Aplning yangi vakili haddersfild haqida nimalarni bilamiz — ozbekiston

Aplning yangi vakili haddersfild haqida nimalarni bilamiz — ozbekiston

Aplning yangi vakili haddersfild haqida nimalarni bilamiz? — o’zbekiston

Moliyaviy imkoniyatlari haminqadar, hali ommaga unchalik tanilishga ulgurmagan «Haddersfild Taun» jamoasi «Nyukasl» va «Brayton» qatori Angliya premer-ligasi yullanmasini qulga kiritdi. Bombardir. ru shu munosabat bilan chempionshipda shov-shuv kutargan klub va uning asoschisi David Vagner haqida suz yuritishga qaror qildi. Darhaqiqat, bu shakhs tumanli ulkada kichik «Borussiya»ni yaratdi.
Utgan mavsum boshida Dortmundning «Borussiya» klubi zakhira tarkibi sobiq murabbiyi «Haddersfild Taun»da ish boshlab, jamoani chempionshipdan yangi bosqichga olib chiqdi. Endi «tererlar» APLda qatnashishadi. Vagnerning niyatini ang­lash qiyin emas: u «Haddersfild»dan kichik «Borussiya» yaratmoqchi. Germaniyalik mutakhassis bu yulda turli uslublarga murojaat etmoqda. Hattoki, shogirdlari urtasida hamjihatlikni taminlash uchun ularni Shvesiyadagi yovvoyi shart-sharoitlarda sinadi.
David Vagner Yurgen Kloppdan farqli ularoq, jamoasi uyiniga «khevi-metal» atamasini qullamaydi. Murabbiyning bu borada uz qarashlari mavjud: «Endi biz uz uyinimizni terer uslubi, deb atayapmiz». Vagner uzini Klopp bilan solishtiraverishlarini khohlamaydi, vaholanki «Liverpul»ning bugungi kundagi ustozi Davidning faoliyatida katta rol uynagan. Ular birgalikda «Mayns»da tup surishgan, dustlashishgan va aynan Klopp uni murabbiylik faoliyatini boshlashga kundirgan. «Bu aynan men yoqtirgan uslub — tererlar kabi uynash. Biz itlarning eng yirik zotidan emasmiz. Kichkinamiz, ammo hamisha tajovuzkormiz, hech kimdan qurqmaymiz. Katta itlar bilan raqobatlashishni khohlaymiz, tezkormiz, sabr-bardoshlimiz. Hech qachon taslim bulmaymiz. Jangovar ruh bizga hamisha hamroh», — deydi Vagner.
Anglaganingizdek, «Haddersfild»­ning laqabi — «tererlar» (it zoti). David Vagnerni bu klubda kutishayotgandi. Klubning barcha sovrinlari utgan yuz yillikning 20-yillarida qulga kiritilgan, usha kezlari jamoa­ni buyuk Gerbert Chepmen boshqargandi. U «Arsenal»ga ketgach, «Haddersfild» yana bir necha yil Angliya futboli elitasida qatnashdi, sungra urush yillaridan keyin ham bir-ikki marta ulkan natijalar qayd etdi. Premer-ligaga asos solingan pallada esa nazardan chetda qolgandi.
Chempionshipning bu galgi mavsumida dastlabki 11ta uyindan sung «Haddersfild» chempionatning asosiy favoritlari — «Norvich» va «Nyukasl»ni ochkolar buyicha ortda qoldirib, birinchi urinni egallab turgandi. «Tererlar» beshta uy uchrashuvida muvaffaqiyat qozonishdi, ikkinchi turdayoq safarda «Nyukasl»ni maglubiyatga uchratishdi, bu paytga qadar erishilgan sakkizta galaba esa bitta gol farqi bilan qulga kiritilgandi — 1:0 yoki 2:1. «Reding» va «Brayton»ga ham 0:1 hisobida yutqazishdi.
Haddersfildda Klaudio Raneri taktikasiga tayangan holda premer-liga haqida ogiz ochishmadi. 1962 yildan sung ilk marta musobaqani prinsipial raqib — «Lids»dan yuqoriroqda yakunlash ham jamoa uchun katta natijadek tuyuldi. David Vagner ruy berayotgan voqealardan rohatlanardi: «Oldimga maqsad quymayman, chunki ular bazan cheklovga etaklaydi, biz esa chegara bulishini khohlamaymiz. Men khayolparast emas, ishchiman».
