Aloka operatorlariga radiochastotalar teng taksimlandi — ozbekiston

Aloka operatorlariga radiochastotalar teng taksimlandi — ozbekiston

Alok’a operatorlariga radiochastotalar teng tak’simlandi — o’zbekiston

Radiochastotalar bo’yicha Respublika kengashiGSM standartida ishlovchi O’zbekistondagi to’rtta mobil operatori o’rtasida 900 / 1800 MGs diapazondagi radiochastota polosalarini k’ayta tak’simlash to’g’risida k’aror k’abul k’ildi. Bu hak’da Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar k’ildi.
Mazkur k’arordan ko’zlangan mak’sad respublikada radiochastota resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda 900/1800 MGs diapazondagi radiochastotalar Unitel (Beeline), Coscom (Ucell) operatorlari, «O’zbektelekom» kompaniyasi «Uzmobayl» milliy operatori (Uzmobile) va Universal Mobile Systems (UMS) mobil alok’a operatori o’rtasida tak’simlangan.
Birok’ operatorlar teng bo’lmagan mik’dordagi radiochastota hajmiga ega edi. Radiochastota polosalari mobil alok’a operatorlari o’rtasida uzuk’-yuluk’ o’lchamda, diapazonning turli k’ismlarida ajratilgan edi.
«Radiochastota polosalarining bu taxlit tak’simlanishi LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasining 4 avlod (4G) mobil alok’a standartini joriy k’ilishga to’sk’inlik k’iladi. Mazkur standart mobil alok’a tarmok’larida har k’anday ko’rinishdagi (ovozli, fayl va video) ma’lumotlarni yuk’ori tezlikda almashish uchun jahon mik’yosida joriy k’ilinmok’da. LTE standarti esa yuk’ori tezlikda ma’lumot almashishda kengligi 10 dan 20 MGs gacha bo’lgan yaxlit chastota polosalarini talab etadi», — deyiladi xabarda.
Ayrim mobil alok’a operatorlarida chastota hajmining kam mik’dorda bo’lishi mobil alok’a xizmatlarining talab darajasida sifatli ko’rsatilmasligiga olib keladi.
Mazkur k’aror operatorlarga radiochastota spektrlaridan foydalanish bo’yicha teng rak’obat sharoitini yaratib berish, LTE texnologiyasini tezkor rivojlantirish uchun ularning radiochastotalardan k’ulay va samarali foydalanishlarini ta’minlash, mamlakatda mobil alok’a xizmati sifatini oshirishga zamin yaratadi.
Kengashning mazkur k’aroridagi vazifalarni ta’minlashda mobil alok’a abonentlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan texnik nosozliklarning oldini olish mak’sadida, mobil operatorlarga alok’a tarmok’larini k’ayta muvofik’lashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishlari uchun 6 oy vak’t beriladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.