartib-taomilini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi hamda aksiyadorlarning umumiy yigilishida tasdiqlashi shart.
15-modda. Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan uzgartish va qushimchalarni davlat ruykhatidan utkazish
Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan uzgartish va qushimchalar, shu jumladan jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning 14-moddasida jamiyatni ruykhatdan utkazish uchun nazarda tutilgan tartibda davlat ruykhatidan utkazilishi lozim.
Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan uzgartish va qushimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi davlat ruykhatidan utkazilgan paytdan etiboran uchinchi shakhslar uchun kuchga kiradi.
3-bob. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali). Jamiyatning aksiyalari, obligasiyalari va boshqa qimmatli qogozlari, jamiyatning sof aktivlari
16-modda. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) va aksiyalari
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va Uzbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir khil bulishi kerak.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol-mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.
Jamiyat davlat mulki negizida tashkil etilayotganda tashkilotning (mol-mulkning) Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlangan bozor qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) summasini tashkil etadi.
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizidan oshmasligi kerak.
Jamiyat tasis etilayotganda uning barcha aksiyalari jamiyat muassislari urtasida joylashtiriladi.
17-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori jamiyat davlat ruykhatidan utkazilgan sanada Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi buyicha turt yuz ming AQSh dollariga teng summadan kamni tashkil etmasligi kerak.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng kup muddati jamiyat davlat ruykhatidan utkazilgan paytdan etiboran bir yildan oshmasligi lozim.
18-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) qushimcha aksiyalarni joylashtirish yuli bilan kupaytirilishi mumkin.
Qushimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, elon qilingan aksiyalarning soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish tugrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli uzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yokhud aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan bulsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish tugrisidagi qarorda joylashtiriladigan qushimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari hamda shartlari belgilangan bulishi kerak.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish joylashtirilgan qushimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida ruykhatdan utkaziladi. Bunda jamiyat ustavida kursatilgan, elon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qushimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerak.
Jamiyatning tegishli boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qushimcha aksiyalarni chiqarish haqidagi qaror jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish tugrisidagi qarordir.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish jalb qilingan investisiyalar, jamiyatning uz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning uz kapitali hisobidan kupaytirishda qushimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar urtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli bulsa, ayni usha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kupaytirilishi natijasida kupaytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi taminlanmaydigan bulsa, jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirishga yul quyilmaydi.
(18-moddaning matni Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
19-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yuli bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish yuli bilan kamaytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) aksiyalarning bir qismini olish va bekor qilish yuli bilan kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bulsa, yul quyiladi.
Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga, agar buning natijasida uning miqdori jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) jamiyat ustavidagi tegishli uzgartishlarni davlat ruykhatidan utkazish sanasida aniqlanadigan, ushbu Qonunning 17-moddasida belgilangan eng kam miqdoridan kamayib ketsa, haqli emas.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tugrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli uzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tugrisida qaror qabul qilinayotganda aksiyadorlarning umumiy yigilishi ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish sabablarini kursatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
20-modda. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori kamaytirilganligi tugrisida kreditorlarni khabardor qilish
Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tugrisida qaror qabul qilingan sanadan etiboran uttiz kundan kechiktirmay uz kreditorlarini bu haqda yozma shaklda khabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tugrisida uzlariga bildirish yuborilgan sanadan etiboran uttiz kundan kechiktirmay jamiyatdan uz majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini va ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilishi bilan bogliq zararlarning urnini qoplashini talab qilishga haqli.
21-modda. Jamiyatning aksiyalari
Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogozlar bulib, ular turiga kura oddiy va imtiyozli bulishi mumkin.
Aksiya bulinmasdir. Agar aksiya umumiy mulk huquqi asosida bir nechta shakhsga tegishli bulsa, bu shakhslarning barchasi bir aksiyador deb etirof etiladi va aksiya bilan tasdiqlangan huquqlardan uzlarining umumiy vakili orqali foydalanadi.
Bir turdagi aksiya unga egalik qiluvchi har bir aksiyadorga shu turdagi aksiyalarning boshqa egalari bilan bir khil bulgan hajmdagi huquqlarni beradi.
Oddiy aksiyalarni imtiyozli aksiyalarga, korporativ obligasiyalarga va boshqa qimmatli qogozlarga ayirboshlashga yul quyilmaydi.
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shakhsga tegishli bulsa, usha yuridik yokhud jismoniy shakhs aksiyaning egasi — aksiyador deb etirof etiladi.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar bulib, ular uz egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Uz egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilayotganda aksiyalarga quyilgan mablaglarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar uz egalariga jamiyat foyda kurish-kurmasligidan qati nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Aksiyaning egasi bulgan aksiyadorga ovozga quyilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy yoki imtiyozli aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir.
Chiqariladigan aksiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular buyicha dividendlar tulash tartibi jamiyat ustavida belgilanadi.
22-modda. Oltin aksiya
«Oltin aksiya» davlatning ayrim jamiyatlarni boshqarishda ishtirok etishiga doir makhsus huquqi bulib, u strategik ahamiyatga ega bulgan davlat korkhonalari khususiylashtirilayotganda yoki jamiyatlarning davlat aksiya paketlari khususiy mulk etib realizasiya qilinayotganda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan joriy etiladi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taminlaydi.
«Oltin aksiya» qiymatga ega bulmaydi, boshqa shakhsga utkazilmaydi hamda garovga berilmaydi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
«Oltin aksiya» jamiyatning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud bulmagan yoki bu ulush jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma besh foizdan oshmaydigan jamiyatlarda joriy etilishi mumkin. Davlatning «oltin aksiya»dan foydalanish tartibi Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
«Oltin aksiya» jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi) tayinlash vositasida realizasiya qilinadi. Davlat vakili jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining ikkinchi — turtinchi, ettinchi, sakkizinchi va yigirma uchinchi khatboshilarida, shuningdek 75-moddasi birinchi qismining un tuqqizinchi — yigirma birinchi khatboshilarida hamda ikkinchi qismining ikkinchi khatboshisida kursatilgan masalalarga oid qarorlarga veto quyish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto quyish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
23-modda. Aksiyalarning nominal qiymati
Aksiyalarning nominal qiymati besh ming sumdan ortiq bulishi mumkin emas.
24-modda. Qimmatli qogozlarning bozor qiymati
Qimmatli qogozning bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narkh tushunilib, unga kura mazkur qimmatli qogoz ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur akhborotga ega bulgan holda uz manfaatlari yulida oqilona va ikhtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa shakhsga berilishi mumkin, bitim narkhining baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qushilish majburiyati aks etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qimmatli qogozlar fond birjasining birja kotirovkasi varagiga kiritilgan bulsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qogozlarning bozor qiymati deb etirof etiladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi URQ-396-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)
25-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va elon qilingan aksiyalari
Jamiyatning ustavida aksiyadorlar olgan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalarning) soni va nominal qiymati belgilanishi kerak.
Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga qushimcha ravishda joylashtirishga haqli bulgan elon qilingan aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustaviga jamiyatning elon qilingan aksiyalari haqida ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar bilan bogliq uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisidagi qaror, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan qabul qilinadi.
(25-moddaning uchinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogozlar jamiyat tomonidan joylashtirilgan taqdirda elon qilingan aksiyalarning soni ushbu qimmatli qogozlarning muomalada bulishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam bulmasligi lozim.
Jamiyat uzi joylashtirgan qimmatli qogozlar ayirboshlanishi mumkin bulgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qogozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
26-modda. Aksiyadorlarning huquqlari
Aksiyadorlar:
tegishli jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilish;
Oldingi tahrirga qarang.
depo hisobvaragidan uziga taalluqli kuchirma olish;
(26-modda birinchi qismining uchinchi khatboshisi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
jamiyat tugatilgan taqdirda uzlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
aksiyadorlarning umumiy yigilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;
jamiyatning moliya-khujalik faoliyati natijalari tugrisida tuliq va ishonchli akhborotni belgilangan tartibda olish;
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda uz huquqlarini himoya qilish;
uziga etkazilgan zararning urni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
uz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;
qimmatli qogozlarni olishda zarar kurish, shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bogliq tavakkalchiliklarni sugurta qilish huquqiga ega.
Aksiyadorlar qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bulishi mumkin.
Aksiyador tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa aksiyadorlarning huquqlari va qonun bilan quriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi lozim.
Aksiyalarni boshqa shakhsga berishga doir cheklov belgilanishi aksiyadorni — mazkur aksiyalar egasini ushbu Qonunda belgilangan tartibda jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va ular buyicha dividendlar olish huquqidan mahrum qilmaydi.
27-modda. Oddiy aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlarning huquqlari
Oddiy aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yigilishida mazkur yigilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar buyicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, uzlariga tegishli ulushga muvofiq jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga ega.
28-modda. Imtiyozli aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlarning huquqlari
Imtiyozli aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlar, agar ushbu Qonunda va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, aksiyadorlarning umumiy yigilishida ovoz berish huquqiga ega emas.
Jamiyatning imtiyozli aksiyalari ularning egalari bulgan aksiyadorlarga bir khil hajmda huquqlar beradi va oddiy aksiyalar bilan bir khil nominal qiymatga ega buladi.
Jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalar buyicha tulanadigan dividendning miqdori va (yoki) qiymat (tugatilish qiymati) jamiyat ustavida belgilab quyilishi lozim. Imtiyozli aksiyalar buyicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati qatiy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aksiyalar buyicha dividend miqdori va tugatilish qiymatini belgilash tartibi jamiyat ustavida kursatilgan bulsa ham imtiyozli aksiyalar buyicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati belgilangan deb hisoblanadi.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar buyicha tulanmagan yoki tuliq tulanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgarib borilishi va keyinchalik tulanishi belgilab quyilishi mumkin.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning oddiy aksiyalarga ayirboshlanishi imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish tugrisidagi masalalar hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadi. Imtiyozli aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigilishida jamiyat ustaviga imtiyozli aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisidagi masalalar, shu jumladan avvalgi navbatdagi imtiyozli aksiyalar buyicha tulanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki kupaytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki kupaytirish masalalari, shuningdek imtiyozli aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlarga dividend va (yoki) bu aksiyalarning tugatilish qiymatini tulash navbati buyicha imtiyozlar berish hollari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladi.
Imtiyozli aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigilishi vakolat doirasiga kiradigan masalalar buyicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etish huquqiga imtiyozli aksiyalar buyicha dividendlar tulash tugrisida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni tuliq tulamaslik tugrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishidan keyingi yigilishdan boshlab ega buladi. Imtiyozli aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar buyicha dividendlar birinchi marta tuliq miqdorda tulangan paytdan etiboran bekor qilinadi.
Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan bulsa, jamiyat ustavi imtiyozli aksiyalar buyicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning egasi uziga tegishli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin bulgan oddiy aksiyalar buyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega buladi.
29-modda. Aksiyalarga bulgan huquqlarning utishi
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalarga bulgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvaragiga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan etiboran utadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan depo hisobvaragidan kuchirma bilan tasdiqlanadi.
(29-moddaning birinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
Aksiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularni oluvchiga ushbu qimmatli qogozga bulgan huquqlar utgan paytdan etiboran utadi.
30-modda. Jamiyatning korporativ obligasiyalari va boshqa qimmatli qogozlari
Jamiyat qonun hujjatlariga va uz ustaviga muvofiq korporativ obligasiyalarni va boshqa qimmatli qogozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga haqli.
Jamiyatning korporativ obligasiyalari jamiyat aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli qogozlar bulishi mumkin.
Jamiyat mol-mulk bilan taminlangan korporativ obligasiyalarni ularni chiqarish tugrisida qaror qabul qilish sanasidagi uz kapitali miqdori doirasida chiqarishga haqli.
Jamiyat tomonidan korporativ obligasiyalarni chiqarish, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligasiyalarni chiqarish aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga kura yoki, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday qaror qabul qilish huquqi tegishli bulsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga kura amalga oshiriladi.
Jamiyat tomonidan jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga kura aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligasiyalar chiqarilgan taqdirda, mazkur qaror jamiyat kuzatuv kengashining barcha azolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi kerak.
31-modda. Jamiyatning aksiyalariga va boshqa qimmatli qogozlariga haq tulash
Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogozlarini joylashtirish chogida ularga haq tulash pul va boshqa tulov vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda ifodalanadigan bahoga ega bulgan huquqlar (shu jumladan mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi. Jamiyatni tasis etish chogida uning aksiyalariga haq tulash tartibi jamiyatni tashkil etish tugrisidagi tasis shartnomasida (uzgartish tugrisidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida, qushimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qogozlarga haq tulash esa, ularni chiqarish tugrisidagi qarorda belgilab quyiladi.
Jamiyatning qushimcha aksiyalariga ushbu aksiyalarni chiqarish tugrisidagi qarorda kursatilgan joylashtirish muddati ichida haq tulanishi lozim.
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini tulash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatni tasis etishda aksiyalarga tulanadigan haq sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalanadigan bahosi muassislar urtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi.
Agar jamiyatning puldan uzga vositalar bilan haqi tulanayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qogozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kupni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qogozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan chiqarilishi zarur.
Qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida jamiyat aksiyalari hamda boshqa qimmatli qogozlari haqi sifatida tulanishi mumkin bulgan mol-mulk turlariga cheklovlar belgilanishi mumkin.
32-modda. Jamiyatning fondlari va sof aktivlari
Jamiyatda jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo uning ustav fondining (ustav kapitalining) un besh foizidan kam bulmagan miqdorda zakhira fondi tashkil etiladi. Jamiyatning zakhira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bulmasligi kerak.
