Angren-pop temir yuli foydalanishga topshirilganiga bir yil buldi — ozbekiston

Angren-pop temir yuli foydalanishga topshirilganiga bir yil buldi — o’zbekiston

22 iyun kuni Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yuli hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilganiga roppa-rosa bir yil tuldi. Bir yil muqaddam Uzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov va Khitoy Khalq Respublikasi Raisi Si Szinpin rasmiy ochilish marosimida ishtirok etib, «Uzbekiston» yulovchi poezdining Qamchiq tunnelidan utishiga rukhsat beruvchi semaforni yoqish uchun makhsus tugmani bosgan edi.
Angren — Pop elektrlashtirilgan temir yul liniyasini barpo etishdan maqsad nafaqat Fargona vodiysi viloyatlari va mamlakatning boshqa hududlari urtasida temir yul orqali yuk va yulovchi tashish imkoniyatini yaratish, shu bilan birga, Khitoy — Markaziy Osiyo — Evropa yangi khalqaro tranzit temir yul koridorining eng muhim bugini bulishi ham nazarda tutilgan edi.
Uzunligi 123,1 kilometr bulgan Angren — Pop temir yulining Qamchiq dovonidan utgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo etildi.
Bugungi kunda ushbu temir yul orqali Toshkent — Andijon — Toshkent yunalishida har kuni zamonaviy tezyurar yulovchi poezdlari aholiga khizmat kursatmoqda. Andijon — Bukhoro — Andijon yunalishida haftasiga ikkita yulovchi poezdi, haftada bir marotaba Andijon — Urganch — Andijon, Andijon — Moskva — Andijon yunalishlarida yulovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, bir sutkada unlab yuk poezdi Angren — Pop elektrlashtirilgan temir yuli orqali utib, yuklarni uz manziliga etkazmoqda.
«Uzbekiston temir yullari» aksionerlik jamiyati akhborot khizmatining khabar qilishicha, mazkur temir yul orqali shu kungacha 413162 nafardan ortiq yulovchiga khizmat kursatildi, 7,396 mln tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish urini yaratildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.