Anjir — shifobakhsh khususiyatlari — ozbekiston

Anjir — shifobakhsh khususiyatlari — ozbekiston

Anjir — shifobakhsh khususiyatlari — o’zbekiston

Anjirni bejiz jannat mevasi, deyishmaydi. Zero, u foydali va shifobakhsh khususiyatlarni jamlagan sandiqqa ukhshaydi. Och sariq yoki siyohrang tusli noksimon bu meva vitamin va quvvatbakhsh moddalari bilan insonga salomatlik, guzallik va yoshlik bakhsh etadi.
Anjir juda qadimiy meva. U haqida eramizdan avvalgi 2700-yilda bitilgan Misr yilnomalarida qayd etilgan. Usha vaqtlar zaytun, anjir va uzum eng kup tarqalgan mevalar edi. Qadim Yunonistonda esa anjir hosildorlik ramzi sanalgan.
Etiborlisi shundaki, qulay sharoitda anjir darakhti 200 yilgacha yashab, meva berishi mumkin. U uzining ana shunday umrboqiylik khususiyatini insonlarga ham hadya etadi. Yani, anjir yoshartiruvchi nemat hisoblanadi.
100 gramm anjir tarkibida:
305 kkal quvvat
1.3 gramm yog
4.3 gramm oqsil
63.5 gramm uglevod
2.3 gramm mineral moddalar
0.5 ml. gramm vitaminlar mavjud.
Qorningiz ochib, tinkangiz qurib ketayotgan bulsa, anjir bir zumda sizni tetiklashtiradi. Buni yakhshi bilgan Iskandar Zulqarnaynning askarlari uzlari bilan doim quritilgan anjir olib yurisharkan. Jang maydonida holdan toygan askarni shu meva, kupincha, qutqarib qolgan ekan.
Dardlarga davo nemat
Kupchilik anjirni tabiatdagi eng mukammal nematlardan biri, deb sanaydi. Qadimdan uning quyidagi foydali khususiyatlari malum:
Anjir mevasi siydik va ter haydash khususiyatiga ega.
Zaharlanishni anjir bilan davolash mumkin. Chunki uning tarkibidagi moddalar oshqozon-ichak faoliyatini yakhshilab, undan zaharni haydab chiqaradi, buyrak va jigar faoliyatini yakhshilaydi.
Anjir boshqa kasalliklarda ham qullanadi: tomoq ogrigi va yutalda anjirning ustiga issiq sut quyib, bir muddat dimlab quyiladi va ovqatdan oldin bemorga ichiriladi.
Anjirning isitmani tushirish khususiyati ham malum. Buning uchun isitmalayotgan bemorga quritilgan anjir mevasidan damlama tayyorlab ichirish kerak.
Anjir qondagi kholesterin miqdorini kamaytiradi. Shu sababli u yurak qon-tomir khastaliklari va semirishda benazir vositadir.
Anjir tarkibida katta miqdorda temir moddasi bor. Shu bois kamqonlikda foyda beradi.
Anjirdan tayyorlangan sharbat ichni yumshatadi. Hatto anjir murabbosini issiq choyga solib ichish bilan ham ayni natijaga erishish mumkin.
Sutda qaynatilga anjir mevalari yiringli yaralarga bosilsa, ular tezroq pishib, yoriladi.
Agar qul yoki oyogingizda qadoqlaringiz bulsa, tunda ularning ustiga anjir mevasini kesib, boglang. Tez orada qadoqlar kuchib tushadi.
MUMKIN EMAS!
Anjirning nojuya tasiri shu paytga qadar sezilmagan. Faqat u qandli diabet, podagra va utkir oshqozon-ichak kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Kosmetologiyada Anjir
Anjirdan tayyorlangan niqob soch tukilishida juda foydali. Buning uchun 2 ta anjir qoqini maydalab, ustidan 1 stakan sut quyib, qaynatiladi. Sut buglanib ketib, butqasimon aralashma hosil bulganida olovdan olinadi. Sovutiladi. Har kuni soch terisiga surtiladi. Ustidan sellofan qalpoqcha kiyib, sochiq bilan urab quyiladi va bir yarim soatdan sung yuvib tashlanadi.
Anjir uruglari bilan tishlarni tozalash mumkin. Buning uchun anjir urugiga ozgina gliserin qushiladi va shunda pakhtasimon modda hosil buladi. Har kuna ana shu tabiiy tish pastasi bilan tishlaringizni yuvib tursangiz, ular oqaradi va mustahkamlanadi.
Anjir uruglarini usimlik yogi bilan aralashtirib, ajoyib sochbuyoq olish mumkin. U bilan oqargan soch tolalarini buyasangiz, ular tabiiy qora ranga kiradi va jilolanadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.