Boshqa mablaglar mavjud bulmagan taqdirda, jamiyatning zakhira fondi jamiyatning zararlari urnini qoplash, jamiyatning korporativ obligasiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar buyicha dividendlar tulash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun muljallanadi.
Jamiyatning zakhira fondidan boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas.
Jamiyat ustavida boshqa fondlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyat sof aktivlarining qiymati bukhgalteriya hisobi malumotlari buyicha, jamiyat aktivlari va majburiyatlarining umumiy summasi urtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin aksiyadorlarning umumiy yigilishiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan yillik bukhgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijasiga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) oz bulib chiqsa, jamiyat uz ustav fondini (ustav kapitalini) sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirishi shart.
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin aksiyadorlarning umumiy yigilishiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan yillik bukhgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijasiga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ushbu Qonun 17-moddasida kursatilgan eng kam miqdoridan oz bulib chiqsa, jamiyat uzining tugatilishi haqida qaror qabul qilishi shart.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki jamiyatni tugatish tugrisida qaror qabul qilinmagan taqdirda uning aksiyadorlari, kreditorlari, shuningdek vakolatli davlat organlari jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogozlarini joylashtirish hamda olish
(4-bobning nomi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
33-modda. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogozlarini joylashtirish
Jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqarilishini joylashtirish muddati jamiyat davlat ruykhatidan utkazilgan paytdan etiboran bir yildan oshmasligi lozim.
Jamiyat tomonidan jamiyatning qushimcha aksiyalarini va boshqa emissiyaviy qimmatli qogozlarini joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat ruykhatidan utkazilgan paytdan etiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Jamiyatning joylashtirilmagan aksiyalari va boshqa qimmatli qogozlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida kursatilgan muddat utganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
Qonun hujjatlarining qimmatli qogozlarni joylashtirish va ularning muomalasiga taalluqli qismi talablarini buzgan holda tuzilgan jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogozlarini joylashtirishga hamda ularning muomalasiga doir bitimlar sudning qaroriga kura haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bitimning predmeti bulgan jamiyat aksiyalari va boshqa qimmatli qogozlari ularni joylashtirish muddati utganidan keyin bitim haqiqiy emas deb topilgan bulsa bekor qilinishi kerak, agar ushbu bitim qimmatli qogozlar joylashtirilayotganda tuzilgan bulsa.
Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogozlarini insofli egallovchi jamiyat aksiyalarini va boshqa qimmatli qogozlarini joylashtirish hamda ularning muomalasi buyicha bitimlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi natijasida etkazilgan zararning urnini qoplashni aybdor shakhslardan talab qilishga haqli.
Davlat tashkilotlarini aksiyadorlik jamiyatlari etib uzgartirish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizasiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlaridir.
Jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogozlarni joylashtirish usullari (ochiq yoki yopiq obuna) jamiyat ustavida belgilab quyiladi, jamiyat ustavida bu khususda kursatmalar mavjud bulmasa, aksiyadorlar umumiy yigilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigilishining qarorida jamiyatning aksiyalarini va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogozlarini joylashtirish usuli tugrisida kursatmalar mavjud bulmasa, joylashtirish faqat ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyalarning ochiq obunasi faqat qimmatli qogozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida utkaziladi.
Qonun hujjatlarida aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogozlarning ochiq obuna vositasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi shart bulgan hollar belgilab quyilishi mumkin.
Aksiyalarning va boshqa emissiyaviy qimmatli qogozlarning chiqarilishi mazkur chiqarilishni tukhtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar emitent tomonidan bartaraf etilmagan, shuningdek chiqarish tugrisidagi qarorda belgilangan muddatda mazkur chiqarilishdagi aksiyalar va boshqa emissiyaviy qimmatli qogozlarning oltmish foizdan kam qismi joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb etirof etiladi.
Aksiyalar hamda boshqa emissiyaviy qimmatli qogozlar qimmatli qogozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida joylashtirilgan taqdirda ularning chiqarilishi, agar joylashtirish hajmi mazkur chiqarilishdagi aksiyalar va boshqa emissiyaviy qimmatli qogozlar umumiy miqdorining kamida uttiz foizini tashkil etsa, amalga oshgan deb etirof etiladi.
34-modda. Aksiyalarni va boshqa qimmatli qogozlarni joylashtirish narkhi
Jamiyatni tasis etishda uning aksiyalari haqini tulash jamiyat muassislari tomonidan aksiyalarning nominal qiymati buyicha amalga oshiriladi.
Aksiyalarni joylashtirish, shu jumladan aksiyadorlar urtasida joylashtirish tugrisida qaror qabul qilishda aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qogozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narkhi jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigilishi yoki kuzatuv kengashi tomonidan, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlarning umumiy yigilishi qaroriga muvofiq kuzatuv kengashiga bunday vakolat berilgan bulsa, qimmatli qogozlar savdosi tashkilotchilarining savdo maydonchalarida vujudga kelayotgan narkhlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Jamiyatning qushimcha aksiyalari va boshqa qimmatli qogozlarini joylashtirish chogida ularga haq tulash ularni chiqarish tugrisidagi qarorda belgilanganidan kam bulmagan narkh buyicha amalga oshiriladi.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kupaytirilayotganda jamiyatning qushimcha aksiyalariga uning uz kapitali hisobidan, shuningdek haqini qushimcha aksiyalar bilan tulash tugrisida qaror qabul qilingan dividendlar hisobidan haq tulangan taqdirda, bunday aksiyalarni joylashtirish jamiyat aksiyalarining nominal qiymati buyicha amalga oshiriladi.
35-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlarni joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini taminlash
Jamiyat ustavida jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul mablaglari bilan tulanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlar ularni imtiyozli olish huquqiga ega bulishi nazarda tutilishi mumkin. Aksiyador, shu jumladan aksiyadorlarning umumiy yigilishida qarshi ovoz bergan yokhud unda ishtirok etmagan aksiyador aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlarni uziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga (bundan buyon matnda imtiyozli huquq deb yuritiladi) ega.
Imtiyozli huquqni qullamaslik tugrisidagi qaror, shuningdek bunday qarorning amal qilish muddati haqidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalarining kupchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin. Bunday qarorning amal qilish muddati ushbu qaror qabul qilingan paytdan etiboran bir yildan ortiq bulishi mumkin emas.
Imtiyozli huquqqa ega bulgan shakhslarning ruykhati qimmatli qogozlarni chiqarish tugrisidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reestrining malumotlari asosida tuziladi.
Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.
36-modda. Imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi
Jamiyat aksiyalarning yoki aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlarning chiqarilishi davlat ruykhatidan utkazilgan sanadan etiboran un kun ichida ommaviy akhborot vositalarida elon qilish orqali uzining imtiyozli huquqqa ega bulgan aksiyadorlariga aksiyalarni yoki aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlarni mazkur aksiyadorlarda mavjud bulgan aksiyalar soniga mutanosib ravishda teng shartlarda, qimmatli qogozlarni chiqarish tugrisida qaror qabul qilgan jamiyatning boshqaruv organi tomonidan belgilangan joylashtirish narkhi buyicha olishni taklif etishi shart.
Bildirish matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlarning soni, ularni joylashtirish narkhi, har bir aksiyador olishga haqli bulgan aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi tugrisidagi malumotlar bulishi lozim.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati bildirish elon qilingan paytdan etiboran un kundan kam va uttiz kundan kup bulishi mumkin emas.
Imtiyozli huquqqa ega bulgan aksiyador aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlarni olishi tugrisida uzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan eri), uzi oladigan emissiyaviy qimmatli qogozlarning soni kursatilgan yozma shakldagi arizani va haq tulaganlik tugrisidagi hujjatni jamiyatga yuborish orqali uz imtiyozli huquqini tuliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida jamiyatga taqdim etilishi kerak.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat utguniga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish tugrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bulsa, tugaydi.
Jamiyat imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaguniga qadar aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlarni ularni olish buyicha imtiyozli huquqqa ega bulmagan shakhslarga joylashtirishga haqli emas.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogozlar ularni chiqarish tugrisidagi qarorda belgilangan tartibda jamiyat tomonidan realizasiya qilinadi.
Imtiyozli huquqdan boshqa shakhs foydasiga voz kechishga yul quyilmaydi.
37-modda. Joylashtirilgan aksiyalarni jamiyat tomonidan olish
Jamiyat uzi joylashtirgan aksiyalarni aksiyadorlar umumiy yigilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yuli bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tugrisidagi qaroriga kura, shuningdek ularni keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga kura olishga haqli.
Agar muomalada qolgan aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan bulsa, jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini olish yuli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tugrisida qaror qabul qilishga haqli emas.
Aksiyadorlar umumiy yigilishining aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularni olish yuli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tugrisida qabul qilingan qarori asosida jamiyat tomonidan olingan aksiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Aksiyalarni olish tugrisidagi qarorda olinadigan aksiyalarning turlari, jamiyat oladigan har bir turdagi aksiyalarning soni, aksiyalarni olish narkhi, aksiyalar haqini tulash shakli va muddati, shuningdek aksiyalar qancha muddatda olinishi belgilab quyilishi kerak.
Agar jamiyatning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, aksiyalarni olish vaqtida ularga haq tulash pul mablaglari bilan amalga oshiriladi. Aksiyalarni olish muddati aksiyalarni olish tugrisidagi qaror bilan belgilanadi, bu muddat un kundan kam bulmasligi kerak. Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalarni olish narkhi ularning bozor qiymatiga muvofiq belgilanadi.
Qaysi muayyan turdagi aksiyalarni olish tugrisida qaror qabul qilingan bulsa, usha aksiyalarning egasi bulgan har bir aksiyador mazkur aksiyalarni sotishga haqli, jamiyat esa ularni olishi shart. Agar jamiyat tomonidan olinishi tugrisida aksiyadorlarning arizalari tushgan aksiyalarning umumiy soni ushbu moddada belgilangan cheklovlar hisobga olingan holda jamiyat olishi mumkin bulgan aksiyalarning sonidan ortiq bulsa, aksiyadorlardan arizada kursatilgan talablarga mutanosib ravishda aksiyalar olinadi.
Aksiyalar olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan un kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlarni jamiyat tomonidan aksiyalar olinishi tugrisida ommaviy akhborot vositalarida elon qilish va uz rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali khabardor etishi shart. Bildirishda ushbu moddaning turtinchi qismida kursatib utilgan malumotlar bulishi lozim.
Imtiyozli aksiyalarni olish jamiyat ustavida nazarda tutilgan narkh buyicha amalga oshiriladi.
Jamiyat tasarrufiga utgan aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi, ular buyicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi.
Keyinchalik qayta sotish maqsadida jamiyat tasarrufiga utgan aksiyalar ular jamiyat tasarrufiga utgan paytdan etiboran bir yildan kechiktirmay realizasiya qilinishi kerak, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigilishi jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tugrisida qaror qabul qilishi lozim. Kursatilgan muddatda realizasiya qilinmagan aksiyalar bekor qilinishi kerak.
Jamiyat tomonidan uz aksiyalarining olinishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qogozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
Jamiyat uzi chiqargan aksiyalar buyicha ularni qaytarib sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek uzi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berishga haqli emas.
38-modda. Joylashtirilgan aksiyalarni jamiyat tomonidan olishga doir cheklovlar
Jamiyat uzining joylashtirilgan oddiy aksiyalarini:
jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) batamom tulanguniga qadar;
agar oddiy aksiyalarni olish paytida jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud bulsa yoki bunday belgilar u aksiyalarni olganligi natijasida paydo bulsa;
agar oddiy aksiyalarni olish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan), zakhira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatidan ortiq qismidan kam bulsa yokhud aksiyalarni olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, olishga haqli emas.
Ushbu Qonunning 40 va 41-moddalariga muvofiq qaytarib sotib olish tugrisida talab quyilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmaguniga qadar jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olishga haqli emas.
39-modda. Aksiyalarni yiriklashtirish va maydalash
Aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirishga haqli bulib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aksiyasi khuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning joylashtirilgan aksiyalarining nominal qiymatiga va soniga taalluqli tegishli uzgartishlar kiritiladi.
Aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga kura jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni maydalashni amalga oshirishga haqli bulib, buning natijasida jamiyatning bir aksiyasi khuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarining nominal qiymatiga va soniga taalluqli tegishli uzgartishlar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40-modda. Aksiyadorlarning talabiga kura aksiyalarni olish
(40-moddaning nomi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlar:
jamiyatni qayta tashkil etish tugrisida;
joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish haqida;
ushbu Qonun 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shakhsga berish bilan bogliq yirik bitim (bundan buyon matnda yirik bitim deb yuritiladi) tuzish tugrisida;
jamiyatning ustaviga ovoz beruvchi aksiyalar egalari bulgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi uzgartish va qushimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash tugrisida aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bulsa yokhud ovoz berishda uzrli sabablarga kura ishtirok etmagan bulsa, uzlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
Uzlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqiga ega bulgan aksiyadorlarning ruykhati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishi mumkin bulgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yigilishida ishtirok etish huquqiga ega bulgan jamiyat aksiyadorlari reestrining malumotlari asosida tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ushbu aksiyalarning bozor qiymati buyicha amalga oshiriladi, bu qiymat jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab buladigan harakati natijasida qiymatning uzgarishi hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
(40-moddaning uchinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat aksiyalarining 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shakhs, agar u bungacha mazkur jamiyat aksiyalariga egalik qilmagan yoki aksiyalarining 50 foizidan kamrogiga egalik qilgan bulsa, qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati buyicha uziga sotishlari borasidagi taklifini uttiz kun ichida elon qilishi shart. Aksiyadorning uziga tegishli aksiyalarni sotishi tugrisidagi yozma roziligi elon qilingan kundan etiboran uttiz kun ichida olingan taqdirda, jamiyatning 50 va undan ortiq foiz aksiyalari egasi mazkur aksiyalarni sotib olishi shart.
