Barqaror qishloq khujaligi amaliyoti uchun agrotekhnologik yunalishlar — ozbekiston

Barqaror qishloq khujaligi amaliyoti uchun agrotekhnologik yunalishlar — o’zbekiston
Qishloq khujaligi Uzbekiston iqtisodiyotida eng muhim soha bulib qolmoqda va yalpi ichki mahsulotning 17 foizini tashkil etmoqda. Mamlakatning oziq-ovqatga bulgan talabini qondirish maqsadida qishloq khujaligida ishlab chiqarish va qishloq aholisini ish bilan taminlash hamda ularning daromadini oshirish muhimdir.
Uzgarib turuvchi iqlim aniq bir meyorga ega bulmagan yoginlar, sovuq qish va yozning quruq issigi ekinlar hosildorligining bir maromda oshishiga salbiy tasir etmoqda. Qishloq khujaligida ekinlar hosildorligining pasayishiga tasir etuvchi omillardan yana biri bu er va suvdan oqilona foydalanilmaslikdir. Irrigasiya tarmoqlaridan samarali foydalanishning nisbatan pastligi va katta hajmdagi irrigasiya tizimlarining ishlamasligi erlarning meliorativ holatining yomonlashuviga, suvdan samarasiz foydalanuvga olib kelmoqda.
Suvni boshqarish va undan samarali ravishda foydalanish uchun sugorish tekhnologiyalarini fermer khujaliklarida turli suv manbalaridan (yogingarchilik, qushimcha suvlar va suvning alternativ manbalari) foydalanilgan holda amalga oshirilishi, asosiy ekinlar uchun ozuqa elementlari va tuproq unumdorligini saqlash va kelajakda oshirish ekinlar khilma-khilligi (ekinlar diversifikasiyasi) buyicha qilinadigan ishlarning birgalikda olib borilishi ekinlar hosildorligini malum darajada oshishiga sabab buladi. Uzbekiston Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi «2016?2020 yillarda qishloq khujaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarori va mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun guza va kuzgi bugdoy maydonlari 220 ming gektarga qisqartiriladi va ulardan bushagan erlarga sabzavot, poliz, em-khashak ekinlari va intensiv tipdagi mevali darakhtlarni joylashtirish rejalashtirilgan.
Birlashgan millatlar tashkilotining oziq ovqat va qishloq khujaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 2004 yildan beri amalga oshirilayotgan tuproq va suvdan unumli foydalanish hamda ekinlar khilma-khilligi buyicha olib borilayotgan ishlar qaror va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu loyihalar muayyan darajada khizmat qilmoqda. Bu ilmiy amaliy ishlar asosan ishlab chiqarish sharoitida er va suvdan foydalanishdagi muammolarni echishda ekinlar mahsuldorligini oshirish baroborida tuproq unumdorligini saqlash, ozuqa elementlari va suvdan samarali ravishda foydalanishni oshirishga qaratilgan. Olingan natijalar shuni kursatmoqdaki, yangi namoyish etilayotgan yakhshilangan tekhnologiyalar evaziga er va suvdan foydalanish hisobiga ekinlarning mahsuldorligini oshirish mumkin, qishloq aholisining daromadlarini hamda oziq-ovqat khavfsizligini taminlash va mintaqani tabiiy zahiralarini saqlash hamda qishloq khujaligining barqarorlashuviga olib keldi.
FAO uz etiborini lalmi va sugoriladigan erlarda fermerlar daromadini oshirish yani qishloq khujaligi ishlab chiqarishda ekilayotgan ekinlarning hosildorligini barqaror ravishda oshirish buyicha ishlarni joriy etgan. Tavsiya etilgan tekhnologiyalar fermerlar tomonidan qabul qilinib, ularning qatnashuvida katta maydonlarga joriy etilmoqda. Qushimcha ravishda FAO tomonidan 2017 yil martdan uz ishini boshlagan «Qishloq khujaligi ekinlarini diversifikasiya va intensifikasiya qilish» loyihasi yuqorida boshlangan ishlarni davom ettirishni uz oldiga maqsad qilib quygan.
Agdarib haydash va ananaviy chuqur shudgorlashga asoslangan qishloq khujaligidani agrotekhnik tadbirlar tuproq holatining yomonlashuviga olib kelganligiga qaramay, qishloq khujaligida shunday tushuncha borki, unga asosan agdarib haydash bilan chuqur khaydash yuqori hosildorlik garovi deb hisoblanadi. Lekin, shuni takidlash joizki, katta mablag sarflab kam foyda olish emas, balki kam kharajat qilib kup foyda olish tugrisida uylab kurish vaqti etdi. Jahon amaliyotida resurslarni tejagan holda qishloq khujalik ekinlaridan yuqori hosil olayotgan mintaqalar soni yildan yilga oshib bormoqda.
