Baxtli bolish sirlari — ozbekiston

Baxtli bolish sirlari — ozbekiston

Baxtli bo’lish sirlari — o’zbekiston

Mashhur yozuvchi Lev Nikolaevich Tolstoy barcha baxtli insonlar bir-birlariga o’xshashligini ta’kidlagandi. Xo’sh, ularning umumiy tomonlari aynan nimalarda ekan? Zamonaviy ruxshunoslar buni k’uyidagicha tavsiflashadi:
O’tmishni esdan chik’aring! Toki o’tmishning og’ir yukini ork’alab yurar ekansiz, baxtli bo’lolmaysiz. K’achonlardir jiddiy bir xato k’ilganmidizgiz? Eslaganingizda, o’zingizdan uyaladigan xotiralaringiz bormi? O’tmish zanjirlaridan halos bo’ling, aks xolda, tarak’k’iy etolmaysiz. Bugungi kunga moslashib, ertangi kunga intilib yashang.
O’z umringiz uchun ma’suliyatni his k’iling! Baxtli bo’lish uchun birinchi navbatda erkin bo’lish lozim. Vaziyat k’anday bo’lmasin, unga k’anday yondashish o’z k’o’lingizda. Buning uchun fak’at o’zingiz javobgar bo’lasiz. O’z muvaffak’iyatsizligingizda birovlarni ayblamang.
Atrofdagilar bilan yaxshi munosabat o’rnating! Bu sizga baxt ato etuvchi buyuk ne’matdir. Fe’l-atvorida muhabbat ustunlik k’ilishi kishini baxtga etaklaydi.
O’z k’izik’ishlaringizga ega bo’ling! Ishk’ibozlik bizga mayda xursandchiliklar beradi va ular birlashib, baxtga aylanadi. Shuning uchun k’izik’ishlar doirasini kengaytirib boring. Bu bilan siz baxtga eltuvchi yo’llaringizni ko’paytirasiz. Atrofda shuncha k’izik’arli narsalar bo’la turib, kishi baxtsiz bo’lishi mumkinmi?
Hayotiy mak’sadga ega bo’ling! Baxtga erishish uchun sizga bu juda zarur. O’zingizni bir cho’k’k’iga yo’naltirmasangiz, fikrlaringiz tark’alib ketishi mumkin. Mak’sadingiz – hayotning o’zagi.
O’zingizda borini k’adrlang! Agar noshukur bo’lmasangiz, baxtga etish uncha k’iyinmas. O’zimizda bor bo’lgan narsalarga k’arash esa k’o’limizda yo’k’ narsaga k’arashdan ko’ra zavk’lirok’. Atrofingizga k’arang, baxtli ekaningizni payk’ash uchun shuncha ko’p asosingiz borki…
O’zingizda boridan boshlang! Tushungan odam baxtli bo’lish uchun butun umri davomida muayyan mik’dordagi maoshni yoki yuk’ori mansabni kutib yashamaydi. O’zingizda bori bilan ham baxtli bo’lish mumkin. Axmok’lar baxtni tog’lar ortidan, ak’llilar esa – oyok’lari ostidan izlaydi.
Nekbin bo’ling! Baxtli insonlar xech k’achon k’ayg’uli fikrlarga berilmaydilar. Vaziyat k’anchalik chigal bo’lmasin, ular hamma narsaga yaxshi ko’z bilan k’arashadi.
O’zingizni yarating! O’zingiz uchun o’z hayotiy tamoyillaringizni yarating va ularga amal k’iling. O’zingizga bo’lgan sadok’at ham baxt yo’lidagi muhim omillardandir. Siz kimsiz? Boshk’alar hayoti bilan yashamang, kimningdir umidi, sizdan nimadir kutayotgani uchun emas, o’zingiz uchun yashang. K’o’yib bersa, odamlar sizdan ko’p narsa kutishlari mumkin, lekin o’zingizchalik sizni birov sevarmikan?
Ijod k’iling! Biror narsa yaratish sizga kuch bag’ishlaydi va ahvolingizni yaxshi tomonga o’zgartiradi.
O’zgarib turing! Muntazam tarzda yangilanib, o’sib rivojlanib borsangiz, baxtning o’zi sizni izlab topadi. Hayotingizni yangi bosk’ichga ko’tarish uchun hamisha yangiliklar izlab toping.
O’z iste’dodingizdan foydalaning! Siz, avvalo, bu iste’dodingizni kashf etishingiz, k’olaversa, kundalik faoliyatingizda namoyon k’ilishingiz lozim. Baxtga olib boruvchi eng to’g’ri yo’l – o’z iste’dodingizni kengrok’ namoyon etishingizga ko’maklashuvchi daromad manbaini topishdir.
Mayda-chuydalarga e’tibor bermang! Ko’pincha mayda gaplar katta baxtga zavol etkazishi mumkin.
Nafsingizni jilovlab oling! To’g’ri, kishida turli istaklar bo’lishi yomon emas, ammo ularning sog’lom ak’l ustidan hukmronlik k’ilishlariga yo’l k’o’ymaslik kerak. Aks holda, o’zingizga ortik’cha baho berib, bu bilan kulgiga k’olishingiz mumkin.
Boshk’alarni baxtli k’iling! Bu baxtga erishishning eng ishonchli usulidir. O’z baxtingiz yo’lida odamlarga yaxshilik k’iling – ana shunda buning o’zi baxt ekanligiga amin bo’lasiz. Kishilarga hamdard bo’ling. Bu fidokorlikning oliy ko’rinishidir. Baxtga xech k’achon xudbinlik ork’ali emas, balki fidoyilik tufayli erishiladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.