(40-modda Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuniga asosan turtinchi qism bilan tuldirilgan — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
41-modda. Aksiyadorlarning uzlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi
Jamiyat aksiyadorlarni uzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi, qaytarib sotib olish narkhi va qaytarib sotib olishni amalga oshirish tartibi tugrisida khabardor etishi shart.
Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi yuzaga kelishi mumkin bulgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yigilishini utkazish tugrisida aksiyadorlarga etkaziladigan khabarda ushbu moddaning birinchi qismida kursatilgan malumotlar bulishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etish huquqiga ega bulmagan aksiyadorlarda aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi tugrisidagi akhborot aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab bulgan qaror qabul qilingan kundan etiboran etti kundan kechiktirmay aksiyadorlarga yuboriladi.
Aksiyadorning uziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish tugrisidagi yozma talabi aksiyadorning yashash joyi (joylashgan eri) va uning qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar soni kursatilgan holda jamiyatga yuboriladi.
Aksiyadorlarning uzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishi tugrisidagi yozma talablari aksiyadorlar umumiy yigilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan etiboran uttiz kundan kechiktirmay jamiyatga taqdim etilishi kerak. Mazkur muddat tugaganidan sung jamiyat qaytarib sotib olish talabini quygan aksiyadorlardan aksiyalarni un kun ichida qaytarib sotib olishi shart.
Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bulgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlarning umumiy yigilishi utkazilishi tugrisidagi khabarda kursatilgan narkh buyicha amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olishga yunaltiriladigan mablaglarning umumiy summasi aksiyadorlarda uzlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab bulgan qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat sof aktivlari qiymatining un foizidan oshib ketishi mumkin emas, bundan jamiyatning uzgartirilishi hollari mustasno. Qaytarib sotib olish talabi quyilgan aksiyalarning umumiy soni ushbu qismda belgilangan cheklov inobatga olingan holda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishi mumkin bulgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda aksiyalar aksiyadorlardan quyilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.
Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar bekor qilinadi.
Ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar jamiyat tasarrufiga utadi. Mazkur aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chogida hisobga olinmaydi, ular buyicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytdan etiboran bir yildan kechiktirmay realizasiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigilishi mazkur aksiyalarni bekor qilish yuli bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tugrisida qaror qabul qilishi kerak.
5-bob. Jamiyat aksiyadorlarining reestri va aksiyalarni saqlash
42-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reestri
Jamiyat aksiyadorlarining reestri ruykhatdan utkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga kura shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi, shuningdek reestrda ruykhatdan utkazilgan shakhslarga akhborotni yuborish imkoniyatini beradigan malumotlar kursatilgan ruykhatidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish qimmatli qogozlar egalarining depo hisobvaraqlari holatiga kura markaziy ruykhatdan utkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogozlarning markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(42-moddaning ikkinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
Agar jamiyatga nisbatan «oltin aksiya»ni joriy etish tugrisida qaror qabul qilingan bulsa, jamiyat aksiyadorlarining reestriga davlat vakili ham kiritiladi.
Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yigilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va jamiyat tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining reestri asosida amalga oshiriladi.
Jamiyat aksiyadorlarining reestriga uzgartish va qushimchalar kiritilishiga yul quyilmaydi, mazkur reestr shakllantirilgan sanada unga kiritilmay qolgan shakhslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reestrni shakllantirishda yul quyilgan khatolar tuzatilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish uchun:
(42-modda oltinchi qismining birinchi khatboshisi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
reestrda ruykhatdan utkazilgan shakhslarning identifikasiya qilinishini;
reestrda ruykhatdan utkazilgan shakhslarning akhborot olishga va ularga akhborot yuborilishiga hamda reestr shakllantirilishiga imkon beradigan aksiyalarga bulgan huquqlari hisobga olinishini;
Oldingi tahrirga qarang.
reestrga uzgartish va qushimchalar kiritilishiga sabab buladigan hujjatlarning hamda barcha faktlar tugrisidagi hamda Markaziy depozitariyning va (yoki) investisiya vositachisining bunday uzgartish va qushimchalar kiritishga doir barcha harakatlari haqidagi akhborotning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida tuplanishi va saqlanishini taminlashi kerak.
(42-modda oltinchi qismining turtinchi khatboshisi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
Jamiyat aksiyadorlarining reestrida ruykhatdan utkazilgan har bir shakhs haqidagi, uning nomiga yozilgan aksiyalarning soni va turlari tugrisidagi malumotlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa malumotlar kursatiladi.
Markaziy depozitariy jamiyatlar aksiyadorlarining reestrlari shakllantirilishini taminlashi va shakllantirilgan reestrlarni saqlashi shart, jamiyat esa davlat ruykhatidan utkazilgan sanadan etiboran bir oydan kechiktirmay Markaziy depozitariy bilan jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish uchun shartnoma tuzishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyador uziga oid malumotlardagi uzgarishlar haqida uning aksiyalarga bulgan huquqlarini hisobga olish buyicha khizmatlar kursatuvchi Markaziy depozitariyni va (yoki) investisiya vositachisini uz vaqtida khabardor qilishi shart. Aksiyador uziga oid malumotlar uzgarganligi haqidagi akhborotni taqdim etmagan hollarda, aksiyadorning uz aksiyalariga bulgan huquqlarini hisobga olish buyicha khizmatlar kursatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investisiya vositachisi buning oqibatida aksiyadorga etkazilgan zarar uchun javobgar bulmaydi.
(42-moddaning tuqqizinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
43-modda. Depo hisobvaragidan kuchirma
Oldingi tahrirga qarang.
Depo hisobvaragidan kuchirma aksiyadorning aksiyalarga bulgan huquqlarini tasdiqlaydigan, Markaziy depozitariy va (yoki) investisiya vositachisi tomonidan beriladigan hujjatdir.
(43-moddaning birinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorga uning aksiyalarga bulgan huquqlarini hisobga olish buyicha khizmatlar kursatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investisiya vositachisi aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga kura ikki ish kuni ichida depo hisobvaragidan kuchirma berishi shart. Qimmatli qogozlarning egasi depo hisobvaragidan kuchirmaga uziga taalluqli bulmagan akhborot, shu jumladan boshqa qimmatli qogozlarning egalari hamda ularga tegishli qimmatli qogozlarning soni tugrisidagi akhborot kiritilishini talab qilish huquqiga ega emas.
(43-moddaning ikkinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Depo hisobvaragidan kuchirma bergan Markaziy depozitariy va (yoki) investisiya vositachisi unda kursatilgan malumotlarning tuliqligi va ishonchliligi uchun javobgar buladi. Depo hisobvaragidan kuchirma berish tartibi, kuchirmaning shakli va mazmuniga oid talablar qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(43-moddaning uchinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
Davlat aksiyalari paketlari buyicha depo hisobvaragidan kuchirma berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
44-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish shartlari va tartibi
Jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish jamiyatning yoki qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organining topshirigi, shuningdek ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan hollarda aksiyadorlarning yozma murojaati asosida Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi. Reestrning qaysi sanada shakllantirilishi reestrni shakllantirish tugrisidagi topshiriqda kursatiladi.
Jamiyat jamiyatning aksiyadorlari reestrini shakllantirish tugrisidagi topshiriqlarga imzo quyish huquqiga ega bulgan shakhslar haqida Markaziy depozitariyni yozma shaklda khabardor qilishi shart.
Jamiyat aksiyadorlarining reestriga davlat vakili uning vakil etib tayinlanganligi tugrisidagi tegishli qaror ilova qilingan holda, Uzbekiston Respublikasi Khususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qumitasining yozma bildirishi asosida Markaziy depozitariy tomonidan kiritiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirishni rad etishga yul quyilmaydi, qimmatli qogozlar bozori tugrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish rad etilgan taqdirda, Markaziy depozitariy reestrni shakllantirish rad etilganligi tugrisidagi asoslantirilgan bildirishni jamiyatning topshirigi kelib tushgan paytdan etiboran besh kundan kechiktirmay yuboradi.
Jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish asossiz rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
45-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish tartibini buzgan shakhslar belgilangan tartibda javobgar buladi.
Jamiyat, transfer-agent, Markaziy depozitariy va qimmatli qogozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reestridagi malumotlarning tuliqligi va ishonchliligi uchun solidar javobgar buladi hamda uzining harakatlari (harakatsizligi) tufayli aksiyadorga etkazilgan zararning urnini qoplashi shart.
46-modda. Qimmatli qogozlarning nominal saqlovchilari
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogozlarning nominal saqlovchilari Markaziy depozitariy va (yoki) investisiya vositachilaridir.
(46-modda Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi URQ-411-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 39-son, 457-modda)
47-modda. Aksiyalarni saqlash
Aksiyalarni saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaziy depozitariyda amalga oshiriladi.
6-bob. Dividendlarni tulash
48-modda. Dividend
Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar urtasida taqsimlanadigan qismidir.
Jamiyat aksiyalarning har bir turi buyicha elon qilingan dividendlarni tulashi shart.
Dividend aksiyadorlarning umumiy yigilishi qaroriga kura pul mablaglari yoki boshqa qonuniy tulov vositalari yokhud jamiyatning qimmatli qogozlari bilan tulanishi mumkin.
Jamiyatning imtiyozli aksiyalari buyicha dividendlarni qimmatli qogozlar bilan tulashga yul quyilmaydi.
Dividend aksiyadorlar urtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
49-modda. Dividendlarni tulash tugrisida qaror qabul qilish muddatlari
Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, tuqqiz oyi natijalariga kura va (yoki) moliyaviy yil natijalariga kura, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, joylashtirilgan aksiyalar buyicha dividendlar tulash tugrisida qaror qabul qilishga haqli.
Jamiyatning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va tuqqiz oyi natijalariga kura dividendlar tulash tugrisidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.
50-modda. Dividendlarni tulash tugrisidagi qaror
Aksiyalarning har bir turi buyicha dividendlar tulash, dividendning miqdori, uni tulash shakli va tartibi tugrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik khulosasi mavjud bulgan taqdirda, moliyaviy hisobot malumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan kup bulishi mumkin emas. Aksiyadorlarning umumiy yigilishi aksiyalarning muayyan turlari buyicha dividendlar tulamaslik tugrisida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab quyilgan imtiyozli aksiyalar buyicha tuliq bulmagan miqdorda dividendlar tulash haqida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlar tulash tugrisidagi qarorda dividendlar tulash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar kursatilgan bulishi lozim.
51-modda. Dividendlarni tulash tartibi
Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) utgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan tulanadi. Imtiyozli aksiyalar buyicha dividendlar jamiyatning buning uchun makhsus muljallangan fondlari hisobidan ham tulanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar buyicha hisoblangan dividendlarni tulash aksiyadorlarning dividendlarni olishga bulgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
(51-modda Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan tuldirilgan — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
Dividendlarni tulash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yigilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni tulash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan etiboran oltmish kundan kech bulmasligi lozim.
Dividendlarni tulash chogida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar buyicha, sungra oddiy aksiyalar buyicha dividendlar tulanadi. Imtiyozli aksiyalar buyicha qatiy belgilangan dividendlarni tulash uchun etarli miqdorda foyda mavjud bulgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar tulashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar tulanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Jamiyat etarli miqdorda foydaga ega bulmagan yoki zarar kurib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar buyicha dividendlar jamiyat tomonidan jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zakhira fondi hisobidan va ushbu fond doirasida tulanishi mumkin.
Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yokhud meroskhuri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yigilishi qaroriga kura jamiyat ikhtiyorida qoladi.
Jamiyat Uzbekiston Respublikasi norezident aksiyadorining yozma talabiga kura unga hisoblangan dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablaglarni norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvaragiga utkazib berishi shart.
Jamiyat aksiyadorlarining reestridan olingan, jamiyat tomonidan tasdiqlangan kuchirma hamda jamiyat bukhgalteriyasining hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana tugrisidagi malumotnomasi ayirboshlash uchun asos bulib khizmat qiladi.
52-modda. Dividendlar tulash mumkin bulgan aksiyalar
Aksiyadorlarga dividendlarni tulash tugrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan shakhslar aksiyalar buyicha dividend olish huquqiga ega.
53-modda. Tulanmagan (olinmagan) dividendlar
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan tulanmagan (olinmagan) taqdirda tulanmagan (olinmagan) dividendlar buyicha Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. Tulanmagan (olinmagan) dividendlar buyicha hisoblanadigan penyalar miqdori tulanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq bulmasligi kerak.
Aksiyador jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar tulanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlar jamiyat tomonidan tulanmagan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tulovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb elon qilish tartib-taomili qullaniladi.
(53-moddaning matni Uzbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi URQ-396-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)
54-modda. Dividendlarni tulashga doir cheklovlar
Jamiyat:
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning tasis etilishi chogida tuliq tulab bulinguniga qadar;
agar dividendlar tulanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud bulsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni tulash natijasida paydo bulsa;
agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) va zakhira fondi summasidan kam bulsa, aksiyalar buyicha dividendlar tulash tugrisida qaror qabul qilishga hamda dividendlar tulashga haqli emas.
Ushbu moddada kursatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga tulashi shart.
55-modda. Dividendlar tulanishi haqida aksiyadorlarni khabardor qilish
Jamiyat dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda elon qiladi. Jamiyat tulanadigan dividendlar miqdori tugrisidagi malumotlarni qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organining va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda elon qiladi.
56-modda. Dividendlarga soliq solish
Dividendlarga soliq solish soliq tugrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish buyicha imtiyozlar belgilanishi mumkin.
7-bob. Jamiyatning boshqaruv organlari. Minoritar aksiyadorlar qumitasi
57-modda. Jamiyatni boshqarish
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlaridir.
