Aleksandr piskarev mirjalol kosimov bolaligidan standart vaziyatlarni koyilmakom darajada bajarardi — o

Aleksandr piskarev: mirjalol k’osimov bolaligidan standart vaziyatlarni k’oyilmak’om darajada bajarardi — o’zbekiston

«Spartak»ning eng yaxshi to’purarlaridan biri, murabbiylik faoliyatida sobik’ ittifok’ o’smirlar terma jamoasini boshk’arib, 1987 yili jahon chempionatida g’alabani ta’minlagan Aleksandr Piskarev yak’inda rossiyalik hamkasblarimizga intervyu berdi.
U suhbat jarayonida o’z jamoasida katta rol bajargan milliy futbolimiz afsonasi Mirjalol K’osimov ijrosidagi o’yinlarni ham esga oldi, albatta. Ma’lumot o’rnida aytish kerak, Piskarev o’tgan asrning 70-yillarida k’atorasiga 2 yil «Spartak»da bosh to’purar mak’omini olgan. Umuman, u klub uchun 41ta gol urgan.
Bu aytaylik, Dzyuba va Reyngold ko’rsatkichidan yaxshi, Promesning bu natijani takrorlashi uchun esa yana bitta gol kerak. Aleksandr Mixaylovich «Spartak»dan ketgach, deyarli 15 yil davomida o’smirlar va yoshlar terma jamoalarini boshk’argan.
— Aytingchi, sizda o’smirlar terma jamoasini boshk’arish varianti k’anday yuzaga kelgandi?
— Murabbiylar Oliy maktabi direktori Varyushin o’smirlar jamoasiga meni va Gershkovichni tavsiya k’ilgan. Ammo eshitishim bo’yicha ayt­sam, Mixail Danilovichni millati tufayli lavozimga k’o’yishmagan. Albatta, bu sof ahmok’lik. Xullas, 1967 yilda tug’ilgan bolalardan iborat terma jamoani menga topshirishdi. Ixtiyorimda Kolivanov, Korneev va Dobrovolskiy kabi yigitlar bor bo’lib, yaxshigina jamoa shakl­langandi. Lekin ushbu termani Anatoliy Bishoves mendan olib k’o’ygandi…
— K’anak’asiga?
— Bilishimcha, u rahbarlarga bevosita murojaat etib, o’sha jamoani berishlarini so’ragan. Zero, Bishoves rahbariyat bilan bemalol gaplashardi. Aslida o’sha vak’t 1966 yili tug’ilganlardan tuzilgan jamoani shug’ullantirardi. K’isk’asi, u ikki jamoani birlashtirmok’chi ekanligini aytgan. Esimda, federasiya rahbari Koloskov o’shanda menga shunday degandi: «Bishoves seni o’ziga yordamchi k’ilib olmok’chi. Gaplashib ko’r».
— Pelening shaxsan o’zi o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionati-87 to’purari bo’lgan Yuriy Nikiforovni dunyodagi eng ik’tidorli yosh futbolchi sifatida ta’riflagandi…
— Yuraning tarixi o’ziga xos k’izik’. Aslida uni menga avvalrok’ tavsiya k’ilishgandi. Birok’ ukrainalik seleksioner Kotelnikov «Ko’rganman, o’sha Nikiforovni. Unda hech nima yo’k’», deya shashtimni pasaytirgan. Zero, Yura yaxshi ik’tidorlar chik’adigan internat emas, balki Odessadagi oddiy futbol maktabida shug’ullanarli. Tabiiyki, bunday maktablardan terma jamoaga chik’ishning iloji yo’k’ edi. Shunga k’aramay, uni ko’rikka taklif k’ildik va harakatlarini ko’rib, k’oyil k’oldik. Natijada Nikiforov 1987 yilgi jahon va Evropa chempionatlarining 11ta o’yinida k’atnashib, 10ta gol urgandi.
— Chempion jamoa­ning yana bir etakchisi — Mirjalol K’osimovni k’anday topgansiz?
Bu hali hammasi emas, davomi: www. iff. uz da

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.