Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisida — ozbekiston

Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisida — ozbekiston

Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 16 iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009 yil 29 avgustda maqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisidagi qonun hujjatlari
Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Uzbekiston Respublikasining khalqaro shartnomasida Uzbekiston Respublikasining arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bulsa, khalqaro shartnoma qoidalari qullaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qullaniladi:
arkheolog — tegishli oliy malumotga ega bulgan tadqiqotchi;
Arkheologiya ashyolari davlat katalogi — har bir arkheologiya ashyosi tugrisidagi asosiy malumotlar mavjud bulgan hisobga olish hujjati;
arkheologiya ashyosi — arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini amalga oshirishda yoki khujalik va uzgacha faoliyat jarayonida aniqlangan, shuningdek tasodifan topilgan (khazina) va identifikasiyalashdan utkazilgan moddiy qoldiq;
arkheologiya yodgorligi — Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga kiritilgan arkheologiya obekti;
arkheologiya merosi obektlari — arkheologiya obektlari va arkheologiya ashyolari majmui;
arkheologiya nazorati — arkheologiya tadqiqotining arkheologiya obektini saqlash maqsadida amalga oshiriladigan va arkheologiya obekti hududining chegaralarida er qazish, er tuzish, qurilish, meliorasiya, khujalik, yulsozlik ishlarini va boshqa ishlarni bajarishda madaniy meros obektlarini saqlash talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat urnatiladigan turi;
arkheologiya obekti — inson faoliyatining barcha kurinishlariga taalluqli hamda saqlanish holatidan qati nazar arkheologik, antropologik, etnografik qimmatga yoki uzga tarikhiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega bulgan joy, inshoot (asar), imorat, majmua (ansambl), ularning bulaklari, ular bilan bogliq hududlar;
arkheologiya tadqiqoti — arkheologiya obektlari, arkheologiya yodgorliklari va arkheologiya ashyolarini urganish orqali yangi bilimlarni egallash maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat;
arkheologiya qazishmalari — arkheologiya tadqiqotining arkheologiya obektida qazishma ishlarini qullagan holda madaniy qatlamlar, memoriy va boshqa moddiy qoldiqlarni urganish maqsadida amalga oshiriladigan turi;
arkheologiya qidiruvlari — arkheologiya tadqiqotining arkheologiya obekti madaniy qatlamining emirilishi bilan bogliq bulmagan (madaniy qatlam qalinligini aniqlash uchun cheklangan qazishmadan tashqari) va arkheologiya obektini aniqlash, kharitalashtirish, uning chegaralarini belgilash, izohlash, tekshirish, shuningdek ilgari aniqlangan arkheologiya obekti tugrisida zamonaviy malumotlarni olish maqsadida amalga oshiriladigan turi;
ilmiy hisobot — ochiq varaq va rukhsatnomaga muvofiq amalga oshirilgan arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratining natijalari tugrisida tuliq malumot beruvchi hujjat;
ochiq varaq — arkheologning professional darajasini tasdiqlovchi va unga arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;
rukhsatnoma — ochiq varaq olgan arkheologga arkheologiya obektida arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.
4-modda. Arkheologiya merosi obektlariga bulgan mulk huquqi
Arkheologiya merosi obektlariga bulgan mulk huquqi davlatga tegishlidir.
Arkheologiya ashyolari operativ boshqarish huquqi asosida fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyilishi mumkin.
Arkheologiya merosi obektlari moddiy madaniy meros obektlari sirasiga kiradi.
