Apl manchester yunayted arsenal ustidan ishonchli galabaga erishdi — ozbekiston

Apl manchester yunayted arsenal ustidan ishonchli galabaga erishdi — ozbekiston

Apl. manchester yunayted arsenal ustidan ishonchli galabaga erishdi — o’zbekiston

Angliya Premer-Ligasining 15-turidan urin olgan markaziy “Arsenal” hamda “Manchester Yunayted” jamoalari urtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. Uchrashuvda mehmonlar 3:1 hisobida ishonchli galabani qulga kiritishdi.
Dastlab, uchrashuvning 4-daqiqasida Antonio Valensiya hisobni ochdi. 11-daqiqada Jessi Lingard Petr Chekh quriqlayotgan darvozani ishgol qilib, hisobni 2:0 kurinishiga keltirdi.
Ikkinchi bulim boshlanishi bilanoq Aleksandr Lyakazett Sanchesning uzatmasidan sung oradagi farqni bittaga qisqartirishga erishdi.
63-daqiqada yana Jessi Lingard katta sahnaga chiqib Pogbaning uzatmasidan keyin ochiq qolgan darvozaga gol urdi.
75-daqiqada “qizil iblislar” yarim himoyachisi Pol Pogba Ektor Beleringa qarshi bahsda qupollik ishlatdi va hakam uni maydondan chetlatdi.
10 kishi bulib qolgan Mourino shogirdlari himoyaga bor etiborlarini qaratishdi va yakunda muhim galabani rasmiylashtirishdi.
“Arsenal” – “Manchester Yunayted” 1:3.
Gollar: 0:1 – 4 Valensiya, 0:2 – 11 Lingard, 1:2 – 49 Lyakazett, 1:3 – 63 Lingard.
Arsenal – Chekh, Mustafi (Ivobi, 15), Monreal, Kolashinas (Jiru, 76), Koselni, Uzil, Remzi, Sanches, Jaka (Uelbek, 70), Belerin, Lyakazett.
Manchester Yunayted – De Khea, Smolling, Rokho, Valensiya, Lindelef, Pogba, Yang (Reshford, 90), Matich, Lingard (Darmian, 76), Marsyal (Errera, 67), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Rokho (58), Belerin (72), Koselni (87), Errera (89), Sanches (89).
Chetlatish: Pogba (74).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.