58-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigilishi
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga kura bulmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv kengashining azolaridan biri olib boradi.
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yigilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishini) utkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay utkaziladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash tugrisidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (bundan buyon matnda direktor deb yuritiladi), kollegial ijroiya organining (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) azolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining un ikkinchi va un uchinchi khatboshilariga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish buyicha kurilayotgan chora-tadbirlar tugrisidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari kurib chiqiladi.
(58-moddaning turtinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi URQ-396-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)
Aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishidan tashqari utkaziladigan umumiy yigilishlari navbatdan tashqari yigilishlardir.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazish sanasi va tartibi, yigilish utkazilishi haqida aksiyadorlarga khabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (akhborotning) ruykhati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bulgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yigilishi utkazilmaydi. Ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigilishi vakolatiga kiritilgan masalalar buyicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak, jamiyatning imtiyozli aksiyalari ushbu Qonunga muvofiq ovoz berish huquqini olishi hollari bundan mustasno. Bunda ushbu bobning aksiyadorlar umumiy yigilishiga tayyorgarlik kurish, uni chaqirish va utkazish tartibini hamda muddatlarini belgilovchi qoidalari qullanilmaydi, aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishini utkazish muddatlariga taalluqli qoidalar bundan mustasno.
59-modda. Aksiyadorlar umumiy yigilishining vakolat doirasi
Aksiyadorlar umumiy yigilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
jamiyat ustaviga uzgartish va qushimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
jamiyatni qayta tashkil etish;
jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qumitasining son tarkibini belgilash, ularning azolarini saylash va azolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
elon qilingan aksiyalarning eng kup miqdorini belgilash;
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish;
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish;
uz aksiyalarini olish;
jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
jamiyat taftish komissiyasining azolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) tugrisidagi nizomni tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yunalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni urta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;
(59-moddaning birinchi qismi un ikkinchi khatboshisi Uzbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi URQ-396-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)
jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) uz vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) khulosalarini eshitish;
jamiyat tomonidan korporativ obligasiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligasiyalar chiqarish tugrisida qaror qabul qilish;
qimmatli qogozlarning hosilalarini chiqarish tugrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning korporativ obligasiyalarini qaytarib sotib olish tugrisida qaror qabul qilish;
imtiyozli huquqni qullamaslik tugrisida ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qogozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narkhini belgilash;
aksiyadorlar umumiy yigilishining reglamentini tasdiqlash;
aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
jamiyatning ijroiya organiga tulanadigan haq va (yoki) kompensasiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
ushbu Qonunning 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan bitimlar tuzish tugrisida qaror qabul qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
Aksiyadorlar umumiy yigilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.
Aksiyadorlar umumiy yigilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno:
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish hamda jamiyatning elon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogliq uzgartish va qushimchalar kiritish;
(59-modda uchinchi qismining ikkinchi khatboshisi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qogozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narkhini belgilash;
jamiyat tomonidan korporativ obligasiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligasiyalar chiqarish tugrisida qaror qabul qilish;
qimmatli qogozlarning hosilalarini chiqarish tugrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning korporativ obligasiyalarini qaytarib sotib olish tugrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
jamiyatning ijroiya organiga tulanadigan haq va kompensasiyalar miqdorlarini belgilash;
ushbu Qonunning 75-moddasi birinchi qismining un birinchi khatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
60-modda. Aksiyadorlar umumiy yigilishining qarorlari
Aksiyadorlarning umumiy yigilishida ovozga quyilgan masalalar buyicha quyidagilar ovoz berish huquqiga ega buladi:
jamiyatning oddiy aksiyalari egalari bulgan aksiyadorlar;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyatning imtiyozli aksiyalari egalari bulgan aksiyadorlar.
Ovozga quyilgan masala buyicha aksiyadorlar umumiy yigilishining qarori, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bulsa, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari bulgan, yigilishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning kupchilik (oddiy kupchilik) ovozi bilan qabul qilinadi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishida ovozga quyilgan, hal qilish chogida jamiyatning oddiy va imtiyozli aksiyalari egalari bulgan aksiyadorlar ovoz berish huquqiga ega buladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish ovoz beruvchi aksiyalarning barchasi buyicha birgalikda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining ikkinchi — turtinchi, oltinchi va un turtinchi khatboshilarida, 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida hamda 88-moddasining beshinchi qismida kursatilgan masalalar buyicha qaror aksiyadorlar umumiy yigilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlarning turtdan uch qismidan iborat kupchilik (malakali kupchilik) ovozi bilan qabul qilinadi.
(60-moddaning turtinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish tugrisidagi qaror jamiyat aksiyadorlari umumiy yigilishi tomonidan jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari bulgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud bulgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy kupchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(60-modda Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan tuldirilgan — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
Aksiyadorlarning umumiy yigilishini olib borish tartibi buyicha aksiyadorlar umumiy yigilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyatning ustavida yoki jamiyatning aksiyadorlar umumiy yigilishi qarori bilan tasdiqlangan boshqa hujjatlarida belgilab quyiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar buyicha qaror qabul qilishga, shuningdek kun tartibiga uzgartishlar kiritishga haqli emas.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu Qonunda hamda jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda, biroq bu qarorlar qabul qilingan sanadan etiboran uttiz kundan kechiktirmay aksiyadorlar etiboriga etkaziladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan davlat vakilining ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda veto quyilgan qarorlar ijro etilmaydi.
Agar aksiyador uzrli sababga kura aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bulsa, u aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
61-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etish huquqi
Aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yigilishi utkaziladigan sanadan uch ish kuni oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega buladi.
Jamiyat aksiyadorning talabiga kura aksiyadorga u aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilganligi tugrisida akhborot taqdim etishi shart.
62-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazish tugrisidagi akhborot
Aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazish tugrisidagi khabar aksiyadorlarning umumiy yigilishi utkaziladigan sanadan kamida etti kundan kechiktirmay, lekin uzogi bilan uttiz kun oldin jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy akhborot vositalarida elon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi.
Jamiyat davlat vakilini aksiyadorlarning umumiy yigilishi utkaziladigan sanadan kamida etti kun oldin yozma shaklda khabardor qilishi shart.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazish tugrisidagi khabarda quyidagilar kursatilishi kerak:
jamiyatning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
umumiy yigilish utkaziladigan sana, vaqt va joy;
jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana;
umumiy yigilish kun tartibiga kiritilgan masalalar;
umumiy yigilishni utkazishga tayyorgarlik kurilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim bulgan akhborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni va davlat vakilini tanishtirish tartibi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazishga tayyorgarlik kurilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim bulgan akhborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-khujalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining khulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining direktor (boshqaruv raisi), ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi tugrisidagi khulosasi, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi azoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar tugrisidagi malumotlar, jamiyatning ustaviga kiritiladigan uzgartish va qushimchalar loyihasi yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazishga tayyorgarlik kurilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi majburiy bulgan qushimcha akhborotning (materiallarning) ruykhati qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin.
63-modda. Aksiyadorlar umumiy yigilishining kun tartibiga takliflar
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bulib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin uttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bulsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar kursatishga haqli.
Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) uzlari kursatgan nomzodlar ruykhatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishi utkazilishi tugrisidagi khabar elon qilingan sanadan etiboran uch ish kunidan kechiktirmay uzgartishlar kiritishga haqli.
Aksiyadorlar umumiy yigilishining kun tartibiga masala uni quyish sabablari, masalani kiritayotgan aksiyadorlarning (aksiyadorning) ismi-sharifi (nomi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi kursatilgan holda yozma shaklda kiritiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar kursatish tugrisida takliflar kiritilganda, shu jumladan uzini uzi nomzod qilib kursatilgan taqdirda nomzodning ismi-sharifi, unga tegishli aksiyalarning soni va turi (agar nomzod jamiyat aksiyadori bulsa), shuningdek nomzodni kursatayotgan aksiyadorlarning ismi-sharifi (nomi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi kursatiladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi tushgan takliflarni kurib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddat tugaganidan sung un kundan kechiktirmay ularni aksiyadorlarning umumiy yigilishi kun tartibiga kiritish tugrisida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan kiritilgan masala aksiyadorlar umumiy yigilishining kun tartibiga, khuddi shuningdek kursatilgan nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov buyicha ovoz berish uchun nomzodlar ruykhatiga kiritilishi kerak, quyidagi hollar bundan mustasno:
ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan rioya etilmagan bulsa;
aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bulmasa;
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan malumotlar tuliq bulmasa;
takliflar ushbu Qonun talablariga muvofiq bulmasa.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov buyicha ovoz berish uchun nomzodlar ruykhatiga kiritishni rad etish tugrisidagi asoslantirilgan qarori masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aksiyadorlarga (aksiyadorga) qaror qabul qilingan kundan etiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov buyicha ovoz berish uchun nomzodlar ruykhatiga kiritishni rad etish tugrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
64-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazishga tayyorgarlik kurish
Aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazishga tayyorgarlik kurilayotganda jamiyatning kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 65-moddasining un birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa, umumiy yigilishni chaqiruvchi shakhslar quyidagilarni belgilaydi:
umumiy yigilish utkaziladigan sana, vaqt va joyni;
umumiy yigilishning kun tartibini;
umumiy yigilish utkazish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanani;
umumiy yigilish utkazilishi haqida aksiyadorlarga va davlat vakiliga khabar qilish tartibini;
umumiy yigilishni utkazishga tayyorgarlik kurilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etiladigan akhborot (materiallar) ruykhatini;
ovoz berish byulletenining shakli va matnini.
Aniq masala quyilishini aks ettirmaydigan tariflarning (shu jumladan, «turli masalalar», «boshqa masalalar», «uzga masalalar» va shu singari tariflarning) aksiyadorlarning umumiy yigilishi kun tartibiga kiritilishiga yul quyilmaydi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi utkaziladigan sana uni utkazish tugrisida qaror qabul qilingan kundan etiboran un kundan kam va uttiz kundan kup etib belgilanishi mumkin emas.
65-modda. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishi
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishi jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga kura uning uz tashabbusi asosida, taftish komissiyasining (taftishchining) yozma talabi, shuningdek yozma talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabi asosida utkaziladi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabiga kura aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirish aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini utkazish haqida yozma talab taqdim etilgan kundan etiboran uttiz kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini utkazish tugrisidagi talabda yigilish kun tartibiga kiritilishi kerak bulgan masalalar ularni kiritish sabablari kursatilgan holda tariflangan bulishi kerak.
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga kura chaqiriladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishi kun tartibidagi masalalarning tarifiga uzgartishlar kiritishga haqli emas.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirish tugrisidagi talab aksiyadordan (aksiyadorlardan) chiqqan taqdirda, bu talabda umumiy yigilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi-sharifi (nomi), unga tegishli aksiyalarning soni, turi kursatilgan bulishi lozim.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirish tugrisidagi talab aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirishni talab qilgan shakhs (shakhslar) tomonidan imzolanadi.
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirish tugrisida talab taqdim etgan sanadan etiboran un kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirish tugrisida yoki yigilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi kerak.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga kura aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirishni rad etish tugrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, agar:
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bulmasa;
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birortasi ham aksiyadorlar umumiy yigilishining vakolat doirasiga kirmasa;
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala ushbu Qonun talablariga muvofiq bulmasa.
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirish tugrisidagi qarori yoki bunday yigilishni chaqirishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qarori yigilish chaqirishni talab qilgan shakhslarga qaror qabul qilingan paytdan etiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirishni rad etish tugrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashi ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirish tugrisida qaror qabul qilmagan taqdirda yoki uni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishi uni chaqirishni talab qilgan shakhslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlarning umumiy yigilishiga tayyorgarlik kurish va uni utkazish bilan bogliq kharajatlarning urni aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga kura jamiyatning mablaglari hisobidan qoplanishi mumkin.
66-modda. Sanoq komissiyasi
Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni ruykhatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning azolari soni va shakhsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Sanoq komissiyasining tarkibi kamida uch kishidan iborat bulishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv kengashining azolari, taftish komissiyasining azolari (taftishchisi), jamiyat direktori, jamiyat boshqaruvi azolari, ishonchli boshqaruvchi, shuningdek ana shu lavozimlarga nomzodi kursatilgan shakhslar kirishi mumkin emas.
Sanoq komissiyasi aksiyadorlarning umumiy yigilishida kvorum bor yoki yuqligini aniqlaydi, umumiy yigilishda ovoz berish huquqlarining aksiyadorlar (ularning vakillari) tomonidan amalga oshirilishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalarni tushuntiradi, ovozga quyiladigan masalalar buyicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berishning belgilangan tartibi va aksiyadorlarning ovoz berishda ishtirok etish huquqlarini taminlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovoz berish yakunlarini chiqaradi, ovoz berish yakunlari tugrisida bayonnoma tuzadi, ovoz berish byulletenlarini jamiyatning arkhiviga topshiradi.
67-modda. Aksiyadorlarning va davlat vakilining aksiyadorlar umumiy yigilishida ishtirok etish tartibi
Aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan shakhsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Davlat vakilining aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etish huquqi shakhsan uning uzi tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyador aksiyadorlarning umumiy yigilishidagi uz vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yigilishda shakhsan uzi ishtirok etishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yigilishida yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shakhs tugrisidagi malumotlar (ismi-sharifi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan eri, pasportiga oid malumotlar) bulishi lozim. Jismoniy shakhs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bulishi kerak. Yuridik shakhs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi va ushbu yuridik shakhsning muhri bilan (muhr mavjud bulgan taqdirda) tasdiqlangan holda beriladi.