2-bob. Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi
5-modda. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yunalishlarini amalga oshiradi;
arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish va arkheologiya tadqiqotlarini qullab-quvvatlash buyicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Arkheologiya ashyolari davlat katalogi tugrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
arkheologiya ashyolarini Arkheologiya ashyolari davlat katalogida ruykhatdan utkazish tartibini belgilaydi;
arkheologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda ularni fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyish tartibini belgilaydi;
fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyilgan arkheologiya ashyolaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi makhsus vakolatli muassasani (bundan buyon matnda makhsus vakolatli muassasa deb yuritiladi) belgilaydi;
khalqaro arkheologiya tadqiqotlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tugrisida»gi Qonuni va Uzbekiston Respublikasining «Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisida»gi Qonunining 6-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda. Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
(6-moddaning nomi Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi URQ-436-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
(6-moddaning birinchi qismi birinchi khatboshisi Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi URQ-436-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)
arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va arkheologiya tadqiqotlarini qullab-quvvatlash buyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
arkheologiya ashyolarini hisobga olish va saqlash tartibini belgilaydi;
Arkheologiya ashyolari davlat katalogini yuritadi;
arkheologiya ashyolarini Arkheologiya ashyolari davlat katalogida ruykhatdan utkazadi;
Arkheologiya ashyolari davlat katalogida ruykhatdan utkazilgan arkheologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish tugrisida qaror qabul qiladi;
rukhsatnoma berish tartibi va shartlarini belgilaydi;
rukhsatnoma beradi;
berilgan har bir rukhsatnoma buyicha ilmiy hisobot qabul qiladi;
ilmiy hisobotlar arkhivini yigadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi URQ-436-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)
7-modda. Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi makhsus vakolatli muassasa
Makhsus vakolatli muassasa:
fan, madaniyat va talim muassasalarida amalga oshiriladigan arkheologiya tadqiqotlarini muvofiqlashtiradi;
arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini amalga oshirish tartibini tasdiqlaydi;
arkheologiya obektlarida makhsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
arkheologiya obektlarida makhsus asbob-uskunalardan foydalanish uchun makhsus rukhsatnoma beradi;
uziga biriktirib quyilgan arkheologiya ashyolari hisobga olinishi va saqlanishini taminlaydi;
ilmiy hisobotni tuzish, ekspertizadan utkazish va undan foydalanish tartibini tasdiqlaydi;
ochiq varaq berish tartibi va shartlarini, uning shakllari namunalarini tasdiqlaydi;
ochiq varaq beradi;
berilgan har bir ochiq varaq buyicha ilmiy hisobot qabul qiladi;
ilmiy hisobotlar arkhivini yigadi;
arkheologiya merosi obektlarining tarikhiy-madaniy ekspertizasini utkazishda qatnashadi.
Makhsus vakolatli muassasa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari uz hududlari doirasida:
arkheologiya merosi obektlari lozim darajada muhofaza qilinishi va saqlanishi uchun shart-sharoitlarni taminlaydi;
arkheologiya merosi obektlarining but saqlanishi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheologga arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini tashkil etishda yordam beradi;
er qazish, er tuzish, qurilish, meliorasiya, khujalik, yulsozlik ishlari va boshqa ishlar uchun er uchastkalari ajratilishini loyihalashtirishda arkheologiya obektlarini saqlash talablariga rioya qilinishini qonun hujjatlariga muvofiq taminlaydi;
fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolarni arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish, saqlash hamda targib qilishga doir tadbirlar utkazishga ikhtiyoriy asosda jalb etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi «Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisida»gi Qonunining 9-moddasi va Uzbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati tugrisida»gi Qonuni.
3-bob. Arkheologiya merosi obektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanish
9-modda. Arkheologiya obektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini taminlash va ulardan foydalanish
Arkheologiya obektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini taminlash va ulardan foydalanish madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisida»gi Qonuni.
10-modda. Arkheologiya obektini Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga kiritish
Arkheologiya obektini Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga kiritish madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Uzbekiston Respublikasi madaniy meros obektlari davlat kadastrini yuritish tartibi tugrisida»gi nizom.
11-modda. Arkheologiya yodgorligini Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastridan chiqarish
Arkheologiya yodgorligini Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastridan chiqarish uning uzil-kesil arkheologiya tadqiqotidan keyingina madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
12-modda. Arkheologiya ashyolarini davlat hisobiga olish va saqlash
Arkheologiya ashyolarini davlat hisobiga olishga ularni aniqlash, batafsil tavsifi bilan ularning ruykhatini tuzish, ilmiy va madaniy qimmatini aniqlash, ilmiy hisobot taqdim etish, arkheologiya ashyolarini Arkheologiya ashyolari davlat katalogida ruykhatdan utkazish, fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyilgan arkheologiya ashyolarini hisobga olish kiradi.
