Balikchilik sohasi isloh kilinadi — ozbekiston

Balikchilik sohasi isloh kilinadi — ozbekiston

Balik’chilik sohasi isloh k’ilinadi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidentining 1 maydagi k’arori bilan tashkil etilayotgan «O’zbekbalik’sanoat» assosiasiyasi balik’chilik sohasini takomillashtirish bilan shug’ullanadi. Uning tarkibidan joylarda balik’chilik sohasidagi tashkiliy tadbirlarni muvofik’lashtiruvchi 13 ta hududiy «Balik’sanoat» korxonasi o’rin olgan.
K’arorga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, balik’ chavok’lari ishlab chik’arish hamda tabiiy suv havzalari va sun’iy ko’llardan samarasiz foydalanish balik’chilik tarmog’ining eng zaif bo’g’ini hisoblanadi. Natijada sun’iy ko’llarning hosildorligi bir gektarda 20 sentnerdan oshmaydi, bu jahondagi o’rtacha ko’rsatkichlardan ancha pastdir. Balik’chilik sohasidagi ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish, intensiv texnologiyalarni keng joriy etish va balik’ etishtirishning yuk’ori texnologik usullaridan foydalanish alohida e’tiborni talab k’iladi.
Balik’ mahsulotlari ishlab chik’arishning tashkiliy-texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, balik’ chavok’larini takror ko’paytirish va ozuk’a bazani mustahkamlash, tabiiy suv havzalari va sun’iy ko’llarning resurslaridan ok’ilona foydalanish, shuningdek, balik’ etishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullarni va intensiv texnologiyalarni joriy etish «O’zbekbalik’sanoat» uyushmasining asosiy vazifalari va yo’nalishlari hisoblanadi.
Bundan tashk’ari, balik’chilik tarmog’ida ilmiy-tadk’ik’ot ishlarini yanada takomillashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, ilmiy va texnik yangiliklarni tadbirkorlik sub’ektlariga etkazish mak’sadida Balik’chilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasi Balik’chilik ilmiy-tadk’ik’ot institutiga aylantirildi va Aydar-Arnasoy ko’llar tizimida hamda respublikaning boshk’a xududlarida uning filiallarini ochish belgilandi.
Tarmok’ loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, shuningdek, maslahat, axborot-tahlil va marketing xizmatlari ko’rsatish yo’li bilan balik’chilikni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga ko’maklashish uchun k’arorda «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining investision kompaniyasini tashkil etish ma’k’ullandi va uning ulushi yangidan tashkil etilayotgan hududiy «Balik’sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining ustav fondida kamida 51 foizni tashkil etadi.
Ilmiy-tadk’ik’ot, seleksiya va naslchilik ishlarini moliyalashtirish, ozuk’alarning zamonaviy resepturalarini ishlab chik’ish va balik’chilik tarmog’iga ilg’or texnologiyalarni joriy etishda ko’maklashish, balik’larning kasalliklari profilaktikasi va ularni davolash hamda tarmok’ni rivojlantirish bo’yicha investisiya loyihalarini shakllantirish mak’sadida «O’zbekbalik’sanoat» uyushmasida Balik’chilikni rivojlantirish jamg’armasi tashkil etiladi.
«O’zbekbalik’sanoat» uyushmasini, uning hududiy «Balik’sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarini va uyushma tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslarni moliyaviy k’o’llab-k’uvvatlash mak’sadida ularga 2023 yilning 1 yanvarigacha urug’, balik’ chavok’lari va tovar balik’ etishtirishdan, balik’ mahsulotlarini tayyorlash va k’ayta ishlashdan olingan daromadlaridan yagona solik’ to’lovi to’lashdan ozod etish bo’yicha imtiyozlar berilmok’da. Bunda bo’shaydigan mablag’lar, birinchi navbatda, belgilangan tartibda balik’chilik tashkilotlarini ik’tisodiy k’o’llab-k’uvvatlashga, balik’chilik tarmog’ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va soha xodimlarini moddiy rag’batlantirishga yo’naltiriladi.
Mazkur k’aror bilan, shuningdek, balik’ etishtirish va uni k’ayta ishlash hajmlarini ko’paytirishga, balik’ chavok’lari bilan ta’minlashga, balik’ etishtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga yo’naltirilgan 2017?2021 yillarda balik’chilik tarmog’ini yanada kompleks rivojlantirish bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chik’ish va amalga oshirish bo’yicha ishchi guruh tashkil etildi. Yuk’ori mahsuldor balik’ turlarini ik’limlashtirish ishlarini ilmiy asosda tashkil etish hisobiga balik’larning afrika lak’k’asi, tilyapiya, forel, vengriya sazani va osyotr turlarini ko’paytirish yo’lga k’o’yiladi. Bu, o’z navbatida, ichki bozorlarga uzluksiz ravishda keng assortimentdagi arzon va sifatli balik’ mahsulotlari etkazib berilishini ta’minlaydi.
Shubhasiz, bu yutuk’larga erishish uchun bir k’ator kechiktirib bo’lmaydigan va amaliy vazifalarni o’z vak’tida va sifatli hal etish talab etiladi. Ular jumlasiga Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi va suv omborlaridagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chik’ish va amalga oshirish, k’afas usulida balik’ etishtirishni keng joriy etish, balik’ etishtiruvchi va balik’ ovlovchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, bugungi kunda faoliyat ko’rsatayotgan bir k’ator kasb-hunar kollejlarining ixtisoslashuvini k’ayta ko’rib chik’ish va Toshkent davlat agrar universitetida balik’chilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash fakultetini tashkil etish, bu borada xalk’aro tajribani o’rganish va balik’chilik sohasida ishlash uchun chet el mutaxassislarini jalb etish kabi masalalar kiradi.
K’arorda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi balik’chilik tarmog’ining barcha sohasini k’amrab oluvchi va uning jadal rivojlanishini ta’minlovchi yagona boshk’aruv tizimi tashkil etilishiga, yangi ish o’rinlari yaratilishiga, balik’ etishtirish hajmlarini keskin ko’paytirishga, respublika aholisining balik’ mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashga va sohaning eksport salohiyatini oshirishga ko’maklashadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.