(67-moddaning uchinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi URQ-391-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2015 y., 33-son, 439-modda)
Agar jamiyatning aksiyasi bir nechta shakhsning umumiy ulushli mulkida bulsa, aksiyadorlarning umumiy yigilishida ovoz berish vakolatlari ularning khohishiga kura umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Kursatib utilgan har bir shakhsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bulishi kerak.
68-modda. Aksiyadorlar umumiy yigilishining kvorumi
Agar aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etish uchun ruykhatdan utkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami ellik foizidan kuproq ovoziga ega bulgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ruykhatdan utgan bulsa, aksiyadorlarning umumiy yigilishi vakolatli (kvorumga ega) buladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazish uchun kvorum bulmasa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yigilishini utkazish sanasi elon qilinadi. Aksiyadorlarning takroriy umumiy yigilishini utkazishda kun tartibini uzgartirishga yul quyilmaydi.
Agar aksiyadorlarning utkazilmay qolgan yigilishi urniga chaqirilgan takroriy umumiy yigilishida ishtirok etish uchun ruykhatdan utkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami qirq foizidan kuproq ovoziga ega bulgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ruykhatdan utgan bulsa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yigilishi vakolatli buladi.
Aksiyadorlarning takroriy umumiy yigilishini utkazish tugrisida khabar qilish ushbu Qonunning 62-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda va shaklda amalga oshiriladi.
Kvorum bulmaganligi sababli aksiyadorlarning umumiy yigilishini utkazish sanasi yigirma kundan kam muddatga kuchirilgan taqdirda, umumiy yigilishda ishtirok etish huquqiga ega bulgan aksiyadorlar utkazilmay qolgan umumiy yigilishda ishtirok etish huquqiga ega bulgan aksiyadorlarning reestriga muvofiq aniqlanadi.
69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigilishida ovoz berish
Aksiyadorlarning umumiy yigilishida ovoz berish «jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz» prinsipi buyicha amalga oshiriladi, jamiyatning kuzatuv kengashi azolarini saylash buyicha kumulyativ ovoz berishni utkazish hollari bundan mustasno.
70-modda. Ovoz berish byulleteni
Aksiyadorlarning umumiy yigilishida kun tartibi masalalari buyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishi jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan chaqirilmagan hollar bundan mustasno. Ovoz berish byulleteni umumiy yigilishda ishtirok etish uchun ruykhatdan utgan aksiyadorga (uning vakiliga) beriladi.
Ovoz berish byulletenida: jamiyatning tuliq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yigilishini utkazish sanasi, vaqti va joyi, ovoz berishga quyilgan har bir masalaning tarifi va uni kurib chiqish navbati, ovoz berishga quyilgan har bir masala buyicha «yoqlayman», «qarshiman» yoki «betarafman» degan mazmundagi suzlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari kursatilgan bulishi (bundan ovoz berishga quyilgan masalaga «yoqlayman» degan mazmundagi suz bilan ifodalanadigan kumulyativ ovoz berish mustasno), ovoz berish byulleteni aksiyador (uning vakili) tomonidan imzolanishi lozimligi tugrisidagi kursatma bulishi kerak.
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi azosini (taftishchisini) saylash tugrisidagi masala yuzasidan ovoz berish utkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod tugrisidagi malumotlar, uning familiyasi, ismi, otasining ismi kursatilishi lozim.
71-modda. Ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish
Ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala buyicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan bulsa, usha masala buyicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Mazkur talabni buzgan holda tuldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar buyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Agar ovoz berish byulletenida ovozga quyilgan bir nechta masala kursatilgan bulsa, bir yoki bir nechta masalaga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida kursatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb topilishiga sabab bulmaydi.
72-modda. Ovoz berish yakunlari tugrisidagi bayonnoma
Ovoz berish yakunlari buyicha sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari tugrisida bayonnoma tuzadi, bayonnoma jumladan aksiyadorlar umumiy yigilishining kvorumi mavjudligi tugrisidagi malumotlarni ham uz ichiga oladi va sanoq komissiyasining azolari tomonidan imzolanadi.
Ovoz berish yakunlari tugrisida bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar umumiy yigilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan muhrlanadi hamda saqlab quyish uchun jamiyatning arkhiviga topshiriladi.
Ovoz berish yakunlari tugrisidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yigilishining bayonnomasiga qushib quyilishi lozim.
Ovoz berish yakunlari aksiyadorlarning ovoz berish utkazilgan umumiy yigilishida uqib eshittiriladi, shuningdek aksiyadorlarning umumiy yigilishi yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari tugrisidagi hisobotni elon qilish orqali aksiyadorlar etiboriga etkaziladi.
73-modda. Aksiyadorlar umumiy yigilishining bayonnomasi
Aksiyadorlar umumiy yigilishining bayonnomasi aksiyadorlarning umumiy yigilishi yopilganidan keyin un kundan kechiktirmay ikki nuskhada tuziladi. Har ikkala nuskha ham umumiy yigilishda raislik qiluvchi va umumiy yigilish kotibi tomonidan imzolanadi.
Aksiyadorlar umumiy yigilishining bayonnomasida:
aksiyadorlarning umumiy yigilishi utkazilgan sana, vaqt va joy;
jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar ega bulgan ovozlarning umumiy soni;
umumiy yigilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega bulgan ovozlarning soni;
umumiy yigilishning raisi (rayosati) va kotibi, yigilish kun tartibi kursatiladi.
Aksiyadorlar umumiy yigilishining bayonnomasida maruzalarning asosiy qoidalari, ovozga quyilgan masalalar hamda ular yuzasidan utkazilgan ovoz berish yakunlari, yigilish qabul qilgan qarorlar kursatilishi lozim.
74-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yigilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Ovoz beruvchi aksiyalar egasi bulgan aksiyadorlarning soni uttiz kishidan kam bulgan jamiyatda jamiyat kuzatuv kengashining vazifalari jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigilishi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yigilishini utkazish masalasini hal etish uz vakolat doirasiga kiritilgan muayyan shakhs yoki jamiyatning boshqaruv organi kursatilishi kerak.
Aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga kura jamiyat kuzatuv kengashining azolariga ular uz vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq tulanishi va (yoki) kuzatuv kengashining azosi vazifalarini bajarish bilan bogliq kharajatlarining urni qoplanishi mumkin. Bunday haq va tulovlarning miqdorlari aksiyadorlarning umumiy yigilishi qarorida belgilanadi.
75-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasi
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish buyicha kurilayotgan chora-tadbirlar tugrisida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yunalishlarini belgilash;
(75-moddaning birinchi qismi ikkinchi khatboshisi Uzbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi URQ-396-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)
aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yigilishlarini chaqirish, bundan ushbu Qonun 65-moddasining un birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
aksiyadorlar umumiy yigilishining kun tartibini tayyorlash;
aksiyadorlarning umumiy yigilishi utkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash;
aksiyadorlarning umumiy yigilishi utkazilishi haqida khabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasini belgilash;
ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining ikkinchi khatboshisida nazarda tutilgan masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigilishi hal qilishi uchun kiritish;
mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
jamiyatning boshqaruv azolarini (raisdan tashqari) saylash (tayinlash), ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustaviga kura bunday huquq jamiyat kuzatuv kengashiga berilgan bulsa;
korporativ maslahatchini tayinlash va uning faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan bulsa;
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan bulsa yoki aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan jamiyat kuzatuv kengashiga topshirilmagan bulsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini maqullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga muljallangan biznes-rejasi jamiyat kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1 dekabridan kechiktirmay maqullanishi lozim;
ichki audit khizmatini tashkil etish va uning khodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
jamiyat ijroiya organining faoliyatiga dakhldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bu hujjatlarni ijroiya organidan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning azolari olingan hujjatlardan faqat khizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;
auditorlik tekshiruvini utkazish tugrisida, auditorlik tashkilotini va uning khizmatlariga tulanadigan haqning eng kup miqdorini belgilash haqida qaror qabul qilish, agar bu jamiyat ustaviga kura aksiyadorlar umumiy yigilishining vakolat doirasiga kiritilmagan bulsa;
jamiyatning taftish komissiyasi azolariga (taftishchisiga) tulanadigan haq va kompensasiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;
dividend miqdori, uni tulash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
jamiyatning zakhira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;
jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatkhonalarini ochish;
jamiyatning shuba va tobe khujalik jamiyatlarini tashkil etish;
ushbu Qonunning 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;
jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bogliq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;
jamiyatning korporativ obligasiyalarini qaytarib sotib olish tugrisida qaror qabul qilish.
Aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga yoki jamiyat ustaviga kura quyidagilar jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish masalalarini, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kupaytirish hamda jamiyatning elon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogliq uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisidagi masalalarni hal qilish;
(75-modda ikkinchi qismining ikkinchi khatboshisi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qogozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narkhini belgilash;
jamiyat tomonidan korporativ obligasiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligasiyalar chiqarish tugrisida qaror qabul qilish;
qimmatli qogozlarning hosilalarini chiqarish tugrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning korporativ obligasiyalarini qaytarib sotib olish tugrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
ijroiya organiga tulanadigan haq va kompensasiyalarning miqdorlarini belgilash;
jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyatning ijroiya organiga utkazilishi mumkin emas.
76-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining azolarini saylash
Jamiyat kuzatuv kengashining azolari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan bir yil muddatga saylanadi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shakhslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin.
Jamiyat boshqaruvi azolari va direktori jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas.
Ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) buyicha ishlayotgan shakhslar jamiyatning kuzatuv kengashi azosi bulishi mumkin emas.
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shakhslarga nisbatan quyiladigan talablar jamiyat ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan tasdiqlangan qarorda belgilab quyilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibi jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Aksiyadorlarining soni besh yuzdan ortiq bulgan jamiyat uchun jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibi etti azodan kam bulishi, aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq bulgan jamiyat uchun esa tuqqiz azodan kam bulishi mumkin emas.
Jamiyatning kuzatuv kengashi azolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim bulgan shakhslar soniga kupaytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga tuliq berishga yoki ikki va undan ortiq nomzodlar urtasida taqsimlashga haqli.
Eng kup ovoz tuplagan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashining tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Davlat vakili lavozimiga kura jamiyat kuzatuv kengashining azosi buladi, u aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi).
77-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi, agar jamiyat ustavida uzgacha qoida nazarda tutilmagan bulsa, kuzatuv kengashi azolarining umumiy soniga nisbatan kupchilik ovoz bilan, ushbu kengash tarkibidan kuzatuv kengashi azolari tomonidan saylanadi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi, agar jamiyat ustavida uzgacha qoida nazarda tutilmagan bulsa, uz raisini kuzatuv kengashi azolarining umumiy soniga nisbatan kupchilik ovoz bilan qayta saylashga haqli.
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlislarda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, agar jamiyat ustavida uzgacha qoida nazarda tutilmagan bulsa, aksiyadorlarning umumiy yigilishida raislik qiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi bulmagan taqdirda uning vazifasini kuzatuv kengashining azolaridan biri amalga oshiradi.
78-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning uz tashabbusiga kura, jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisining), ijroiya organi azosining, shuningdek jamiyat ustavida belgilangan boshqa shakhslarning talabiga kura chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va utkazish tartibi jamiyatning ustavida belgilab quyiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini utkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilanadi, biroq u jamiyat kuzatuv kengashiga saylangan azolarning etmish besh foizidan kam bulmasligi kerak.
Jamiyat kuzatuv kengashi azolarining soni jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorning etmish besh foizidan kam bulgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan azolari aksiyadorlarning bunday navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqirish tugrisida qaror qabul qilishga, shuningdek jamiyat ijroiya organi rahbarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, uning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlashga haqlidir.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va utkazish tartibini belgilovchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida uzgacha qoida nazarda tutilmagan bulsa, majlisda hozir bulganlarning kupchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir azosi bitta ovozga ega buladi. Ushbu Qonun 18-moddasining ikkinchi va turtinchi qismlarida kursatilgan masalalar buyicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakilining ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto quyilgan qarorlar ijro etilmaydi.
Jamiyat kuzatuv kengashining bir azosi uz ovozini kuzatuv kengashining boshqa azosiga berishiga yul quyilmaydi.
Jamiyat ustavida jamiyat kuzatuv kengashi azolarining ovozlari teng bulgan taqdirda kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis utkazilganidan sung un kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar kursatiladi:
majlis utkazilgan sana, vaqt va joy;
majlisda hozir bulgan shakhslar;
majlisning kun tartibi;
ovoz berishga quyilgan masalalar, ular yuzasidan utkazilgan ovoz berish yakunlari;
qabul qilingan qarorlar.
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi azolari tomonidan imzolanadi, ular majlis bayonnomasi tugri rasmiylashtirilishi uchun javobgar buladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yuli bilan (surov yuli bilan) jamiyat kuzatuv kengashining barcha azolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi imzolangan kuni jamiyatning ijroiya organiga ijro etish uchun topshiriladi. Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigilishini chaqirish tugrisida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur qaror haqidagi akhborot jamiyatning ijroiya organiga kuzatuv kengashining majlisi utkaziladigan kuni topshiriladi.
79-modda. Jamiyatning ijroiya organi
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati jamiyatning ustavida belgilanadigan direktor yoki jamiyat boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Agar jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik boshqaruv tomonidan amalga oshiriladigan bulsa, jamiyat ustavida boshqaruv rahbarining (boshqaruv raisining) vakolati ham belgilangan bulishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga kura jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma buyicha tijorat tashkilotiga (ishonchli boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, agar jamiyat ustavida uzgacha qoida nazarda tutilmagan bulsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan tayinlanadigan jamiyat ijroiya organi tarkibiga kirgan shakhsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan belgilangan shakhs uning vazifalarini aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yigilishigacha bulgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yul quyiladi.
