Barcha viloyatlarda yongin xavfsizligi komissiyalari tashkil etiladi — ozbekiston

Barcha viloyatlarda yongin xavfsizligi komissiyalari tashkil etiladi — ozbekiston

Barcha viloyatlarda yong’in xavfsizligi komissiyalari tashkil etiladi — o’zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoev ichki ishlar organlari yong’in xavfsizligi bo’linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo’yicha k’arorga imzo chekdi. Bu hak’da «O’zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida xabar k’ilindi.
YOng’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha davlat va xo’jalik boshk’aruv organlari, joylardagi hokimliklar, fuk’arolarning o’zini o’zi boshk’arish organlari va boshk’a tashkilotlarning barcha darajadagi rahbarlari zimmasiga k’aramog’idagi ob’ekt va hududlarda yong’in xavfsizligi talablariga rioya etish bo’yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
K’arorda mutasaddi shaxslar har chorakda k’aramog’idagi ob’ekt va hududlarda yong’in xavfsizligi holati bo’yicha tank’idiy tahlillarni amalga oshirishi majburiyligi belgiladi.
Har chorshanba kuni yong’in profilaktikasi kuni deb belgilandi. Avvalrok’ esa Prezident taklifi bilan har payshanba kuni jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni deb e’lon k’ilingan edi.
Davlat yong’in xavfsizligi xizmatiga barcha darajadagi hokimlar bilan birgalikda sodir bo’lgan yirik yong’inlar sabablarini chuk’ur va tank’idiy tahlil k’ilish, ularning sodir bo’lish sabablarini o’rganishni tashkil etish vazifasi yuklatildi. Tahlillar natijalari bo’yicha yong’inlardan ogohlantirish bo’yicha yo’l xaritasi tasdik’lanadi.
Televidenie ork’ali yong’inlar bilan bog’lik’ hodisalarni yoritish hamda yong’inlar va ularni bartaraf etish bo’yicha tezkor reportajlarni namoyish etish rejalashtirilmok’da.
K’orak’alpog’iston Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimiyatlari k’oshida yong’in xavfsizligi komissiyalari tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifalari yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, yong’inlarni keltirish chik’aradigan sabablar va sharoitlarni anik’lash hamda bartaraf etish kabilardan iborat.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.