Uzbekistonda tugridan-tugri ekish tekhnologiyasini guza qator orasiga kultivator yoki disk bilan erni tayyorlab bugdoy ekish tekhnologiyasining urniga qullash mumkin. Hozirgi vaqtda kultivator bilan ekilayotgan maydonlarda bugdoyning ekish meyori ancha yuqoridir (250 kg/ga). FAO tomonidan amalga oshirilgan turli loyihalarda ekish meyorini kamaytirish va fermerlarning iqtisodini kutarishda bir qancha izlanishlar olib borilgan. Pakhtasi ikki-uch marta terib olingan guza dalalarida tugridan-tugri ekish seyalkasida ekilganda anaanaviy ekish usuliga qaraganda yuqori hosil berishi bilan birgalikda qushimcha daromad ham keltirmoqda. Bunda tugridan-tugri ekish seyalkasidan kuzgi bugdoy, kungaboqar, kunjut, guza kabi bir qator qishloq khujalik ekinlarini ekishda foydalanildi. Chet eldan keltirilgan tugridan-tugri ekish seyalkalarining ish unumdorligi hamda uning iqtisodiy kursatkichlari eskidan ishlatilib kelinayotgan (SZ-3,6) seyalka kursatkichlari bilan taqqoslangan va quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Agar mazkur qishloq khujalik mashinalari (tugridan-tugri ekadigan seyalkalar) Uzbekistonda ishlab chiqarilsa, fermerlar ekinlarni etishtirishdan yanada kuproq foyda olgan bular edi.
Ananaviy seyalka bilan ekish usulida shudgorlash, molalash, chizellash va ekish kabi bir necha tekhnologik jarayonlar bajarilib, galla SZ-3,6 rusumdagi seyalka bilan ekilganda 100 gektar ekin maydoni uchun 7360 litr yoqilgi moylash materiallari sarflangan bulsa, tugridan-tugri ekish imkonini beruvchi yangi seyalka bilan bugdoy ekilganda esa bir getar ekin maydoni hisobiga 860 litr (10 marta kamroq) yoqilgi moylash materiallari sarf qilingan. Yani, 100 gektar ekin maydoni hisobiga tejab qolingan neft mahsulotlari miqdori 6500 litrni tashkil etgan.
Agarda tejab qolingan neft mahsulotlariga, qushimcha ravishda ish haqi va traktorlar amortizasiyasi sarfini ham qushadigan bulsak, bir gektar maydon hisobidan fermerning tejamkorlik khisobiga oladigan foydasi miqdori ancha salmoqli bulishi kurinib turibdi. Shuningdek, ekin maydoniga tuproqqa ishlov berish uchun traktorlar kirishi soni kamayishi hisobiga tuproq zichlashishi jarayoni ancha kechikishi, yana qushimcha ravishda ekinlar hosildorligi ortishi degani.
Khuddi shunga ukhshash natijalar pushtaga ekilgan kuzgi bugdoyda ham olingan hamda bu usulda urug sarfi 50 foiz kamaygan va suv sarfi esa 30 foiz kamayganligi kuzatildi. Pushtaga ekuvchi seyalka bilan ekilgan jukhorida suv sarfi (Uzbekistonda suvdan foydalanish juda muhim omildir) 32 foizgacha kamayganligi tajriba natijalariga kura aniqlandi. Pushtaga ekish tekhnologiyasi kuzgi bugdoy, makkajukhori, jukhori va boshqa ekinlarda sinab kurildi olingan natijalar esa kelajakka ishonch bilan qarashga undaydi. Pushtaga ekadigan seyalkalar Uzbekistonda ishlab chiqilsa, uning joriy etilish maydoni oshishiga sabab bular edi.
