Apl liverpul arsenalga imkoniyat koldirmadi — ozbekiston

Apl liverpul arsenalga imkoniyat koldirmadi — ozbekiston

Apl. liverpul arsenalga imkoniyat k’oldirmadi — o’zbekiston

Angliya Premer-ligasining 27-turi doirasida markaziy o’yin yakuniga etdi. «Liverpul» o’z maydonida «Arsenal»ni k’abul k’ildi va muhim g’alabani k’o’lga kiritdi. Mersisaydliklar o’z an’analarini davom ettirgan holda APLning kuchli jamoasini mag’lub etishdi.
Maydon egalari tezkor gol bilan hisobni ochishdi. O’ng k’anotda etkazilgan uzatma natijasida to’p Firminoga kelib tushdi va u 9-dak’ik’ada yak’in masofadan darvozani ishg’ol k’ildi. Birinchi bo’lim tugashiga 5 dak’ik’a k’olganida «Liverpul» futbolchilari Maneni k’ulay vaziyatga chik’arishdi. Sadoning zarbasini Chex k’aytara olmadi.
Ikkinchi bo’limda Uelbek chiroyli kombinasiyani golga aylantirib, o’yinga intrigani k’aytargandi. Birok’ k’o’shib berilgan dak’ik’alarda Veynaldum ajoyib k’arshi hujumni samarali yakunladi va bahsga nuk’ta k’o’ydi.
Ushbu g’alabadan keyin «Liverpul» o’z ochkolarini 52taga etkazdi va jadvalda 3-o’ringa ko’tarilib oldi. «Arsenal» esa 5-o’ringa tushib ketdi.
APL, 27-tur
Liverpul – Arsenal 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 9 Firmino, 2:0 – 40 Mane, 2:1 – 57 Uelbek, 3:1 – 90 Veynaldum.
Liverpul – Minole, Klavan, Matip, Klayn, Koutino (Origi, 80), Veynaldum, Firmino, Lallana (Leyva, 90), Mane (Aleksander-Arnold, 90), Emre Jan, Milner.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Jaka, Koklen (Sanches, 46), Oksleyd-Chemberlen, Ivobi, Jiru (Peres, 74), Uelbek (Uolkott, 74).
Ogohlantirishlar: Koklen (34), Emre Jan (68), Jaka (78).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.