Artel kondisionerini tanlaymiz afzalliklar yangiliklar — ozbekiston

Artel kondisionerini tanlaymiz afzalliklar yangiliklar — ozbekiston

Artel kondisionerini tanlaymiz: afzalliklar, yangiliklar — o’zbekiston

Mahalliy bozordagi turli-tuman mahsulotlar orasida o’ziga mosini tanlab olish vazifasi har bir xaridor uchun juda muhim. Aynik’sa, issik’ yoz yak’inlashishi bilan kondisioner tanlash mavsumning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanadi. Artel kompaniyasi mamlakatimiz aholisini 6 yildan beri sifatli va hamyonbop maishiy texnika bilan ta’minlab kelmok’da. Har yil ushbu korxona texnikasini minglab iste’molchilar xarid k’iladi va aynan shuning uchun Artel xalk’ tanlovi deb bejiz aytilmaydi. Artel kompaniyasi xaridorlar bilan mulok’ot olib borishdi ko’p yillik tajribaga ega bo’lgani uchun kondisioner tanlash borasida o’z tavsiyalarini taklif k’iladi.
Birinchi navbatda, o’zingizga: «Aynan k’aysi xonaga sovutish k’urilmasini o’rnatmok’chiman?» — degan savolni berishingiz zarur. Sababi xonalarning maydoniga k’arab har xil kuchga ega bo’lgan kondisioner tanlash lozim. Shuningdek xonadagi kishilar soni hamda asbob-uskunalar (maishiy texnika, kompyuterlar) mik’dorini ham e’tiborga olish darkor.
Muhim jihat: agarda xona binoning k’uyoshli tomonida joylashgan yoki xonadagi derazalarning hajmi katta bo’lsa, sovutish k’uvvati kuchlirok’ uskunani xarid k’ilish ma’k’ul.
Artel devor osma kondisionerlari 4 ta turkumga bo’linadi. 9000/12000/18000/24000 — ushbu ko’rsatilgan rak’amlar esa uskunaning sovuk’lik ishlab chik’arish k’uvvatini BTEda ko’rsatib beradi (BTE, bu — issik’lik k’urilmalari k’uvvatini anik’lashda k’o’llaniluvchi energiya o’lchash birligi). Sovuk’lik k’uvvati, bu — konsidionerning issik’ havo hajmini sovuk’ havoga aylantirish imkoniyatidir. Aynan shu ko’rsatkich sovutish tizimining kuchini anik’lab beradi. Artel zavodlarida ik’lim sinovchi laboratoriyalarining mavjudligi elektrotexnika parametrlarining ko’rsatilgan xususiyatlari hak’ik’atga mos kelishini tekshirish imkoniyatini yaratib beradi. Shuning uchun Artel kondisionerlarini tanlayotganda, ko’rsatilgan texnik ma’lumotlar ishonchli ekaniga amin bo’lishingiz mumkin.
Agarda sizning oldingizda katta maydonga ega bo’lgan xonani sovutish masalasi tursa, e’tiboringizni ustunli modellarga k’aratishingiz lozim. Artel kondisionerlarining assortimentida sovutish maydoni 80 dan 190 kvadrat metrgacha bo’lgan ustunli modellardan iborat.
Kondisioner tanlovidagi yana bir muhim omil — uning energosamaradorligidir. Zamonaviy sovutish tizimlari invertor texnologiyaga ega bo’lib, bu oddiy modellarga k’araganda elektr k’uvvatini 30 foizga tejash imkonini beradi. Gap shundaki, oddiy (on-off) split tizimlarda xona haroratini ko’rsatilgan darajaga etkazish uchun motor to’la k’uvvatda ishlaydi, erishilgan natijadan so’ng u o’chadi. Invertor texnologiya esa kompressorning to’xtovsiz ishlashiga asoslangan, uning k’uvvati xonadagi haroratdan kelib chik’k’an holda nazorat k’ilinadi.
Wi-Fi ork’ali boshk’arish — bu kondisionerlardagi foydali funksiya bo’lib, sizga uyingizdagi haroratni nafak’at router ishlovchi hududda, balki dunyoning istalgan erida uyali alok’a tarmog’i yoki GPRS, 3G,4G yordamida nazorat k’ilish imkoniyatini yaratib beradi. Artel kondisionerlarining Shahrisabz va Inverter seriyasidagi modellarida bunday funksiya mavjud.
Bu mavsumda Artel o’z iste’molchilarini yana bir yangilik — mobil kondisioner bilan hayratga solishga tayyor. Mobil kondisioner tashk’i blokka ega emas, shu tarik’a uni istalgan xonaga derazadan uncha uzok’ bo’lmagan masofada k’iyinchiliksiz o’rnatish mumkin. Natijada siz ortik’cha tashvishlarsiz uni olib kelish va o’rnatish imkoniga egasiz, shu bilan birgalikda sovutish uskunasining betakror tashk’i k’iyofasi xonadoningiz ko’rkiga ko’rk bag’ishlaydi.
Sovutish tizimini tanlash jarayonida e’tiboringizni past kuchlanishda ishlash imkoniyatiga ega bo’lgan modellarga k’aratishingizni tavsiya k’ilamiz. Jahonning etakchi ishlab chik’arish korxonalarining yuk’ori sifatli kompressorlari tufayli Artel kondisionerlari past kuchlanishda ishlashga va undagi o’zgarishlarga bark’aror ravishda moslashish xususiyatiga ega.
Ta’kidlab o’tish joizki, Artel kompaniyasi barcha yirik maishiy texnika uchun 3 yil bepul to’lik’ kafolatga ega. Shuningdek, butun respublika bo’ylab 31 tadan ortik’ servis markazlari mavjud. Bugungi kunda kondisionerlarni o’rnatish va ta’mirlash bo’yicha 1000 dan ortik’ mutaxassisga sertifikat berildi, ular bilan hafta davomida doimiy ravishda bog’lansa bo’ladi. Shu tufayli Artel texnikasi iste’molchilari istalgan vak’tda yuk’ori malakali mutaxassislarga murojaat k’ilishlari va kerakli yordamni olishlari mumkin.
Kondisioner tanlovi, bu — muhim masala, sababi u ofisdagi ish sermahsulligi va uydagi osoyishtalikka to’g’ridan-to’g’ri ta’sir k’iladi. Umid k’ilamizki, yuk’orida ko’rsatilgan barcha kondisioner jihatlari sizga aynan k’aysi model to’g’ri kelishini va shu tarik’a to’g’ri tanlovni amalga oshirishingizda ko’mak beradi.
Reklama huk’uk’i asosida.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.