Antoniu guterrish bmtning yangi bosh kotibi boladi — ozbekiston

Antoniu guterrish bmtning yangi bosh kotibi boladi — o’zbekiston
13 oktyabr kuni Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga kora ovoz berishlarsiz BMTning kochoklar ishlari boyicha Oliy komissari portugaliyalik Antoniu Guterrishni 2017 yil 1 yanvardan 2021 yil 31 dekabrgacha muddatga BMT bosh kotibi etib tayinladi. Bu hakda BMT YAngiliklar markazi xabar kildi.
Mazkur masalaga bagishlangan yalpi yigilishda Xavfsizlik kengashi raisi, Rossiya Federasiyasining BMTdagi doimiy vakili Xavfsizlik kengashi tavsiyasini okib eshittirdi.
Uning ortidan Bosh Assambleyaning 71-sessiyasi raisi mintakaviy guruhlar koordinatorlari nomidan yangi bosh kotibni tayinlash togrisidagi rezolyusiyani okib eshittirdi. Uni ovoz berishgacha kotarib chikish istagida bolganlar topilmadi va Antoniu Guterrish akklamasiya yoli bilan BMTning yangi bosh kotibi etib tayinlandi.
Amaldagi bosh kotib Pan Gi Mun, mezbon mamlakat sifatida AKSh vakili hamda besh mintakaviy guruh raislari sozga chikdi.
Antoniu Guterrish 2005 yil iyundan 2015 yil dekabrigacha kochoklar ishlari boyicha BMT Oliy komissari lavozimida faoliyat korsatgan.
Antoniu Guterrish 1949 yil 30 aprelda Lissabonda tavallud topgan. Oliy texnika institutida muhandislik ishini organgan hamda OTMda okituvchilik bilan shugullangan. 1995 yil Portugaliya bosh vaziri lavozimini egallagan.
Eslatib otamiz, Pan Gi Mun ganalik Kofi Annandan song mazkur mansabni egallagan. Undan avval esa Butros Butros-Goliy (1992?1996), Xaver Peres de Kuelyar (1982?1991), Kurt Valdxaym (1972?1981), U Tan (1961?1971), Dag Xammarsheld (1953?1961) va Tryugve Li (1946?1952) BMT bosh kotibi bolgan.
Комментарии 0