Turli modifikasiyaga ega bulgan seyalkalarning iqtisodiy samaradorligi
Bajariladigan agrotadbirlar nomi
Ishlatilgan tekhnika va uskunalar
YOqilgi sarfi, (l/ga)
Mehnat unumdorligi, (ga/soat)
Mehnat sarfi, 100 ga uchun (kishi/soat)
Ananaviy ekish usuli kursatkichlari
Erni shudgorlash
Magnum
40
1,0
100,0
Erni molalash
Magnum
25
4,0
32,4
Urug ekish
TTZ-80/1 SZ-3.6
8,6
5,5
15,4
Jami 100 ga maydon uchun
kh
7360
—
147,4
Tugridan-tugri ekish usuli kursatkichlari
Urug ekish
TTZ-80/1 SA-11500
8,6
4,1
21,4
Jami 100 ga maydon uchun
kh
860
—
21,4
100 gektar ekin maydoni hisobiga
Tejab qolingan resurslar miqdori
kh
7500
kh
161,9
Uzbekistonda ishlab chiqarish sharoitida takroriy ekin sifatida dukkakli va boshqa ekinlarning ekilishi guza-bugdoy navbatma navbat ekish tizimida qullanilishi mumkin bulgan muhim bir yunalish hisoblanadi. Uzbekistonda dukkakli ekinlardan mosh, soya va loviyani kuzgi bugdoy urib olingandan keyin uning urniga ikkinchi ekin sifatida ekish va ulardan 1.5?2 t/ga hosil olish mumkin. Dukkakli ekinlardan tashqari, makkajukhori, kunjut, poliz, sabzi va boshqa sabzavot ekinlarining etishtirilishi Uzbekistonda ekinlar diversifikasiyasi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan dukkakli ekinlardan mosh iqtisodiy jihatdan Uzbekistonning barcha mintaqalarida ustunlikka ega. Malumki, dukkakli ekinlar tuproqni azot bilan boyitadi shuning uchun ham ular qishloq khujaligida tuproqni muhofaza qilish va resurs tejovchi tekhnologiyalar uchun juda muhim hisoblanadi. Azot tuplashdan tashqari bu ekinlarning tuproq sifatini oshirishi ekinlarga ijobiy tasir etadi. Tuplangan azot esa keyingi yilda etishtiriladigan ekinlarning usuv davrida azotga bulgan talabini pasaytiradi bu esa ekinlarni etishtishirishga ketadigan kharajatlarning kamayishiga sabab buladi.
Fargona vodiysida sabzi juda katta iqtisodiy samara keltiruvchi ekin hisoblanib, hosildorligi va bozordagi narkhlarining yuqoriligi bilan boshqa ekinlardan ajralib turadi. Uzbekistonda bu ekin qadimdan eng kup foydalaniladigan sabzavot ekini bulib, har bir oila uni juda kup miqdorda istemol qiladi. Sabzi kuproq qul kuchi talab etadigan ekin hisoblanadi, shuning uchun ham uning hosildorlgi mamlakat miqyosda ancha kam. Respublikada chorva mollari uchun makkajukhori takroriy ekin sifatida fermerlar tomonidan juda katta maydonlarda etishtirilmoqda. Chorvachilikda hamisha em-khashak va don ekinlariga bulgan talabning katta bulganligi sababli, makkajukhori katta maydonlarda ekilmoqda.
Shuni takidlash lozimki, 2017 yilda kuzgi bugdoy urilgan maydonga takroriy ekin sifatida ekiladigan ekinlar soni va maydoni utgan yillarga nisbatan ancha kup buldi. Bunga esa asosiy sabab Uzbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy ekinlarni ekish tashkil qilish buyicha chiqargan qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Hukumatning yuqorida qayd etilgan qarori respublikamizda qishloq khujaligi mahsulotlarini avvalgi yillarga qaraganda ancha kup miqdorda ishlab chiqarishga eirishildi. Bu esa uz navbatida qishloq khujalik mahsulotlari eksportinig oshishiga sabab bulgan bulsa ikkinchi tomondan ichki bozorni turli don va dukkakli don ekinlari bilan tuldirilshiga va shuningdek ozuqa ekinlariga bulgan talabni ham qondirilishiga erishildi.
Khulosalar
Uzbekistonda er va suvdan oqilona foydalanishda qishloq khujaligida tuproqni muhofaza qilish va resurs tejovchi tekhnologiyalar juda muhim iqtisodiy soha hisoblanadi. Tupoqni haydashni umuman kerak emas deb aytishdan biz yiroqmiz. Lekin shuni alohida takidlash joizki, yuqori hosil faqatgina erni chuqur haydash orqali olinadi deb aytish ham notugri. Tuproq unumdorligini belgilovchi omillardan biri bulgan yomgir chuvalchanglarining tuproqlarimizda kamayib ketayotganligini aksariyat qishloq khujaligida faoliyat olib borayotgan mutakhassislar sezayotgan bulishi mumkin. FAOning Uzbekistonda utkazgan tajribalariga asoslanib aytish mumkinki, tuproqni chuqur shudgor qilish yomgir chuvalchanglari sonining olib kelgan bulsa, tuproq haydalmagan yoki shudgor qilinmaganda esa chuvalchanglar sonining ortishi kuzatilgan. Dehqonchilikni yanada rivojlantirish uchun resurstejovchi tekhnologiyalar buyicha ilmiy tadqiqotlarning yangi usullarini ishlab chiqarishga jalb etish zarurdir. Hech kimga sir emaski, hozirgi davrda ham kupgina olimlar: «erni qanday chuqurlikda haydash kerak 30 yoki 40 sm?» degan savolga javob topish uchun bosh qotirishmoqda.
Комментарии 0