Arkheologiya ashyolarini saqlash ularning but saqlanishini taminlash uchun moddiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyilgan arkheologiya ashyolarini hisobga olish va saqlash Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
(12-moddaning uchinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi URQ-436-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)
13-modda. Arkheologiya ashyolari davlat katalogini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Arkheologiya ashyolari davlat katalogini Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yuritadi.
(13-moddaning birinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi URQ-436-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)
Yuridik shakhslarning arkheologiya ashyolariga bulgan fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, uzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari mazkur harakatlar Arkheologiya ashyolari davlat katalogida ruykhatdan utkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.
14-modda. Arkheologiya ashyolarini Arkheologiya ashyolari davlat katalogida ruykhatdan utkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Arkheologiya ashyolarini Arkheologiya ashyolari davlat katalogida ruykhatdan utkazish Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-moddaning matni Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi URQ-436-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)
15-modda. Arkheologiya ashyolari davlat katalogida ruykhatdan utkazilgan arkheologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish
Arkheologiya ashyolari davlat katalogida ruykhatdan utkazilgan arkheologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish mumkin emas, ularning yuqolishi, emirilishi yoki boshqa arkheologiya ashyolariga ayirboshlanishi hollari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Arkheologiya ashyolari davlat katalogida ruykhatdan utkazilgan arkheologiya ashyolarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tasarrufdan chiqarish tugrisidagi qaror Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi URQ-436-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)
16-modda. Arkheologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyish
Arkheologiya ashyolari ularni Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyish uchun davlatga topshirilishi kerak.
Ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheolog arkheologiya ashyolari davlatga topshirilishiga qadar ularning but saqlanishini taminlashi lozim.
Arkheologiya ashyolari davlatga topshirilganidan keyin ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheologga topshirilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat beriladi.
Arkheologiya ashyolarini fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyish tugrisida qaror qabul qilinayotganda, mazkur muassasalarda moddiy-tekhnika bazasining, shu jumladan, khona yoki khonalar, saqlash uchun zarur asbob-uskunalar, muhofaza vositalari hamda yonginga qarshi vositalarning mavjud bulishi majburiy shart hisoblanadi.
Arkheologiya ashyolari ular aniqlangan joyda qoldirilgan taqdirda, ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheolog madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organ bilan birgalikda mazkur ashyolarni konservasiyalash chora-tadbirlarini kurishlari lozim. Bunda mazkur arkheologiya ashyolari tavsiflanishi, suratga olinishi va ilmiy hisobotda kursatib utilishi kerak.
17-modda. Fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyilgan arkheologiya ashyolaridan foydalanish
Fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyilgan arkheologiya ashyolaridan foydalanishga faqat quyidagi maqsadlarda yul quyiladi:
ilmiy, madaniy, talim va marifiy faoliyat;
arkheologiya ashyolarini elon qilish.
Fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyilgan arkheologiya ashyolaridan foydalanish tartibi Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
18-modda. Arkheologiya ashyolarini asrash chora-tadbirlari
Arkheologiya ashyolarini asrash chora-tadbirlari konservasiyalash, tamirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini uz ichiga oladi.
Arkheologiya ashyosini konservasiyalash — arkheologiya ashyosini mavjud kurinishida asrash va uning holati yomonlashuvining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Arkheologiya ashyosini tamirlash — arkheologiya ashyosining tarikhiy va estetik qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning but saqlanishini taminlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Arkheologiya ashyosini rekonstruksiya qilish — butunlay yoki qisman shikastlangan arkheologiya ashyosini tiklash buyicha uning saqlanib qolgan asl bulaklarini imkon boricha aniqlashtirish maqsadida, biroq kiritilgan tuldirishlar yaqqol bilinib turadigan tarzda amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Arkheologiya ashyosini konservasiyalash, tamirlash va rekonstruksiya qilish ishlari mazkur arkheologiya ashyosi biriktirib quyilgan fan, madaniyat va talim muassasasi mamuriyatining qarori asosida amalga oshiriladi.