U shogirdlarida ham khuddi shunday mehnatkashlarni kuradi. «Haddersfild»dagi ilk kunlaridanoq Vagner qushaloq mashgulotlarni yulga quydi, hattoki, jamoa ertasiga kunduzi soat uchda uynashi lozim bulsa ham engillik yaratishni uylamadi. Futbolchilarning unga qarshi norozilik bildirishlari kutilgandi, ammo Vagner uzi uchun kerakli odamlarni topa bildi: «Bu men uchun ajoyib syurpriz va eng katta yordam buldi — uyinchilardan hech biri etiroz bildirmadi, ayniqsa, Din Uayt­khed va Mark Khadson singari tajribali futbolchilar uzlarini ijobiy tomondan kursata olishdi. Ularni professional bilib, mazkur omil yanada kuch bagishlashini isbotlasangiz, shogirdlaringiz har bir gapingizga quloq tutishadi. Jamoada omadimning kelgani ham shundan — ular yangi marralarni zabt etishga tayyor edilar».
Vagner utgan mavsum kelgandi, shu zahoti «Haddersfild»ning natijalari yakhshilana boshladi, ammo chempionat yakunida klub biroz engil tin olgani pand berib, «Bristol» (0:4) va «Brentford» (1:5)ga yutqazdi. Vagner dastlabki mavsumoldi tayyorgarlik ulkan ahamiyat kasb etishini bilardi. Boz ustiga, u yozda 13 nafar ijara uyinchilarini olib keldi, ular orasida uzi tugilib-usgan Germaniyadan turt hamyurti bor edi. «Haddersfild» ilk bor shunday geografik uzgarishlarga duch keldi. Birinchi marta jamoani britaniyalik bulmagan mutakhassis boshqardi, tarkibdagilarning yarmi chegara ortidan kelgan. Qayiq asta-sekin joyidan jila boshlagandi. Ekstremal vaziyatda Vagner nostandart yulni tanlashga qaror qildi: «Safimizda kuplab yangi futbolchilar borligi, ulardan yuz yildan kuproq tarikh va ananaga ega klubga kelishganini anglash talab etilardi. Shvesiyaga turt kunlik sayohat uyushtirdik, uzimiz bilan tup olmadik. YOvvoyi sharoitlarda yashadik — elektr, hojatkhona, krovat, mobil telefon va internet yuq edi. Qorin ochdimi — ana, qarmoqni ol-da, baliq tut. Chanqadingmi — kulga borib, idishni suvga tuldir. Sovuq qotsang, gulkhan yoq».
Jamoaga makhsus gidlar yordam berishdi, lekin baribir, futbolchilar shu tariqa tezda bir-birlari bilan tanishishdi, ular urtasida hamjihatlik paydo buldi. Vagnerning mazkur sayohatdan kuzlagan asosiy maqsadi uzaro munosabatlarning ijobiy tus olishini taminlash edi. «Ishonchim komilki, jamoadoshingizni qanchalik yakhshi bilsangiz, u bilan maydonda shuncha tez til topisha olasiz. Shu turt kun ichida har qanday tusiqlar olib tashlandi. Oradan uch oy utgan pallada aytishim mumkinki, mavsum startidagi muvaffaqiyatimiz 100 foiz shu sayohat bilan bogliq», — dedi u.
Shunga qaramay, Vagnerni uta qattiqqul murabbiy deyish qiyin. Mashgulotlar payti uning yuzida tez-tez tabassum paydo buladi, ishga tugri yondashishga urinadi. Misol uchun, mutakhassis klubga dietolog tanlashni nazorat qildi, qolaversa, yangi uyinchilar shartnomasiga yangi bandlar kiritdi: ular yashayotgan khonadon va mashgulot bazasi urtasidagi masofa 15 mildan oshmasligi shart, zero mashqlardan sung uzoq yul yurish tiklanish jarayoniga salbiy tasir utkazadi. David biologiya va sportdagi bilimlarni Darmshtadt universitetida olgan, u erni 2005 yili yakunlagan. «Qaysidir pallada futbolga ishtiyoqim yuqolgandek tuyuldi, shu bois millionlar uyinidan muayyan fan sifatida kuproq tushuncha olish maqsadida uqishga qaror qildim, — deya eslaydi Vagner. — Bu hoynahoy, hayotimdagi eng ogir besh yil buldi, ammo baribir, niyatimga etdim. Takhminan ikki yildan sung yana futbolga qaytish istagi tugildi».