Jamiyat ijroiya organining vakolatiga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yigilishining yoki jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Jamiyatning ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yigilishining va jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, jamiyatning filiali yoki vakolatkhonasi rahbarini tayinlaydi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha khodimlari bajarishi majburiy bulgan buyruqlar chiqaradi va kursatmalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ijroiya organlarini tuzish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan bulsa, aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga kura amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigilishining yokhud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga kura jamiyat direktorini yoki boshqaruv azolarini tayinlash, qoida tariqasida, chet ellik menejerlar ishtirok etishi mumkin bulgan tanlov buyicha saralash asosida amalga oshiriladi.
(79-moddaning ettinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi URQ-396-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)
Jamiyat direktorining, jamiyat boshqaruvi azolarining, ishonchli boshqaruvchining huquq va majburiyatlari tegishincha ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarida, jamiyat ustavida hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilish mumkinligi tugrisida har yili qaror qabul qilinadi. Shartnoma jamiyat nomidan jamiyat kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shakhs tomonidan imzolanadi. Jamiyatning direktori, jamiyat boshqaruvining raisi, ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish buyicha majburiyatlari hamda jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan aksiyadorlarning umumiy yigilishi va jamiyat kuzatuv kengashi oldida beradigan hisobotlarining davriyligi nazarda tutilishi kerak.
Jamiyatning direktoriga, boshqaruv azolariga tulanadigan haq miqdori, shuningdek ishonchli boshqaruvchining khizmatlariga haq tulash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga tugridan-tugri bogliq buladi va shartnomada belgilangan bulishi kerak.
Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) vazifalarini boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozim bilan birgalikda egallab turishga faqat jamiyat kuzatuv kengashining roziligi bilan yul quyiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi yoki jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning direktori, boshqaruv azolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda tugatishga (bekor qilishga), agar jamiyat ustaviga kura kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bulsa, haqli.
Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning direktori, jamiyat boshqaruvining azolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar ular jamiyat ustavini qupol tarzda buzsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar etkazilgan bulsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi yoki jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan jamiyat ijroiya organining, ishonchli boshqaruvchining vakolatlarini tugatish tugrisida qaror qabul qilingan taqdirda, jamiyat ijroiya organining vakolatlarini boshqa shakhsga utkazish tugrisidagi masala usha yigilishning uzida hal etilishi yokhud jamiyat ijroiya organining rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi shakhsni tayinlagan holda aksiyadorlarning yaqin oradagi umumiy yigilishida kurib chiqish uchun qoldirilishi mumkin. Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aksiyadorlar umumiy yigilishining vakolat doirasiga kiritilgan bulsa, jamiyat ijroiya organining, ishonchli boshqaruvchining vakolatlarini tugatish tugrisida qaror qabul qilgan jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat ijroiya organining rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi shakhsni tayinlash tugrisida qaror qabul qiladi, shuningdek jamiyatning ijroiya organi tugrisidagi masalani hal etish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishini chaqiradi.
80-modda. Jamiyatning boshqaruvi
Jamiyatning boshqaruvi jamiyat ustavi asosida ish yuritadi.
Jamiyat boshqaruvining majlisida bayonnoma yuritiladi. Jamiyat boshqaruvi majlisining bayonnomasi kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchining) azolari talabiga kura ularga beriladi.
Jamiyatning boshqaruvi majlislarini utkazishni boshqaruv raisi tashkil etadi, u jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda jamiyat boshqaruvi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, jamiyatning boshqaruvi uz vakolat doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi.
81-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi azolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv azolarining, ishonchli boshqaruvchining javobgarligi
Jamiyat kuzatuv kengashining azolari, jamiyat direktori va boshqaruvi azolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi uz huquqlarini amalga oshirishda va uz majburiyatlarini bajarishda jamiyatning manfaatlarini kuzlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar bulishi lozim.
Agar ushbu modda qoidalariga muvofiq bir nechta shakhs javobgar bulsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik buladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatga zarar etkazilishiga sabab bulgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi azolari, boshqaruv azolari javobgar bulmaydi bundan ushbu Qonunning 90-moddasida belgilangan hollar mustasno.
(81-moddaning uchinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi URQ-405-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi bulib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga etkazilgan zararlarning urnini qoplash tugrisidagi davo bilan jamiyatning kuzatuv kengashi azosi, direktori yoki boshqaruv azosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.
82-modda. Jamiyatning minoritar aksiyadorlari qumitasi
Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qumitasi tashkil etilishi mumkin.
Minoritar aksiyadorlar qumitasining tarkibiga nomzodlar buyicha takliflar jamiyatga jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar buyicha takliflar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda kiritiladi.
Minoritar aksiyadorlar qumitasining azolarini saylashda aksiyadorlarning umumiy yigilishida hozir bulgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar kursatmagan yokhud aksiyadorlarning utkazilayotgan umumiy yigilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi.
Minoritar aksiyadorlar qumitasining tarkibiga jamiyatning direktori, boshqaruv azolari, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchisi etib) saylangan shakhslar kirishi mumkin emas.
Minoritar aksiyadorlar qumitasining vakolatiga quyidagilar kiradi:
aksiyadorlarning umumiy yigilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi kurib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shakhslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar buyicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
minoritar aksiyadorlarning uz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bogliq murojaatlarini kurib chiqish;
qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tugrisida murojaatlar kiritish;
qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni kurib chiqish.
Minoritar aksiyadorlar qumitasining qarorlari oddiy kupchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Minoritar aksiyadorlar qumitasining majlislari uning miqdor tarkibiga saylangan shakhslarning kamida turtdan uch qismi hozir bulganda vakolatlidir.
Minoritar aksiyadorlar qumitasi azolarining soni jamiyat ustavida belgilanadi.
Minoritar aksiyadorlarning qumitasi qabul qilingan qarorlar tugrisida har yili aksiyadorlarning umumiy yigilishida hisobot beradi.
Minoritar aksiyadorlar qumitasining raisi ushbu qumita tarkibidan minoritar aksiyadorlar qumitasining azolari tomonidan kupchilik ovoz bilan saylanadi.
Minoritar aksiyadorlar qumitasining raisi minoritar aksiyadorlar qumitasining vakolat doirasiga kiritilgan barcha masalalar buyicha jamiyatning hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Minoritar aksiyadorlar qumitasining faoliyat kursatish tartibi qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Minoritar aksiyadorlar qumitasi jamiyatning khujalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Minoritar aksiyadorlar qumitasining faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yul quyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: «Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qumitasining faoliyat kursatishi tartibi tugrisida»gi nizom (ruykhat raqami 2712, 27.08.2015 y.).
8-bob. Jamiyat tomonidan yirik bitimlar tuzish
83-modda. Yirik bitim
Jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shakhsga berish yokhud mol-mulkni boshqa shakhsga berish ehtimoli bilan bogliq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov, kafillik) yoki uzaro boglangan bir nechta bitim, agar boshqa shakhsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans qiymati bunday bitimlarni tuzish tugrisidagi qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining un besh foizidan ortigini tashkil etsa, yirik bitim deb hisoblanadi, kundalik khujalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qogozlarni joylashtirish bilan bogliq bulgan bitimlar bundan mustasno.
Jamiyatning yirik bitimi predmeti bulgan mol-mulkning bozor qiymati deganda mol-mulkning eng ehtimol tutilgan narkhi tushunilib, ushbu qiymat buyicha mazkur mol-mulk ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur akhborotga ega bulgan holda uz manfaatlari yulida oqilona va ikhtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa shakhsga berilishi mumkin, bitim narkhining baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qushilish majburiyati aks etmaydi.
Jamiyat mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun bitimning taraflari tomonidan baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin.
84-modda. Yirik bitim tuzish
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish tugrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining un besh foizidan ellik foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk khususida yirik bitim tuzish tugrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining azolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashidan chiqib ketgan azolarning ovozi inobatga olinmaydi.
Yirik bitim tuzish masalasi buyicha jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish tugrisidagi masala kuzatuv kengashining qaroriga kura aksiyadorlarning umumiy yigilishi hal qilishi uchun olib chiqilishi mumkin.
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish tugrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik foizidan ortigini tashkil etuvchi mol-mulk khususida yirik bitim tuzish tugrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan qabul qilinadi.
Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim buyicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun talablari buzilgan holda tuzilgan yirik bitim sud qaroriga kura haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
9-bob. Jamiyatning affillangan shakhslari bilan bitimlar tuzish
85-modda. Jamiyatning affillangan shakhslari
Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor shakhslar mazkur jamiyatga nisbatan affillangan shakhslar deb etirof etiladi.
Quyidagilar jamiyatning affillangan shakhslari deb etirof etiladi:
1) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga egalik qiluvchi yuridik shakhs;
2) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shakhs;
3) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining azosi, jamiyat direktorining yokhud jamiyat boshqaruvi azosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shakhs;
4) ushbu jamiyat qaysi yuridik shakhs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, usha yuridik shakhs;
5) ushbu jamiyatning shuba khujalik jamiyati bulgan yoki ushbu jamiyat qaysi jamiyatning shuba khujalik jamiyati bulsa, usha jamiyatning shuba khujalik jamiyati bulgan yuridik shakhs;
6) ushbu jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qiluvchi ayni bir shakhs qaysi yuridik shakhs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, usha yuridik shakhs;
7) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi ayni bir shakhslar va ularning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shakhs kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, usha yuridik shakhs;
8) ushbu jamiyatning direktori yokhud boshqaruv azosi bulgan ayni bir shakhs yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shakhs ijroiya organining rahbari vazifasini amalga oshirayotgan bulsa, usha yuridik shakhs;
9) yaqin qarindoshlari bilan birgalikda ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi shakhs qaysi yuridik shakhs rahbarining yoki ijroiya organi azosining vazifasini amalga oshirayotgan bulsa, usha yuridik shakhs;
10) ushbu jamiyat direktorining yoki boshqaruv azosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shakhs yaqin qarindoshlari bilan birgalikda qaysi yuridik shakhs jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, usha yuridik shakhs;
11) ushbu jamiyat bilan bitta khujalik birlashmasiga kiruvchi yuridik shakhs.
Quyidagilar jamiyatning affillangan shakhsi bulgan aksiyador — jismoniy shakhsning affillangan shakhslari deb etirof etiladi:
1) ushbu jismoniy shakhs va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shakhs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, usha yuridik shakhs;
2) ushbu aksiyador yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shakhs kuzatuv kengashining azosi bulsa, usha yuridik shakhs;
3) ushbu aksiyador yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shakhsda ijroiya organining azosi vakolatlarini amalga oshirayotgan bulsa, usha yuridik shakhs.
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 2, 4, 6-bandlari va uchinchi qismining 1-bandi ishonchli boshqaruvchi yoki aksiyadorning vakili sifatida ish yuritayotgan shakhslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
86-modda. Jamiyatning affillangan shakhslari bilan bitimlar tuzish tugrisidagi akhborotni oshkor etish
Affillangan shakhs jamiyat bilan bitim tuzishda affillangan ekanligi tugrisida tuzilishi kutilayotgan bitim haqidagi malumotlarni, shu jumladan bitimda ishtirok etayotgan shakhslar, bitim predmeti tugrisidagi malumotlarni, tegishli shartnomaning muhim shartlarini batafsil kursatgan holda yozma bildirish yuborish orqali jamiyatni khabardor etishi shart.
Affillangan shakhslar bilan tuzilgan bitimlar tugrisidagi akhborot, shu jumladan affillangan shakhslarning yozma bildirishlari va bitimlar buyicha qabul qilingan qarorlarning tuliq tariflari hamda qaror qabul qilgan shakhslar tugrisidagi malumotlar jamiyat yillik hisobotining bir qismi buladi.
87-modda. Jamiyatning affillangan shakhsi bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni urganish
Jamiyatning affillangan shakhsi bilan tuziladigan bitim tugrisidagi, tuzilishi kutilayotgan bitim tarafining yozma bildirishida kursatiladigan akhborot jamiyatning ijroiya organi va ichki audit khizmati (agar u mavjud bulsa) tomonidan urganiladi. Jamiyatning ijroiya organi tomonidan urganish yozma bildirish olinganidan keyin uch ish kuni ichida amalga oshiriladi. Direktorning (boshqaruv raisining) qaroriga kura mazkur bitimni urganishga qushimcha ravishda jamiyatning boshqa khodimlari jalb qilinishi mumkin.
Affillangan shakhs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni jamiyat ijroiya organi va ichki audit khizmati tomonidan urganish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va bitimni urganishda ishtirok etgan barcha shakhslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomada bitimning yuridik, moliyaviy, tekhnik va boshqa muhim jihatlari hamda uning jamiyat faoliyatiga kursatishi mumkin bulgan tasiri nazarda tutilgan bulishi kerak.
88-modda. Jamiyatning affillangan shakhsi bilan tuziladigan bitimni maqullash
Jamiyatning ijroiya organi jamiyat kuzatuv kengashini affillangan shakhs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni urganish natijalari bayonnomasini ilova qilgan holda yozma shaklda khabardor qiladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi affillangan shakhs bilan tuziladigan bitim tugrisidagi akhborotni urganadi va affillangan shakhsning yozma bildirishi jamiyatga kelib tushgan sanadan etiboran un besh kundan kechiktirmay bitim buyicha qaror qabul qiladi.
Agar jamiyat kuzatuv kengashining ikki va undan ortiq azosi affillangan shakhs bulsa, bitim buyicha qaror ushbu Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning affillangan shakhsi jamiyatning kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yigilishi mazkur bitim yuzasidan qaror qabul qilayotganda muhokamada ishtirok etishga haqli emas va ovoz berish huquqiga ega emas.
