Ayollarda korin paydo bolishining asosiy sabablari — ozbekiston

Ayollarda k’orin paydo bo’lishining asosiy sabablari — o’zbekiston

Ayollarda unchalik katta bo’lmagan k’orin paydo bo’lishi yok’imsiz holat. Uni fak’at k’opsifat kiyimlar yordamida yashirish mumkin. Shuning uchun ayollar k’orinda yig’ilib k’olgan yog’ k’atlamlari bilan to’xtovsiz kurash olib boradi. Parhezlar, sport zallari… Lekin bular kimgadir yordam beradi, kimga esa yo’k’. Nima uchun? Balki bu jangovar harakatlarni boshlashdan oldin uning sabablarini anik’lab olish kerakdir?
Birinchi sabab. Homiladorlik. Lekin bu holatda sport zal ham, parhez ham yordam bera olmaydi.
Ikkinchi sabab. Kuchsiz mushaklar. Bu sabab aynik’sa tug’ruk’dan keyin aktual bo’lib ketadi, lekin bu holat tug’magan k’izlarda ham yuz beradi. Agar mushaklar zaif bo’lsa, k’orin ichida joylashgan a’zolar og’irlik kuchi ta’sirida pastga tusha boshlaydi.
Uchinchi sabab. «Erkakcha» tipdagi k’omat. Agar yoshlik paytlaridan boshlab ortik’cha yog’lar k’orinda to’plana boshlagan bo’lsa, demak bu tabiatan «erkakcha» tipdagi k’omatga ega bo’lishning belgisi hisoblanadi. Buning birdan-bir chorasi kamrok’ eyish va ko’prok’ harakat k’ilishdir.
To’rtinchi sabab. K’andli diabet. Hech k’anday sababsiz semira boshladingizmi? E’tibor bering – issik’ kunlarda ham, sovuk’da ham o’zingizda haddan tashk’ari chank’ok’likni his k’ilayapsizmi? Bularning hammasi k’andli diabet kasalligining asosiy belgilari hisoblanadi. Tezda shifokorga uchrashing.
Beshinchi sabab. Uyk’u. Olimlarning anik’lashicha, k’orin kattalashishi ko’pincha uxlashni bilmaydiganlarda yuz beradi. Bir sutkada 5 soatdan kam uxlaydiganlar, shuningdek 8 soatdan ko’p uxlashni yaxshi ko’radiganlar tashk’i ko’rinishlari ork’ali jazosini tortadi. O’zingizni ochlik bilan va sport zallarida k’iynashning o’rniga me’yorida uxlashga o’rganing.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.