Yurgen Klopp ushbu ishtiyoqning qaytishida asosiy sababchilardan biri bulgan. «Sunggi imtihonimni topshirishimdan bir necha kun avval Yurgen shunday degandi: «Sen professional futbolchi bulgansan, shunday ekan, uqish yakunlangach, UEFA lisenziyasini ham olishni unutma. Shu tariqa millionlar uyiniga kirish eshigini ochiqligicha qoldirishing mumkin».
Vagner imtihondan sung aynan shunday yul tutdi. Ikki yil «Hoffenhaym» usmirlar jamoasida ishlagach, yana maktabga qaytdi. UEFAdagi talim olish jarayonida Vagner uqituvchilik ham qildi, kurs yakunlanishi arafasida esa Klopp uni Dortmundga kelishga kundirdi. David bu erda zakhira jamoasiga murabbiylik qildi. Keyingi turt yil mobaynida u Dortmundga khos uslubga tayanib, «Borussiya II»ni uchinchi bundesligaga olib chiqdi. Mazkur uslub «Khaddersfild» rahbari Din Khoylda yorqin taassurot qoldirgach, Vagnerga Yorkshirda «kichik «Borussiya»ga asos solish taklifi bilan chiqishdi.
«Albatta, uslubimiz asosi «Borussiya»dan olingan, — deydi Vagner. — Ammo kup jihatlar buyicha Angliya muhitiga kunikishimizga tugri keldi. Masalan, hakamlar bu erda kam hushtak chalishadi, shu bois uyinda tanaffuslar kam, futbolchilar 70-daqiqadayoq charchab qolishadi. Balki galaba qozonayotganimizda ikkinchi golni urishga intilmay, tupni uzimizda saqlab turish maquldir, lekin mazkur masalada shogirdlarimga taqiq quyolmasdim».
Umuman, «Haddersfild» khuddi girdob kabi tup suradi. Jamoaning maftunkor uyin uslubi yozda 15 mingta abonement sotilishiga sabab buldi («Jon Smit Stedium» esa jami 24500 kishiga muljallangan). Utgan yilning avgustida tomoshabin tashrifi buyicha eng yakhshi kursatkich qayd etilib, mavsum ochilishini stadiondan 18479 mukhlis kuzatdi.
Terma jamoalar uyinlari tufayli yuzaga keladigan dastlabki khalqaro tanaffus paytida Vagner shogirdlarini «Liverpul»ning Melvuddagi bazasiga olib borib, urtoqlik bahsida Klopp shogirdlarini maglub etdi. Mersisaydiklar safida terma jamoaga chaqirilmaganlar tup surishganini alohida takidlash lozim. Balki, germaniyaliklar muvaffaqiyatni takrorlab, buni ananaga aylantirishar, ammo usha pallada kupchilikni boshqa savol uylantirardi: «Haddersfild» keyinchalik ham etakchilar qatorida borib, jiddiy sinovlarni enga bilarmikan?
Vagner esa usha pallada shunday dedi: «Khavotirga asos yuq. Muhimi, mashgulotlardagi qizginlik va uyinchilar tiklanish jarayonida urtadagi muvozanatni saqlashimiz lozim. Bu borada menda muammo yuqligini hamma biladi. Umuman, usish va rivojlanish lozim bulgan jabhalar kup va hozir biz aynan yul boshida turibmiz».
«Haddersfild» chempionshipni beshinchi urinda yakunlab, «pley-off» yarim finali javob uchrashuvida penaltilar seriyasida «Sheffild Uensdey»ni taslim qildi. Yap Stamning «Reding»iga qarshi kechgan finalda esa Vagner boshchiligidagi jamoa uchrashuv boshidayoq uta qulay vaziyatni kukka sovurdi: Braun bush qolgan darvozani yaqin masofadan ishgol qila bilmadi. 120 daqiqa gol kuzatilmadi, uyindan keyingi penaltilar seriyasida dastlab «Khaddersfild» 2:3 hisobida ortda borayotgandi. Ammo yakunda raqibning asablari dosh bermadi — «Reding»ning keyingi ikki zarbasi noaniq buldi. «Khaddersfild» uyinchilari esa uz imkoniyatlaridan unumli foydalanib, seriyani 4:3 hisobida uz foydalariga hal qilishdi. Shu tariqa «ter­erlar»ning keyingi mavsum APLda qatnashishlari oydinlashdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.