19-modda. Arkheologiya ashyolarini Uzbekiston Respublikasidan olib chiqish
Arkheologiya ashyolari Uzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Arkheologiya ashyolarini Uzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha olib chiqish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tugrisida» Qonuni va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi tugrisida»gi nizom.
4-bob. Arkheologiya merosi obektlarining arkheologiya tadqiqoti
20-modda. Arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini amalga oshirish shartlari
Arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazorati uz tasis hujjatlarida arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini amalga oshirish nazarda tutilgan davlat muassasalari hamda tashkilotlari tomonidangina makhsus vakolatli muassasa belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Ular ishlarning sifatli bajarilishi, ilmiy hisobotning uz vaqtida taqdim etilishi va sifati uchun javobgar buladi.
Arkheologda ochiq varaq va rukhsatnoma mavjud bulgandagina arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini amalga oshirishga yul quyiladi. U arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratiga bevosita rahbarlik qilishi shart.
Arkheologiya obektida qazishmalarni uzboshimchalik bilan amalga oshirish taqiqlanadi. Bunday harakat davomida qulga kiritilgan arkheologiya ashyolari davlat mulkiga topshirilishi kerak.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 196-moddasi.
21-modda. Arkheologiya qazishmalarini rejalashtirishdagi ustuvorlik
Arkheologiya qazishmalarini rejalashtirishda ustuvorlikka rioya qilinishi lozim bulib, bunday ustuvorlikka muvofiq arkheologiya qazishmalari, avvalo, tabiiy emirilish va qonun hujjatlariga muvofiq har qanday boshqa harakatlar hamda holatlar khavf tugdirayotgan arkheologiya obektlarida yoki arkheologiya yodgorliklarida amalga oshiriladi.
22-modda. Ochiq varaq va rukhsatnoma berish tartibi hamda shartlari
Ochiq varaq berish tartibi va shartlari, uning shakllari namunalari makhsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Rukhsatnoma berish tartibi va shartlari Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi URQ-436-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)
23-modda. Ochiq varaqning shakllari va amal qilish muddati
Arkheologiya tadqiqotlarining khususiyatiga qarab ochiq varaq quyidagi shakllarga ega buladi:
arkheologiya qazishmalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-shakl;
uncha katta bulmagan maydonlarni (bir arkheologiya obektida 20 kv. metrgacha) qazib ochgan holda arkheologiya qidiruvlarini amalga oshirish va arkheologiya merosi obektlarining tarikhiy-madaniy ekspertizasini utkazish hamda arkheologiya nazoratini amalga oshirish doirasida er uchastkalarini tadqiq etish huquqini beruvchi 2-shakl;
arkheologiya obektida biron-bir er qazish ishlarini bajarmagan holda, arkheologiya qidiruvlarini amalga oshirish (bundan ochilib qolgan joylarda cheklangan tozalash ishlari mustasno) huquqini beruvchi 3-shakl;
er qazish, qurilish ishlari chogida emirilayotgan yoki avariya holatida bulgan arkheologiya obektida uning emirilishi khavfini bartaraf etish maqsadidagi muhofaza-qutqaruv qazishmalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 4-shakl.
1 va 4-shakllar buyicha ochiq varaqlar muayyan arkheologiya obektlarida arkheologiya qazishmalarini amalga oshirish uchun beriladi.
2 va 3-shakllar buyicha ochiq varaqlar Uzbekiston Respublikasining tegishli mamuriy-hududiy birligi va zarur bulgan hollarda, muayyan arkheologiya obekti kursatilgan holda, arkheologiya qidiruvlarini amalga oshirish uchun beriladi.
Berilgan sanasidan qati nazar, ochiq varaqning amal qilish muddati kalendar yilning sunggi kunida tugaydi.
24-modda. Ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheologning huquqlari
Ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheolog:
arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini ochiq varaqda belgilangan doirada amalga oshirish;
arkheologiya obektining emirilishiga olib kelayotgan har qanday harakatlarni tukhtatish talabi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlariga murojaat qilish;
uzi aniqlagan arkheologiya ashyolarining arkheologiya tadqiqoti va ilmiy ekspertizasini utkazish huquqiga ega buladi.
Ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheolog qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bulishi mumkin.
25-modda. Ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheologning majburiyatlari
Ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheolog:
rukhsatnomani madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organda ruykhatdan utkazishi;
arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini ochiq varaqda belgilangan doirada amalga oshirish tartibiga rioya qilishi;
arkheologiya qidiruvlari va arkheologiya nazoratini amalga oshirishda arkheologiya obektida aniqlangan emirilishlar tugrisida madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organga bir haftalik muddatda yozma shaklda khabar berishi;
arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan ilgari nomalum bulgan arkheologiya obektlari va arkheologiya ashyolari tugrisida madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organga yozma shaklda khabar berishi;
batafsil tavsifi (materiali, ulchamlari, sanasi va boshqalar) bilan har bir arkheologiya ashyosining ruykhatini tuzishi;
arkheologiya obektining birlamchi konservasiyasi va but saqlanishini taminlashi;
arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan arkheologiya ashyolarini Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlatga topshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ochiq varaqning amal qilish muddati tugaganidan sung, biroq kelgusi kalendar yilning birinchi choragi tugashidan kechiktirmasdan tegishincha Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hamda makhsus vakolatli muassasaga ilmiy hisobot taqdim etishi shart.
(25-moddaning birinchi qismi tuqqizinchi khatboshisi Uzbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi URQ-436-sonli Qonuni tahririda — UR QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)
Ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheolog zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bulishi mumkin.
26-modda. Arkheologiya obektlarida makhsus asbob-uskunalardan foydalanish
Arkheologiya obektlarida makhsus asbob-uskunalardan foydalanishga makhsus vakolatli muassasa tomonidan berilgan makhsus rukhsatnoma mavjud bulgandagina yul quyiladi.
Arkheologiya obektlarida makhsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlari makhsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi.
27-modda. Fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyilgan arkheologiya ashyolarining arkheologiya tadqiqoti
Fan, madaniyat va talim muassasalariga biriktirib quyilgan arkheologiya ashyolarining arkheologiya tadqiqoti Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
28-modda. Ilmiy hisobot tuzishga doir talablar
Ilmiy hisobotda arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan va (yoki) tadqiq etilgan arkheologiya merosi obektlari tugrisidagi tuliq malumotlar matn va chizma kurinishida taqdim qilinishi kerak.
Ilmiy hisobotga arkheologiya ashyosi davlatga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
Ilmiy hisobot muddatsiz saqlanishi lozim.
Ilmiy hisobotning rasmiylashtirilishi, mazmuni va ilovasiga, uni taqdim etish muddatiga doir talablar, shuningdek ilmiy hisobotni ekspertizadan utkazish tartibi makhsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi.
Uzbekiston Respublikasi hududidagi arkheologiya tadqiqotlari tugrisida tegishli hujjatlarga ega bulgan yuridik shakhslar makhsus vakolatli muassasaning yozma suroviga kura mazkur hujjatlarning asl yoki kuchirma nuskhalarini taqdim etishi shart.
Ochiq varaq va rukhsatnoma olgan arkheologning ilmiy hisobotga bulgan mualliflik huquqi qonun hujjatlariga muvofiq taminlanadi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tugrisida»gi Qonuni.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29-modda. Arkheologiya merosi obektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanishni moliyalashtirish
Arkheologiya merosi obektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanishni, shuningdek arkheologiya qidiruvlari, arkheologiya qazishmalari va arkheologiya nazoratini moliyalashtirish Uzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablaglari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
30-modda. Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi khalqaro hamkorlik
Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi khalqaro hamkorlik Uzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va khalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
31-modda. Nizolarni hal etish
Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
32-modda. Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Arkheologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shakhslar belgilangan tartibda javobgar buladi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik tugrisidagi kodeksining 64-moddasi va Uzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi.
33-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bulgan uz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta kurib chiqishlari va bekor qilishlarini taminlasin.
34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2008 yil 14 oktyabrdagi 200 (4863)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009 yil 13 oktyabr,
URQ-229-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2009 y., 42-son, 448-modda; 2017 y., 24-son, 487-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.