Ayriboshlash shokhobchalari yangi kurs buyicha valyutalarni sotib olishni boshladi — ozbekiston

Ayriboshlash shokhobchalari yangi kurs buyicha valyutalarni sotib olishni boshladi — o’zbekiston
Seshanba kuni tongdan Uzbekiston banklarining ayriboshlash shokhobchalari aholidan khorijiy valyutalarni bir kun muqaddam Markaziy bank tomonidan belgilangan yangi kurs buyicha sotib olishni boshladi.
Ayriboshlash shokhobchalarida Amerika dollarining kursi 8000 sumni tashkil etmoqda.
Valyutani sotish va sotib olish jarayoni imkon qadar soddalashtirilgan — almashtirilayotgan mablag miqdori eng kam oylik ish haqining 100 barobari (takhminan 14,977 mln sum yoki 1900 dollarga yaqin) miqdoridan oshmasa, fuqarodan pasport talab qilinmayapti.
Kun avvalida ayriboshlash shokhobchalari qarshisida mijozlar uncha kup kuzatilmagan bulsa, kun yarmiga kelib kichik navbatlar paydo bula boshladi. Aksariyat ayriboshlash shokhobchalarida fuqarolarga yangi 50 ming sumlik banknotalar berilmoqda.
Hozircha qaerlarda ayriboshlash shokhobchalari mavjudligini osonlikcha bilish qiyin. Banklar filiallari kucha peshtakhtalari yoki joriy kurs qayd etilgan kursatkichlar bilan taminlanmagan. Biroq bankirlardan birining takidlashicha, bu vaqtinchalik.
Navbatlarni tartibga solishda bank vakillari hamda ichki ishlar organlari khodimlari yordam kursatmoqda. Ular mijozlarning savollariga ehtiyotkorlik bilan javob qaytarmoqda. Ayrim filiallarda tashrif buyuruvchilarga ichimlik suvi taklif qilinmoqda.
Jismoniy shakhslarga khorijiy valyutalarni sotish avvalgidek tijorat banklarining konversion bulimlarida pul mablaglarini khalqaro tulov kartalariga utkazish orqali amalga oshirilmoqda.
Konversion kartalardan khorijda foydalanish, jumladan bankomatlardan naqd pullarni echib olishdagi cheklovlar bekor qilingan. Banklardan biridan «Gazeta. uz»ga malum qilinishicha, karta ochish uchun komission tulov 35 evrodan 100 ming sumgacha kamaytirildi, naqd pulni echib olish komission tulovi esa 1 foiz (eng kam komissiya — 4 dollar), karta orqali tulashda — 0,5 foiz va qushimcha 50 sent etib belgilandi.
Комментарии 0