Aleksandr xomyakov derbida hayajonlarni jilovlab bolmaydi — ozbekiston

Aleksandr xomyakov derbida hayajonlarni jilovlab bolmaydi — ozbekiston

Aleksandr xomyakov: «derbida hayajonlarni jilovlab bo’lmaydi» — o’zbekiston

“Nasaf” – “Mash’al” uchrashuvidan keyin mehmon jamoa ustozi Aleksandr Xomyakov o’yin hak’idagi z fikrlari bilan o’rtok’lashdi.
-Bugun biz shiddatli uchrashuv guvohi bo’ldik. Bu derbi. Derbida jamoalar turnir jadvalidagi mak’omiga k’aramasdan ana shunday keskin o’yin namoyish etishadi. Derbida kuchli jamoa g’alaba k’ozonadi. Bugun mag’lubiyatga uchragan bo’lsakda, futbolchilarimiz ajoyib o’yin namoyish etishdi. Afsuski yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ammo o’yinchilarimizga e’tirozim yo’k’. Ular bugun astoydil harakat k’ilishdi. Noiloj keyingi o’yinlarga yaxshirok’ tayyorgarlik ko’ramiz.
O’yinchilarimiz k’o’pol o’ynashdi? Bunak’a o’yinlarda futbolchilar o’z hayajonini jilovlay olishmay k’olishadi. To’g’ri, ba’zan o’yinchilarimiz k’o’pollik ham ishlatishdi, buning evaziga bir o’yinchimiz maydondan ham chetlatildi. Bunga albatta e’tibor k’aratamiz. Tushuning, bunak’a o’yinlarda futbolchilar g’alaba ishtiyok’ida, ba’zan o’zlarini nazorat ham k’ila olishmaydi. K’olaversa, bunak’a o’yindagi mag’lubiyat ular uchun hak’oratdek bo’ladi. Bugungi o’yin shunday kechdi.
Shuningdek bugun o’yinchilarimizda sovuk’k’onlik ham etishmadi. Buning evaziga xatolarga ham yo’l k’o’ydik. Umuman olganda stadionga tashrif buyurgan muxlislar bugun zerikib k’olishmadi,-deya fikrlariga yakun yasadi Xomyakov

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.