Andijon viloyat sudilarida fukarolarning kabul kilinishi kariyb 2 barobarga oshdi — ozbekiston

Andijon viloyat sudilarida fuk’arolarning k’abul k’ilinishi k’ariyb 2 barobarga oshdi — o’zbekiston

Jinoyat ishlari bo’yicha Andijon viloyati sudlari tomonidan Xalk’ bilan mulok’ot va inson manfaatlari yilida fuk’arolarning k’abul k’ilinishi o’tgan yilning shu davriga nisbatan k’ariyb 2 barobarga ortdi.
Ilgari jinoyat ishlari bo’yicha sudlar tomonidan fuk’arolar haftaning muayyan bir kunida k’abul k’ilinishi belgilangan bo’lsa, hozirda sudlar tomonidan fuk’arolarning har kuni k’abul k’ilinishi yo’lga k’o’yilgan.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo’yicha Andijon viloyati sudlari tomonidan aholi o’rtasida, o’k’uv muassasalari, korxona, tashkilot va muassasalarda o’tkazilayotgan targ’ibot ishlari, jinoyat va ma’muriy huk’uk’buzarlik to’g’risidagi ishlarni sayyor sud majlislarida ko’rish ham sezilarli darajada oshgan.
Jumladan, shu yilning o’tgan davrida sudlar tomonidan 587 marta suhbat, ma’ruzalar o’tkazilgan bo’lsa, shundan 268 tasi mahalla fuk’arolar yig’inlarida, 145 tasi maktab, kollej va liseylarda, 174 tasi korxona, tashkilotlarda o’tkazilgan (o’tgan yilning shu davriga nisbatan 4 baravarga ortgan). 578 ta jinoyat va ma’muriy huk’uk’buzarlik to’g’risidagi ishlar sayyor sud majlislarida ko’rildi (o’tgan yilning shu davriga nisbatan 15 baravarga ortgan).
O’tkazilayotgan suhbat va ma’ruzalarda jinoyatchilik, ma’muriy huk’uk’buzarlik tushunchalari hamda k’onunchilikdagi o’zgarishlar hak’ida (50 dan ortik’ mavzularda) keng ma’lumotlar berib borilmok’da. Bu esa, o’z navbatida fuk’arolarning k’onunchilik, jinoiy va ma’muriy javobgarlik to’g’risida oz bo’lsada tushunchaga ega bo’lishlari, ularning huk’uk’iy bilimlari darajasining ortishiga xizmat k’ilmok’da.
O’tkazilayotgan sayyor sud majlislari esa jinoyat va ma’muriy huk’uk’buzarliklar sodir etilishining oldini olishda samarali vosita bo’lib kelmok’da.
Albatta, o’tkazilayotgan targ’ibot ishlari o’z samarasini berishi shubhasiz. Shu bilan bir k’atorda, o’zini o’zi boshk’arish organlari, korxona va tashkilotlar hamda o’k’uv muassasalari ham o’zlarini k’izik’tirayotgan mavzular yuzasidan huk’uk’ni muhofaza k’iluvchi idoralar va sudlarga takliflar bilan murojaat k’ilsa, ushbu targ’ibot ishlarining yanada samarali bo’lishini ta’minlashi shubhasiz.
Matn: Jinoyat ishlari bo’yicha Andijon viloyati sudi Sud amaliyoti va statistikasi tahlili bo’limi

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.