Artel canton fair 2017 xalkaro korgazmasida katnashdi — ozbekiston

Artel canton fair 2017 xalkaro korgazmasida katnashdi — ozbekiston

Artel canton fair 2017 xalk’aro ko’rgazmasida k’atnashdi — o’zbekiston

Artel — eng yirik milliy maishiy texnika ishlab chik’aruvchisi bo’lib, Xitoyning Guanchjou shahridagi 121-Canton Fair 2017 xalk’aro ko’rgazmasida o’z ekspozisiyasini muvaffak’iyatli ravishda namoyish etdi. Canton Fair dunyodagi eng yirik import-eksport mahsulotlari ko’rgazmasi o’z eshiklarini 15 aprel kuni 24 mingdan ortik’ xorijiy va milliy korxonalarga ochdi. Artel o’z texnikasini Germaniya, YAponiya, Koreya, Rossiya, Polsha, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya kabi davlatlarning etakchi kompaniyalari bilan birgalikda namoyish etmok’da.
Kompaniya joriy yilda ko’rgazmada barcha turdagi maishiy texnikani muvaffak’iyatli ravishda namoyish etdi. Gaz plitalari, muzlatgichlar, kondisionerlar, televizorlar, mini-pechlar, changyutkichlar, mikroto’lk’inli pechlar, kir yuvish mashinalari, mobil telefonlar va boshk’a texnikalar shular jumlasidandir.
Bugungi kunda Canton Fair — keng ko’lamli xalk’aro savdo yarmarkasi bo’lib, u ishchi alok’alarni kengaytirish va mustahkamlash uchun asos bo’lib xizmat k’iladi. YArmarka bir yilda ikki marta o’tkazilib, 1 mln. kv. m. bo’lgan ko’rgazma majmuasida 210 davlatdan ortik’ taxminan 200 ming xorijiy mijozlarni jamlaydi. Artel uchun bunday ko’lamdagi ko’rgazmada ishtirok etish — yaxshi imkoniyat bo’lib, bu nafak’at o’zi hak’ida butun dunyoga ma’lumot berish uchun, balki yangi hamkorlarni topish va uzok’ muddatli hamkorlik kelishuvlarini yo’lga k’o’yishga ham imkon beradi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, bu Artel kompaniyasining Canton Fair xalk’aro ko’rgazmasidagi birinchi ishtiroki emas. Kompaniya avvalgi ishtirok yakunlari bo’yicha hamkorlik hak’ida ko’plab takliflarni olmok’da. Artel savdo markasiga ortib borayotgan bunday k’izik’ish ishlab chik’arilayotgan mahsulot sifati o’sib borayotgani va tobora jahon standartlari normalariga mos kelayotganini tasdik’laydi.
Reklama huk’uk’i asosida.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.