Barselona taktik bekarorlik va messi — ozbekiston

Barselona taktik bekarorlik va messi — ozbekiston

Barselona: taktik bek’arorlik va messi — o’zbekiston

La Liga 24-turidan o’rin olgan «Atletiko»ga k’arshi o’yinda muxlislar boshk’acha «Barselona»ni ko’rishga muvaffak’ bo’ldi. «Ko’k-anorranglilar» Madridda 3-4-3 sxemasi bo’yicha harakatlandi, Luis Enrikening so’zlariga k’araganda esa to’psiz harakat vak’tida bu 4-4-2 ga o’zgarib turgan.
Nima bo’lganda ham, buni juda samarali deb bo’lmaydi. «Barselona»ni 4-3-3 taktik sxemasi bo’yicha o’ynatishga odatlangan Luis Enrike «PSJ»dan 4:0 hisobida mag’lub bo’lingan o’yinnning ikkinchi bo’limida 4-2-3-1 ga o’tishga urinib ko’rdi, «Leganes»ga k’arshi 2:1 hisobida g’alaba k’ozonligan o’yinda esa yana birinchi bo’limda 4-3-3, ikkinchi bo’limda 4-2-3-1 sxemasi kuzatildi.
Birok’ «Leganes» o’yin oxirida belgilangan penalti evaziga mag’lub etilgan, «Atletiko»ga k’arshi «Visente Kalderon» stadionida kechgan eng so’nggi o’yinida ancha k’iynalgan bo’lsa ham, «Barselona» o’yinida biroz bo’lsa-da yaxshi tomonga o’zgarish sezildi.
Endilikda yarim himoyada uch, to’rt va besh nafargacha futbolchidan foydalanayotgan ushbu «Barselona» avvalgiday uchrashuvning boshidan oxirigacha o’yinni nazorat k’iladigan jamoa emas. Klubni Xavi tark etgach va Luis Suares kelgach, «Barsa» keskin hujumlarga asoslangan uslubga o’tdi va o’zining fantastik hujum chizig’iga juda bog’lanib k’oldi.
«Barselona» uchun yaxshi jihat esa Lionel Messi ushbu jamoada to’p surayotganidir. Argnetinalik hujumchi «Leganes» darvozasiga ikkala golni ham urdi va «Atletiko» bilan o’yinda g’alaba to’pini kiritdi. Bungacha ham Messi «Valensiya»ga k’arshi o’yinda g’alaba to’pini kiritgan, «Sevilya»ga k’arshi o’yinda hisobni tenglashtirib g’alabaga hissa k’o’shgan, «Real Sosedad» va «Vilyarreal»ga k’arshi o’yinlarda jamoasiga 1 ochko tak’dim etgan edi.
Shunday ekan, jamoasi k’anday tizimda o’ynashi, yarim himoyaning yaxshi o’yin ko’rsata olishi yoki olmasligidan k’at’i nazar, besh karra «Oltin to’p» sohibi har doim yordamga shay bo’lib k’olmok’da.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.