Aqshda qaysi soha bitiruvchilariga talab oshmoqda — ozbekiston

Aqshda qaysi soha bitiruvchilariga talab oshmoqda — ozbekiston

Aqshda qaysi soha bitiruvchilariga talab oshmoqda? — o’zbekiston

AQShda muhandis va olimlarga talab kamaymoqda, dasturchilarga esa — yuq. The New York Times shu haqida khabar berdi.
Malumotlarga kura, universitetlar mamlakatga keragidan ortiq biologlar, fiziklar, matematiklar va antropologlarni tayyorlaydi. Tadqiqotchilar mehnat bozorini urganib, bitiruvchilar uchun ishchi urinlarning etishmasligiga doir khulosaga kelishdi. Faqat kompyuter bilimlari va shu bilan bogliq kasblargina bundan mustasno.
Bu talimning STEM-modeliga qarata otilgan «tosh»dir. Sunggi yillar davomida ushbu model AQSh tomonidan har tomonlama qullab-quvvatlab kelinadi. Haqiqatda, uning tarkibi hisoblangan ilm-fan, tekhnika, injeneriya, matematika mamlakatning muvaffaqiyatli rivoji, innovasiyalarni joriy qilishda muhimdir. Bu model shu qadar keng qamrovliki, u buyicha talim oluvchi inson doim hayotda uz urnini topishi mumkinligi kuzda tutilgan. Aslida esa bu qisman tugri. Hisobotlarga kura, bugungi kunda STEM’da faqat «T» — technology haqiqatda daromadli soha hisoblanadi. Bu kompyuter tekhnologiyalari bilan bogliq barcha narsalarni qamrab oluvchi keng kategoriyadir.
Biroq STEM juda ham kup yunalishlarni birlashtirgan. Model muhandis-dasturchilar bilan birga astronomlar, fiziklar va geologlarni ham tayyorlaydi. Glassdoor vakansiyalar sayti vakillarining aytishicha, bugun AT va ananaviy ilm-fan vakillari urtasida juda katta uzilish hosil bulgan. Masalan, Computer Science yunalishi bitiruvchisining ilk besh yildagi urtacha yillik maoshi 70 ming dollarni tashkil qiladi, biokimyo profilida esa bu kursatkich 46 ming dollarga teng.
STEM tuliq AT-mutakhassislar tomon yunalmoqda. Vashington universitetining informatika buyicha professori Edvard Lazovski yaqinda STEM-modelning turli toifalari mutakhassislarining bandligiga doir tahlil utkazdi. Uning prognozlari yuqoridagi malumotlarga muvofiq keldi. STEM-mutakhassislar bandligining usishi 73 foizga kompyuter bilimlariga asoslangan, ananaviy bilimlarga esa 3 foiz va hatto undan-da kam. LinkedIn shunday natijalari bilan bulishdi. Servis mehnat bozoridagi eng talabgor 10 kunikma haqida malum qildi va ularning orasida fizika hamda biokimyoga oid bilimlar bulmagan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.