Atom tuzilishi — zarralari — ozbekiston

Atom tuzilishi — zarralari — ozbekiston

Atom tuzilishi — zarralari — o’zbekiston

Yigirma yil avval ham fanda atomning tuzilishi hak’ida shunday tasavvur mavjud ediki, unga ko’ra atomni tashkil k’iluvchi eng mayda zarralar proton va neytronlar hisoblanardi. Ammo ilmiy texnologiyalarning rivojlanishi natijasida insoniyat yana bir k’izik’arli kashfiyotga ega bo’ldi. Ma’lum bo’lishicha, proton va neytronlar ham o’z navbatida yanada maydarok’ zarralardan tashkil topgan ekan. Bu zarralarni o’rganish bugungi kunda fanda yangi sohaning — elementar zarralar fizikasining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Bu zarralar kvarklar deb ataldi.
Bir ming to’rt yuz yildan buyon insoniyatni hidoyatga yo’llab kelayotgan muk’addas kitobimizda shunday oyatlarni o’k’iymiz:
«Osmonlar va erdagi bir zarra misolchalik, undan ham kichik (yoki) katta biron narsa (Alloh)dan maxfiy bo’lmas — albatta ochik’ Kitobda (ya’ni, Lavhul-Mahfuzda u) mavjud bo’lur» (Saba’, 3).
Oyati karimadagi zarra so’zini biror moddani tashkil k’iluvchi mayda zarralarga, aynan fizikada k’o’llaniladigan elementar zarralar ma’nosida ham tushunish mumkin. K’ur’oni karimda biz bilgan zarralardan ham maydarok’ zarralar borligiga ishora k’ilingan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.