Andres inesta kaysi mevaning jinnisi ekanligini bilasizmi — ozbekiston

Andres inesta k’aysi mevaning jinnisi ekanligini bilasizmi? — o’zbekiston

Bundan ancha yil yil oldin futbolning bo’lajak yulduzi sifatida e’tirof etilayotgan futbolchi Kataloniyaning “Barselona”si bilan shartnoma imzoladi. O’shanda bu bolakayning fak’at shu klubda o’ynashini hech kim tasavvur ham k’ilmagan bo’lsa kerak. Ammo buni k’arangki, bolakay 1996 yildan to hozirgacha “Barselona” sharafini himoya k’ilib kelmok’da. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirda mazkur futbolchi sadok’ati va ajoyib o’yini uchun munosib tarzda mukofotlangan — ayni damda hech kim “Barselona” va dunyo futbolini Andres Inestasiz tasavvur k’ila olmaydi. Futbolchi uchun bundan ortik’ mukofot bo’lmasa kerak. Bugungi sahifamiz ana shu futbolchi hak’ida.
Andres Inesta hak’ik’iy “barsaparvar” futbolchi hisoblanadi. U Madridning “Real” klubini o’ziga ashaddiy rak’ib sifatida biladi. Eng k’izig’i, yoshligida Inestani aynan “k’irollik klubi” ham o’z tarkibiga k’o’shib olishni istagan ekan. Ammo futbolchining o’zi ham, ota-onasi ham “Barselona” variantini tanlagach, Madrid eshiklari tamomila yopilgan.
Futbolchining ota-onasi Fuentealbilyada ofisiant bo’lib ishlagan. Inesta og’ir sharoitda katta bo’lgan. Buni k’uyidagi faktdan ham bilish mumkin: futbolchining ota-onasi o’g’illari “Barselona” bilan professional shartnoma imzolagach, uyga ega bo’lishgan, anik’rog’i, Inesta ota-onasiga uy sotib olib bergan.
3. 2001 yilda 17 yoshli Andres “Barselona”ning asosiy jamoasi bilan mashg’ulot olib bora boshlaydi. Bunda unga shu paytda klub boshk’aruvini k’o’liga olgan Serra Ferrer yordam beradi, aynan u Inestaga barcha sharoitlarni yaratadi.
4. Andres Inesta shu paytgacha uch marta “Oltin to’p”ga asosiy nomzod bo’lgan futbolchilar uchligi safidan joy olgan. Ammo biror marta ham mukofotni k’o’lga kiritmagan. Bu holatni Xosep Gvardiola k’uyidagicha izohlaydi: «Andres zirak tak’maydi, soch turmagi chiroyli emas, janjalli vok’ealarga aralashib yurmaydi. Jurnalistlar uchun esa bunday futbolchi k’izik’arli emas, ammo shaxsan men Inestani eng kuchli futbolchi deb tan olaman»!
5. Jurnalistlarning Andres Inestaga eng ko’p beradigan savoli “Oltin to’p” hak’ida bo’lgan. YAk’in-yak’ingacha, toki uning nomzodi asosiy ro’yxat (uch nafar futbolchi k’oladigan ro’yxat)dan tushib k’olmagunga k’adar “Siz nega mukofotga munosib ko’rilmadingiz?” k’abilidagi savollar Andresni xunob k’ilgan. Axiyri futbolchi bunday savollarga k’uyidagicha javob k’aytara boshlagan: “Oltin to’p”, kechirasiz, men bunak’a sovrinni bilmayman”.
6. “Barselona”ga bag’ishlagan 20 yili hak’ida gapirar ekan, Inesta bundan aslo afsuslanmasligini ta’kidlaydi. “To’g’ri, men boshk’a futbolchilarga o’xshab bir k’ator kuchli klublar safida to’p surmadim. Ammo shuni anik’ bilamanki, 20 yil davomida 20 ta klubda o’ynasam ham, bu klublarning bari bir bo’lgan tak’dirda ham “Barselona”ning o’rnini bosa olmaydi”. “Nega boshk’a jamoaga o’tmadingiz?” k’abilidagi savollarga esa doim k’uyidagicha javob k’aytaradi: “Chunki men “Barselona”dan kuchlirok’ klubga o’tmok’chi edim, ammo bunday jamoadan taklif tushmadi”. Ma’lumot o’rnida aytish joizki, o’z vak’tida Andresni o’z tarkibiga k’o’shib olishni istagan klublar ro’yxatida “Real”, “Yuventus”, “Roma”, “Bavariya” va “Manchester Yunayted” kabi klublarning nomlari ham bor.
7. Inesta hayotidagi eng og’ir lahzalardan biri sifatida 2014 yilning 7 martini yodga oladi. O’shanda Inestaning rafik’asi baxtsiz hodisa tufayli homilasidan ayriladi. Bu xabarni eshitganida Inesta “Barselona” safida “Valyadolid”ga k’arshi to’p surayotgandi. 2015 yilning 31 mayida o’g’il farzand ko’rishi esa Inestaning bu og’ir judolikni tezrok’ unutishiga yordam berdi.
Andres Inesta uzum desa o’zini tomdan tashlaydiganlar xilidan. Aynik’sa, uzumdan tayyorlangan turli xil ichimliklar uning jonu dili. Hatto “Barselona”da o’z hovlisida uzum ham etishtiradi. U bu borda jamoadoshlari orasida yagona hisoblanadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.