Aleksandr lobanov ishoning suriya termasini maglubiyatga uchratamiz — ozbekiston

Aleksandr lobanov: ishoning, suriya termasini mag’lubiyatga uchratamiz — o’zbekiston

O’zbekiston milliy jamoasining suriyaliklarga k’arshi kechadigan o’yini arafasida termamizning birinchi rak’amli darvozaboni Aleksandr Lobanovdan intervyu olib, uning muhim uchrashuv arafasidagi fikrlari bilan k’izik’dik.
— Uchrashuvga katta ishtiyok’ bilan tayyorgarlik ko’ryapmiz, — deya so’z boshladi «Paxtakor» posboni. — Futbolchilarning kayfiyatlari a’lo darajada va o’ylaymanki, ana shu ko’tarinkilik 23 mart kungi o’yindan keyin ham sak’lanib k’oladi. Bir narsani anik’ ayta olaman, barcha o’yinchilar g’alaba uchun borlarini berishga tayyor turishibdi.
— Toshkentdan Dubayga parvoz k’ildinglar va u erdan Malayziyaga etib bordinglar. Ik’limga moslashish k’anday kechyapti? Umuman, ob-havo hak’ida gapirsangiz.
— Barchaga ma’lumki, Malayziyada namgarchilik yuk’ori. Atrofini okean va dengiz o’rab turadi. Hozirda kun issik’. Uzok’ parvozdan keyin ancha o’zimizga kelib oldik (kuladi).
— Ik’lim jamoamizning o’yiniga hamda natijaga salbiy ta’sir o’tkazmasmikan?
— K’iyinchilik bo’ladi, lekin natijaga u darajada ta’sir o’tkazadi, deya olmayman. Ikkala jamoa futbolchilari ham bir xil sharoitda o’ynashadi.
— Vitaliy Denisovning maydonga tusha olmasligi hak’idagi xabarni terma jamoadagilar k’anday k’abul k’ilishdi?
— Albatta, bu biz uchun katta yo’k’otish. Lekin maydonga 11 nafar futbolchi tushadi. Vityaning o’rnini bildirmaslikka harakat k’ilamiz. Uning joyini kim egallasa ham, maydonda ikki hissa kuch bilan o’ynashi shart.
— Rak’ibni o’rganish jarayoni k’anday ketyapti?
— Yig’inning ilk kunidanok’ Suriya termasini o’rganishni boshlaganmiz. Rak’ib k’anday kuchga ega ekanligini Janubiy Koreya va Eronga k’arshi kechgan o’yinlarda namoyish etdi. Himoyasi mustahkam. Futbolchilari hak’ik’iy jangovar ruhda. Jismonan juda yaxshi tayyorgarlikka ega. Bejizga guruhimiz peshk’adamlaridan ochko tortib olishmadi.
— Siz aytgandek, J. Koreya ham, Eron ham suriyaliklar darvozasini ishg’ol k’ila olmadi. Bu holat sizlarni tashvishga solmayaptimi?
— Yo’k’. Ishonchim komil, biz Suriya terma jamoasi darvozasini ishg’ol k’ila olamiz. Buni Toshkentdagi o’yinda ham isbotlaganmiz.
— Sizningcha, suriyaliklar himoyaviy taktika tanlasharmikan?
— Ha, menimcha himoyadan o’ynashadi. Har holda ochik’ futbol namoyish etishmasa kerak. K’arshi hujumda bizni jazolashga urinib ko’rishadi. Shundan ehtiyot bo’lish lozim.
— Bu esa bizning vazifamizni og’irlashtiradi, shundaymi?
— Zamonaviy futbolda «avtobus» degan tushuncha paydo bo’lgan. Lekin mezbon sifatida hujum uyushtirishga majburlar, chunki ular ham ochko olishlari kerak.
— Suriya termasini nimaning evaziga mag’lub etishimiz mumkin?
Bu hali hammasi emas davomi: www. iff. uz

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.