Affillangan shakhs bilan tuzilayotgan bitimni maqullash haqidagi qaror majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi azolari tomonidan bir ovozdan yokhud aksiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etayotgan aksiyadorlarning malakali kupchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Jamiyatning ijroiya organi tuzilishi kutilayotgan bitim tarafini affillangan shakhs bilan tuzilayotgan bitim buyicha qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda khabardor qiladi.
Agar affillangan shakhs bilan tuzilayotgan bitim ayni bir vaqtda yirik bitim bulsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonunning 8-bobida belgilangan yirik bitim tuzishga doir qoidalar qullaniladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yigilishi affillangan shakhs bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik khujalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigilishigacha bulgan davrda tuzilishi mumkin bulgan bitimni (bitimlarni) maqullash haqida qaror qabul qilishga haqli.
89-modda. Affillangan shakhs bilan tuzilgan bitim buyicha nizolashish
Affillangan shakhs bilan tuzilgan bitim buyicha jamiyat aksiyadori mazkur bitimni maqullash haqida qabul qilingan qarordan norozi bulgan yokhud aksiyador qaror qabul qilinishida ishtirok etmagan taqdirda nizolashishi mumkin.
Jamiyat aksiyadorning talabiga kura uch ish kuni ichida aksiyadorga affillangan shakhs bilan tuzilayotgan bitim haqida direktor (boshqaruv raisi) tomonidan imzolangan tegishli akhborotni:
affillangan shakhs bilan tuzilishi kutilayotgan bitim tarafi yozma bildirishining;
bitimni urganish natijasi bayonnomasining;
bitimni maqullash tugrisida qabul qilingan qarorning;
tegishli shartnomaning, agar u tuzilgan bulsa, kuchirma nuskhalarini ilova qilgan holda yozma shaklda taqdim etishi shart.
Jamiyat aksiyadorning talabiga kura aksiyadorga affillangan shakhs bilan tuzilayotgan bitimga taalluqli bulgan boshqa akhborotni ham taqdim etishi mumkin.
Affillangan shakhs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar etkazilgan bulsa yokhud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar etkazilishi mumkin bulsa, aksiyador usha bitimni haqiqiy emas deb topish yuzasidan bevosita yokhud aksiyador nomidan davogar bulib chiqishga haqli bulgan vakolatli davlat organlari orqali sudga murojaat qilishga haqli.
Jamiyatning un foizdan kam bulmagan ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador affillangan shakhs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar etkazilgan bulsa yokhud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar etkazilishi mumkin bulsa, usha bitimni tuzishga doir talablar buzilishining mavjud belgilarini urganish uchun mustaqil ravishda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli. Sud tomonidan bitim tuzishga doir talablar buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, jamiyat sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan etiboran bir oy muddatda aksiyadorning auditorlik tashkilotini jalb etishga doir kharajatlarining urnini mazkur khizmatlarning bozor qiymatidan kup bulmagan miqdorda qoplashi shart.
Affillangan shakhs bilan tuzilgan bitim quyidagi hollarda sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
ushbu Qonunda bitim tuzish buyicha belgilangan talablarga rioya etilmaganda;
bitimni jamiyat uchun zararli deb topishga doir asoslar mavjud bulganda;
bitimni tuzishda manfaatlar qarama-qarshiligi mavjud bulganda;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bulganda.
Affillangan shakhs bilan tuzilgan bitim quyidagi holatlardan biri mavjud bulganda haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas:
affillangan shakhs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish tugrisidagi davo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorning ovoz berishi aksiyadorlarning ushbu bitimni maqullash tugrisida qaror qabul qilingan umumiy yigilishida uning ishtirok etishidan yoki ishtirok etmasligidan qati nazar, ovoz berish natijalariga tasir kursatmasa;
mazkur bitimning tuzilishi jamiyatga yoki davo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorga zarar etkazilishiga sabab bulganligi yoki zarar etkazilishiga sabab bulishi mumkinligi isbotlanmagan bulsa;
mazkur bitim buyicha zararlar bitim taraflarining harakatlariga bogliq bulmagan holatlarning (fors-major holatlarning) natijasi bulganligi isbotlangan bulsa;
mazkur bitimning ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda keyinchalik maqullanganligi dalillari ishni sudda kurib chiqish paytida taqdim etilgan bulsa.
90-modda. Affillangan shakhs bilan tuzilgan bitim natijasida etkazilgan zararning urnini qoplash
Affillangan shakhs bilan tuzilgan bitimni urganishni amalga oshirgan shakhslar bitim buyicha khulosa va yakunlarning ishonchliligi uchun javobgar buladi.
Jamiyatning sud tomonidan aybi isbotlangan affillangan shakhsi etkazilgan zararning, jamiyatning affillangan shakhsi bilan tuzilgan bitimni va davoni sudda kurib chiqish bilan bogliq kharajatlarning urnini qoplashi shart.
91-modda. Affillangan shakhs bilan bitimlar tuzishdagi istisnolar
Ushbu bobning qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
bir vaqtning uzida jamiyat direktori bulgan bitta aksiyadordan tashkil topgan jamiyatlarga;
tuzilishidan jamiyatning barcha aksiyadorlari manfaatdor bulgan bitimlarga;
jamiyatning ishlab chiqarish va khujalik ehtiyojlari uchun tuziladigan bitimlarga, agar qonun hujjatlariga kura realizasiya qilishning makhsus tartibi belgilanadigan monopol mahsulot, moddiy-tekhnika resurslarining strategik turlari bitim predmeti bulsa;
birja va kimoshdi savdolari orqali tuziladigan bitimlarga, agar jamiyatning ishlab chiqarish va khujalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan khom ashyo va materiallar, shuningdek jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot bitim predmeti bulsa;
jamiyat tomonidan joylashtirilayotgan qimmatli qogozlarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga oshirishda;
jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olganda;
jamiyatni qayta tashkil etishga doir tartib-taomillarni amalga oshirishda;
aksiyalarni aksiyadorlar urtasida joylashtirishda;
qimmatli qogozlarni qimmatli qogozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizasiya qilishda;
jamiyat va affillangan shakhs urtasidagi bitimni (bitimlarni) maqullash haqida jamiyat kuzatuv kengashining yoki aksiyadorlar umumiy yigilishining ushbu bobda belgilangan tartibda oldindan qabul qilingan qarori mavjud bulganda.
10-bob. Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish
92-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish
Jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yigilishining qaroriga kura qushib yuborish, qushib olish, bulish, ajratib chiqarish va uzgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shakhslarni qushib yuborish, qushib olish yoki uzgartirish shaklida qayta tashkil etish faqat vakolatli davlat organlarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shakhslar davlat ruykhatidan utkazilgan paytdan etiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, bundan qushib olish shaklida qayta tashkil etish mustasno.
Jamiyat boshqa yuridik shakhsga qushib yuborish yuli bilan qayta tashkil etilganda ruykhatdan utkazuvchi organ qushib yuborilgan yuridik shakhsning (jamiyatning) faoliyati tugatilganligi haqidagi yozuvni yuridik shakhslarning yagona davlat reestriga kiritgan paytdan etiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan yuridik shakhslarni davlat ruykhatidan utkazish hamda qayta tashkil etilgan yuridik shakhslarning faoliyati tugatilganligi tugrisidagi yozuvni kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qayta tashkil etish tugrisida qaror qabul qilingan sanadan etiboran uttiz kundan kechiktirmay jamiyat uz kreditorlarini bu haqda yozma shaklda khabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni tugatishni yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararlarning urnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda khabardor etish orqali talab qilishga haqli:
qushib yuborish, qushib olish yoki uzgartirish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan etiboran uttiz kundan kechiktirmay;
bulish yoki ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan etiboran oltmish kundan kechiktirmay.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shakhsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shakhslar qayta tashkil etilgan jamiyatning uz kreditorlari oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar javobgar buladi.
Ruykhatdan utkazuvchi organ qayta tashkil etish natijasida tugatilayotgan jamiyat qimmatli qogozlarining chiqarilishi davlat ruykhatidan utkazilganligi bekor qilinganidan, shuningdek u yuridik shakhslarning yagona davlat reestridan chiqarilganidan keyin yangidan vujudga kelgan yuridik shakhslarni davlat ruykhatidan utkazishni amalga oshiradi.
93-modda. Jamiyatlarni qushib yuborish
Yangi yuridik shakhsning unga uz faoliyatini tugatgan ikki yoki bir nechta jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini utkazish yuli bilan vujudga kelishi aksiyadorlik jamiyatlarining yokhud aksiyadorlik jamiyati va masuliyati cheklangan jamiyatning qushib yuborilishi deb etirof etiladi. Aksiyadorlik jamiyatini yuridik shakhslar bilan boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda qushib yuborishga yul quyilmaydi.
Qushib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyat qushib yuborish haqida shartnoma tuzadi, unda qushib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyat aksiyalarini (ulushlarini) yangi yuridik shakhsning aksiyalariga va (yoki) ulushlariga ayirboshlash tartibi belgilab quyiladi. Har bir yuridik shakhsning kuzatuv kengashi yoki vakolatli organi qushib yuborish shaklida qayta tashkil etish tugrisidagi, qushib yuborish shartnomasini tasdiqlash haqidagi va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash tugrisidagi masalalarni qushib yuborishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yigilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Yangidan vujudga kelayotgan yuridik shakhsning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qushib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qushma umumiy yigilishida amalga oshiriladi. Jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qushma umumiy yigilishida ovoz berish tartibi yuridik shakhslarni qushib yuborish tugrisidagi shartnomada belgilab quyiladi.
Yuridik shakhslar qushib yuborilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha huquq va majburiyatlar topshirish dalolatnomasiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shakhsga utadi.
94-modda. Jamiyatni qushib olish
Bir yoki bir nechta yuridik shakhs faoliyatini tugatib, ularning huquq va majburiyatlarini boshqa yuridik shakhsga utkazish jamiyatni qushib olish deb etirof etiladi.
Qushib olinayotgan jamiyat va qushib olayotgan yuridik shakhs qushib olish tugrisida shartnoma tuzadi, unda qushib olish tartibi va shartlari, shuningdek qushib olinayotgan jamiyatning aksiyalarini (ulushlarini) qushib olayotgan jamiyatning aksiyalari va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi belgilab quyiladi. Har bir yuridik shakhsning kuzatuv kengashi yokhud vakolatli organi qushib olish shaklida qayta tashkil etish tugrisidagi va qushib olish shartnomasini tasdiqlash haqidagi masalani qushib olishda ishtirok etayotgan uz jamiyati aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigilishi hal qilishi uchun olib chiqadi. Qushib olinayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi yokhud vakolatli organi topshirish dalolatnomasini tasdiqlash tugrisidagi masalani ham jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Mazkur yuridik shakhslar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qushma umumiy yigilishi yuridik shakhsning ustaviga uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisida qaror qabul qiladi. Yuridik shakhslar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qushma umumiy yigilishida ovoz berish tartibi qushib olish tugrisidagi shartnomada belgilanadi.
Bir yuridik shakhs boshqa yuridik shakhsga qushib olinayotganda qushib olinayotgan yuridik shakhsning barcha huquq va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq qushib olayotgan yuridik shakhsga utadi.
95-modda. Jamiyatni bulish
Jamiyat faoliyatini uning huquq va majburiyatlarini tashkil etilayotgan yuridik shakhslarga utkazgan holda tugatish jamiyatni bulish deb etirof etiladi.
Bulish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni bulish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi yuridik shakhslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shakhslarning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Bulish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigilishi jamiyatni bulish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi yuridik shakhslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shakhslarning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqida qaror qabul qiladi. Yangidan tashkil etilayotgan har bir yuridik shakhs aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigilishi uning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash tugrisida qaror qabul qiladi.
Jamiyat bulinganda uning barcha huquq va majburiyatlari taqsimlash balansiga muvofiq tashkil etilayotgan ikki yoki bir nechta yuridik shakhsga utadi.
96-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini tugatmagan holda, uning huquq va majburiyatlarining bir qismini utkazgan holda bir yoki bir nechta yuridik shakhsni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb etirof etiladi.
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shakhsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shakhsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash tugrisidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shakhsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shakhsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash tugrisida qaror qabul qiladi.
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shakhs ajralib chiqqanda ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan jamiyat huquq va majburiyatlarining bir qismi taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga utadi.
97-modda. Jamiyatni uzgartirish
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda yuridik shakhsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakli etib uzgartirilishga haqli.
Uzgartirilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni uzgartirish, uzgartirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Uzgartirilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigilishi jamiyatni uzgartirish, uzgartirish tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Jamiyatni uzgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shakhsning ishtirokchilari jamiyatning chiqib ketayotgan aksiyadorlari bilan hisob-kitoblar amalga oshirilganidan keyin tasis hujjatlarini tasdiqlaydi hamda qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shakhsning boshqaruv organlarini saylaydi (tayinlaydi).
Jamiyat uzgartirilganida uning barcha huquq va majburiyatlari saqlanib qoladi.
Qonunda, Uzbekiston Respublikasi Prezidenti va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida faoliyatning ayrim turlarini faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etishga doir talablar belgilanishi mumkin.
98-modda. Jamiyatni tugatish
Jamiyatning tugatilishi huquq va majburiyatlarni huquqiy vorislik tartibida boshqa shakhslarga utkazmagan holda jamiyat faoliyatini tugatishga sabab buladi.
Jamiyat ikhtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini (bundan buyon matnda tugatuvchi deb yuritiladi) tayinlash tugrisidagi masalani aksiyadorlarning umumiy yigilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ikhtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
Jamiyat sudning qaroriga kura tugatilayotganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan etiboran jamiyat ishlarini boshqarish buyicha barcha vakolatlar unga utadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bulgan taqdirda, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organning vakili kiritiladi.
