Ayman hakim ozbekistonga karshi oyinda fakat galaba hakida oylaymiz — ozbekiston
Ayman hakim: o’zbekistonga k’arshi o’yinda fak’at g’alaba hak’ida o’ylaymiz — o’zbekiston
Suriya va O’zbekiston terma jamoalari o’rtasidagi JCh-2018 saralash bahsi oldidan kecha suriyaliklar bosh murabbiyi Ayman Hakim ham matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«O’zbekistonga k’arshi o’yin biz uchun katta ahamiyatga ega. Malayziyada o’k’uv-mashg’ulot yig’inini o’tkazdik, ammo o’rtok’lik o’yinida maydonga tusha olmadik. Umid k’ilaman, bu narsa ertangi o’yinda bizga katta taa??sir ko’rsatmaydi.
O’yin boshk’a shaharga, boshk’a stadionga ko’chirilgani bizga bog’lik’ bo’lgan ishlar emas. Shunga k’aramay, biz fak’at g’alaba uchun maydonga tushamiz.
To’rt yillik tanaffusdan keyin terma jamoaga k’aytgan Firas al-Hatibdan ko’p narsa kutyapman. Boisi, uning tajribasi katta.
O’zbekistonga k’arshi o’yinda g’alaba k’ozonsak, 5 kundan keyin Janubiy Koreyaga k’arshi bo’ladigan bahsda bizga k’o’shimcha kuch beradi. Shuning uchun ertaga fak’at g’alaba k’ozonishimiz kerak. Shunda millionlab suriyaliklarga xursandchilik hadya k’ilishimiz mumkinligini bilamiz», — dedi Ayman Hakim.
Eslatib o’tamiz, Suriya va O’zbekiston o’rtasidagi o’yin bugun Toshkent vak’ti bilan 17:00da boshlanadi.
Комментарии 0