99-modda. Jamiyatni tugatish tartibi
Tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari tugrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy akhborot vositalarida elon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish uchun muddat jamiyatning tugatilishi tugrisidagi khabar elon qilingan sanadan etiboran ikki oydan kam bulmasligi lozim.
Agar tugatish tugrisida qaror qabul qilingan paytga kelib jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega bulmasa, uning mol-mulki ushbu Qonunning 100-moddasiga muvofiq aksiyadorlar urtasida taqsimlanadi.
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini kuradi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi tugrisida yozma shaklda khabardor qiladi.
Kreditorlarning talablar quyishi uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balansda tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar tomonidan taqdim etilgan talablar, shuningdek ularni kurib chiqish natijalari haqidagi malumotlar kursatiladi. Oraliq tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablaglari kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun etarli bulmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini tulash tugatuvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida oraliq tugatish balansiga muvofiq, ushbu balans tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar tugallanganidan keyin jamiyat qimmatli qogozlari chiqarilishlarining davlat ruykhatidan utkazilganligini bekor qilish yuzasidan zarur tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiradi.
100-modda. Tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini aksiyadorlar urtasida taqsimlash
Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar urtasida quyidagi navbat buyicha taqsimlanadi:
birinchi navbatda ushbu Qonunning 40-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olinishi lozim bulgan aksiyalar buyicha tulovlar amalga oshiriladi;
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar buyicha hisoblangan, biroq tulanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar buyicha belgilangan tugatish qiymatini tulash amalga oshiriladi;
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy aksiyalar egalari bulgan aksiyadorlar urtasida taqsimlash amalga oshiriladi.
Mol-mulkni har bir navbat buyicha taqsimlash avvalgi navbat buyicha mol-mulk tuliq taqsimlab bulinganidan keyin amalga oshiriladi.
Agar jamiyatdagi mavjud mol-mulk hisoblangan, biroq tulanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatini imtiyozli aksiyalarning egalari bulgan barcha aksiyadorlarga tulash uchun etarli bulmasa, mol-mulk imtiyozli aksiyalarning egalari bulgan aksiyadorlar urtasida ularga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Mol-mulkni tugatish qiymatining chet ellik investor bulgan aksiyadorga utkaziladigan qismini jamiyat khorijiy valyutaga ayirboshlab berishi shart.
101-modda. Jamiyat tugatilgan payt
Ruykhatdan utkazuvchi organ yuridik shakhslarning yagona davlat reestriga tegishli yozuvni kiritgan paytdan etiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan deb hisoblanadi.
Ruykhatdan utkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni faqat jamiyatning qimmatli qogozlari chiqarilishlari davlat ruykhatidan utkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi.
11-bob. Hisob va hisobot. Hujjatlarni saqlash. Jamiyat tugrisidagi akhborot
102-modda. Jamiyatning bukhgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bukhgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobot taqdim etishi shart.
Jamiyatda bukhgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va ishonchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, shuningdek jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy akhborot vositalarida aksiyadorlarga, kreditorlarga taqdim etiladigan jamiyat faoliyati tugrisidagi malumotlar uz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik jamiyat ijroiya organining zimmasida buladi.
Jamiyatning moliyaviy hisobotida kursatilgan va aksiyadorlarning umumiy yigilishiga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotdagi, bukhgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvaragidagi malumotlarning ishonchliligi mulkiy manfaatlari jamiyat yoki uning aksiyadorlari bilan bogliq bulmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bulishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishi utkaziladigan sanadan un kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
(102-moddaning turtinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi URQ-396-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat Khalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Khalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan utkazilganidan keyin, aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishi utkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin elon qilishi shart.
(102-modda Uzbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi URQ-396-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan tuldirilgan — UR QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)
103-modda. Jamiyatning hujjatlarini saqlash
Jamiyat:
jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda ruykhatdan utkazilgan uzgartish va qushimchalarni, jamiyatni tashkil etish tugrisidagi qarorni, jamiyat davlat ruykhatidan utkazilganligi haqidagi guvohnomani;
jamiyatning uz balansidagi mol-mulkka bulgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni;
aksiyadorlarning umumiy yigilishi va jamiyatning boshqa boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarni;
jamiyatning filiali yoki vakolatkhonasi haqidagi nizomni;
jamiyatning yillik hisobotini;
emissiyaviy qimmatli qogozlarni chiqarish tugrisidagi qarorlarni;
aksiyalar emissiyasi risolasini;
bukhgalteriya hisobiga doir hujjatlarni;
tegishli organlarga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarni;
jamiyat aksiyadorlari umumiy yigilishlarining, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) va boshqaruvi majlislarining bayonnomalarini, shuningdek jamiyat direktorining (boshqaruv raisining) buyruqlarini;
jamiyatning affillangan shakhslari ruykhatlarini;
jamiyat aksiyadorlarining reestrlarini;
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining), auditorlik tashkilotining khulosalari va hisobotlarini, nazorat qiluvchi davlat organlarining tekshiruvlari dalolatnomalarini saqlashi shart.
Jamiyat qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa hujjatlarni ham saqlashi shart.
104-modda. Aksiyadorlarga jamiyat hujjatlaridan foydalanish imkoniyatini berish
Jamiyat ushbu Qonun 103-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan aksiyadorlarning foydalanish imkoniyatini taminlaydi, bundan bukhgalteriya hisobiga doir hujjatlar, boshqaruv majlislarining bayonnomalari, shuningdek jamiyat direktorining (boshqaruv raisining) buyruqlari va jamiyat aksiyadorlarining reestri mustasno.
Jamiyat aksiyadorning yozma talabiga kura unga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatlarning kuchirma nuskhalarini haq evaziga taqdim etishi shart. Haq miqdori jamiyat tomonidan belgilanadi hamda hujjatlarning kuchirma nuskhalarini tayyorlash kharajatlarining qiymatidan va hujjatlarni pochta orqali junatish bilan bogliq kharajatlardan ortib ketmasligi kerak.
Jamiyat suralayotgan hujjatlarni aksiyadorga elektron shaklda taqdim qilishga haqli.
Aksiyadorlar jamiyat yoki uning faoliyati tugrisidagi khizmat, tijorat sirini yoki qonun bilan quriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi akhborotni oshkor qilishga haqli emas.
105-modda. Jamiyatning affillangan shakhslari tugrisidagi akhborot
Jamiyatning affillangan shakhsi ushbu Qonunning 85-moddasiga muvofiq affillanganlik asoslari vujudga kelgan paytdan etiboran uch ish kunidan kechiktirmay jamiyatni qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malumotlarni batafsil kursatgan holda uzining affillanganligi tugrisida yozma shaklda khabardor qilishi shart.
Agar affillangan shakhsning aybi bilan kursatilgan akhborot taqdim etilmaganligi yoki uz vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida jamiyatga mulkiy zarar etkazilgan bulsa, affillangan shakhs jamiyat oldida uzi etkazgan zarar miqdorida javobgar buladi.
Jamiyat uzining affillangan shakhslari hisobini yuritishi va ular tugrisida qonun hujjatlari talablariga muvofiq hisobot taqdim etishi shart. Jamiyat affillangan shakhslar ruykhatini qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda har yili elon qilishi shart.
106-modda. Jamiyat tugrisidagi akhborot
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda uzi tugrisidagi akhborotni oshkor qilishni amalga oshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagiga kiritilgan jamiyat fond birjasining rasmiy veb-saytida jamiyat ustavining matnini, shu jumladan unga doir uzgartish va qushimchalarni, shuningdek oshkor etilishi majburiy bulgan boshqa akhborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda elon qilishi shart.
(106-moddaning ikkinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi URQ-396-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)
Fond birjasi uzining rasmiy veb-saytida jamiyatning ushbu Qonunda nazarda tutilgan akhborotni elon qilganligi uchun haq olishga haqli emas.
Fond birjasining rasmiy veb-saytida akhborotning oshkor qilinganligi jamiyatni qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat organlarining yozma suroviga kura akhborot taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
12-bob. Jamiyatning faoliyatini nazorat qilish
107-modda. Taftish komissiyasi (taftishchi)
Jamiyatning moliya-khujalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan bir yil muddatga taftish komissiyasi (taftishchi) saylanadi.
Jamiyat taftishchisiga yoki taftish komissiyasi azolariga doir malaka talablari aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan belgilanadi. Ayni bir shakhs ayni bir jamiyatning taftish komissiyasi tarkibiga (taftishchilikka) ketma-ket uch martadan ortiq saylanishi mumkin emas.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) vakolat doirasi ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) faoliyat kursatish tartibi aksiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yozma talabiga kura jamiyat ijroiya organida mansabni egallab turgan shakhslar jamiyatning moliya-khujalik faoliyati tugrisidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga (taftishchiga) taqdim etishi shart.
Jamiyat taftishchisi yoki taftish komissiyasining azolari bir vaqtning uzida jamiyat kuzatuv kengashining azosi bulishi, shuningdek ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) buyicha ishlashi mumkin emas.
Jamiyatning moliya-khujalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining (taftishchining), aksiyadorlar umumiy yigilishining, jamiyat kuzatuv kengashining tashabbusiga kura yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga kura jamiyat kuzatuv kengashini oldindan khabardor qilish yuli bilan bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari buyicha amalga oshiriladi.
Jamiyatning moliya-khujalik faoliyatini tekshirish yakunlariga kura jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) khulosa tuzadi, bu khulosada:
jamiyatning hisobotlarida va boshqa moliyaviy hujjatlarida kursatilgan malumotlarning ishonchliligiga doir baho;
bukhgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-khujalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonun hujjatlari buzilganligi faktlari tugrisidagi akhborot kursatilishi shart.
Taftish komissiyasi (taftishchi) jamiyatda affillangan shakhslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun hujjatlarining va jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi tugrisidagi khulosani har chorakda jamiyat kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi. Ushbu moddaning sakkizinchi qismida kursatilgan akhborotni uz ichiga olgan khulosa aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishida eshitiladi.
108-modda. Jamiyatning ichki audit khizmati
Aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqi miqdorining yuz ming barobaridan kup bulgan jamiyatda ichki audit khizmati tashkil etiladi. Ichki audit khizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Jamiyatning ichki audit khizmati jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatkhonalari tomonidan qonun hujjatlariga, jamiyat ustaviga va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, bukhgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda malumotlarning tuliq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi taminlanishini, khujalik operasiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatkhonalari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Jamiyatning ichki audit khizmati uz faoliyatini, agar qonunda uzgacha qoida nazarda tutilmagan bulsa, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
109-modda. Auditorlik tashkiloti
Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyat moliya-khujalik faoliyatining tekshirilishini amalga oshiradi va unga auditorlik khulosasini taqdim etadi.
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa akhborot haqidagi notugri khulosani uz ichiga olgan auditorlik khulosasi tuzilganligi oqibatida etkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar buladi.
Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik foizdan kup bulgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi utkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash Uzbekiston Respublikasining Khususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qumitasi hamda Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ruykhatdan kelib chiqqan holda tanlov asosida amalga oshiriladi.
110-modda. Jamiyatning korporativ maslahatchisi
Jamiyatning ustavida jamiyat kuzatuv kengashiga hisobdor bulgan va korporativ qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish vazifasini bajaruvchi jamiyat korporativ maslahatchisi lavozimini joriy etish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyat korporativ maslahatchisining faoliyati jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
111-modda. Aksiyadorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari
Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Jamiyatning khujalik faoliyatiga va boshqa faoliyatiga davlat organlarining aralashuviga yul quyilmaydi. Davlat organlarining qonunga khilof harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Davlat aksiyador sifatida boshqa aksiyadorlar bilan bir qatorda ushbu Qonunda belgilangan teng huquq va majburiyatlarga ega buladi.
112-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari
Aksiyadorlarning huquqlari:
ushbu Qonunda belgilangan va jamiyat ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali jamiyatning boshqaruv organlari;
qimmatli qogozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari;
qimmatli qogozlar bozori professional ishtirokchilarining ikhtiyoriy birlashmalari;
sugurta tashkilotlari;
qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi;
auditorlik tashkilotlari;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Aksiyadorlar va qimmatli qogozlar bozorining boshqa ishtirokchilari urtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
113-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish usullari
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
huquqni tan olish;
huquq buzilguniga qadar mavjud bulgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqning buzilishi tahdidini yuzaga keltiruvchi khatti-harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qullash;
huquqini uzi himoya qilish;
majburiyatni natura holida ijro etishga qaror qilish;
zararlarning urnini qoplatish;
neustoyka undirish;
manaviy zararni kompensasiya qilish;
huquqiy munosabatlarni tugatish yoki uzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar uz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ikhtiyoriy asosda birlashmalarga uyushishga haqlidir.
Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli bulgan dividendlar tulanmagan taqdirda qimmatli qogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki minoritar aksiyadorlari qumitasining murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat aksiyadorlariga dividendlar tulash majburiyatini yuklatish tugrisida davo taqdim etishga haqli. Bunday davoni taqdim etish va kurib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
114-modda. Khususiylashtirilayotgan tashkilot aksiyalarining birlamchi emissiyasi paytida mehnat jamoasi azolarining huquqlarini himoya qilish
Aksiyadorlik jamiyati etib uzgartirilayotgan davlat tashkiloti mehnat jamoasi azolarining aksiyalarni olishga bulgan huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlari bilan kafolatlanadi. Bunda mehnat jamoasining azolariga realizasiya qilinishi lozim bulgan aksiyalar soni har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli bulgan organ tomonidan belgilanadi.
115-modda. Nizolarni hal etish
Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
116-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shakhslar belgilangan tartibda javobgar buladi.
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2014 y., 19-son, 210-modda; 2015 y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016 y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.