Bemano poyga yoxud lokomotiv va bunyodkor ochlda nima kila olishdi — ozbekiston

Bema’no poyga yoxud lokomotiv va bunyodkor ochlda nima k’ila olishdi? — o’zbekiston
Marraga so’nggi bo’lib kelishingizni bila turib poygada k’atnashaverarmidingiz? Axir bu g’alati-ku! Boshk’a tomondan, «Baribir, yutk’azaman», deb, kurashdan to’xtash ham noto’g’ri. Ammo eng oxirida k’olish insonning hamiyatiga tegadi. Alam k’iladi. Klublarimizning Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki shunga o’xshash. Imkoniyatlarini bila turib ham poygaga chik’ishadi. Avval bu ishni fak’at «Bunyodkor» «uddalardi», endi «Lokomotiv» ham uning yoniga k’o’shildi. Bir so’z bilan aytganda, bema’no poyga…
YAk’in-yak’ingacha o’zbek klublari OChLda ancha rak’obatbardosh hisoblanardi. To’g’ri, ulardan hech kim g’oliblikni kutmagan. Lekin turnir favoritligiga asosiy da’vogarlar ham o’ylanib maydonga tushardilar. Bu yil esa, G’arbiy mintak’ada eng yomon natija k’ayd etgani aynan bizning vakillar bo’ldi. Xo’sh, bunga nima sabab? Kimga nima etishmadi? Hamma hissiyotlarni bir chetga surib, shu hak’da biroz mulohaza yuritsak.
«BUNYODKOR»
Aslini olganda, «k’aldirg’ochlar» yil o’tgani sari Chempionlar Ligasida «yaxshirok’» natija k’ayd etishmok’da. Klub ikki yil muk’addam 1 ochko bilan guruhda k’olib ketgan edi. Keyingi safargisida ko’rsatkich nisbatan yaxshilandi — ochkolar soni oshdi. Bu mavsum esa «Bunyodkor» hatto bitta g’alabaga ham erishdi. Bir so’z bilan aytganda, o’sish bor. Agar eski rahbariyat va murabbiylar shtabi almashmaganda, biror 10 yildan so’ng jamoa guruhdan chik’k’anini ham balki ko’rarmidik?!
«Bunyodkor»ga nima etishmasligini futbolga endi k’izik’a boshlagan muxlis ham aytib bera olsa kerak. So’nggi yillarda klub oldiga g’alabalar emas, «terma jamoaga nomzod futbolchilar etishtirib berish» vazifasi k’o’yilgani bois rak’obatbardosh tarkib deyarli k’olmadi. Jamoa ishtirokidagi oxirgi o’yinlar ham bunga misol — darvozabon Murodjon Zuhurovdan boshk’alarning hech biri 23 yoshdan katta emasdi. Bunday jamoaga nima etishmasligi mumkin? Albatta, ruhiy bark’arorlik va og’ir vaziyatlardan chik’ib ketish ko’nikmasi.
YOshlardan tuzilgan jamoada bir kamchilik kuzatiladi — golni birinchi bo’lib urib olsa, ko’tarinki ruhda hujumlarni davom ettiradi. Aksincha, o’zi gol o’tkazib yuborgan tak’dirda futbolchilar bosimni ko’tara olmay, «sinib» k’olishadi. «Bunyodkor»ga so’nggi paytlarda aynan yoshlarni o’z ortidan ergashtira oladigan tajribali futbolchi etishmadi. Murodjon Zuhurov iloji boricha ularga ko’rsatma berib turishga intildi, ammo yoshlarga o’z atrofida teppa-teng, kerak bo’lsa, ko’prok’ yuguradigan etakchi kerak. Ishoning, bunday sardor yonida turib, baland ovozda ko’rsatmalar bersa, hatto sillasi k’urib, kuchi k’olmagan o’yinchi ham borini safarbar etadi.
Mirjalol K’osimovning jamoani k’abul k’ilib olganidan so’ng tarkib kuchaytirilishi va tajribali futbolchilar taklif etilishi hak’ida gapirgani bejiz emas. YOshlar bo’lgani yaxshi, ammo ular kimdandir o’rnak olishi shart. Aks holda, na jamoa va na o’yinchida o’sish kuzatiladi. K’osimovning o’zi bir vak’tlari «Paxtakor»da Xoren Oganesyan bilan birga to’p surib, undan ko’p narsalar o’rganmaganda, shunday saviyaga chik’armidi yoki yo’k’, bahsli masala. Hozirgi «Bunyodkor»da kim Shomurodov va Hamdamovga o’rnak bo’la oladi? Hech kim. Shunday ekan, bu futbolchilarning vak’ti kelib kuchli chempionatlarda o’ynashiga umid k’ila olamizmi? Mirjalol K’osimov Evropada o’z obro’siga ega «Liverpul» darvozasini ishg’ol etishni uddalagandi. «Bunyodkor» yoshlari esa Osiyo jamoalariga gol urishda k’iyinchilikka duch kelishmok’da.
Jamoaning yana bir muammosi murabbiy bilan bog’lik’ edi. Albatta, chetdan turib gapirish to’g’rimasdir, ammo oddiy muxlis uchun ham «Bunyodkor»da murabbiy va futbolchilar o’rtasidagi munosabat risoladagidek emasligi sezilib k’olgandi. Sergey Lushan ko’p asabiylashardi, futbolchilaridan norozi bo’lib, tez-tez ovozini ko’targancha ko’rsatmalar berardi. Hatto zaxiraga chik’k’an o’yinchilariga ham maydon chetidayok’ e’tiroz bildirishdan o’zini tiyolmadi. Mazkur holat esa klubda ichki muhit borasida ishlar sillik’ kechmayotganini ko’rsatib turgandi. Aslida, bu hak’ida gapirish unchalik ham shart emasdir. Chunki «Bunyodkor»da murabbiylar shtabi ham o’zgardi, rahbariyat ham. Umid k’ilamizki, ushbu o’zgarishlar jamoaga bark’arorlik olib keladi.
«Bunyodkor»da ishtiyok’, kuch va g’ayrat borasida hammasi joyida edi. To’g’risini aytganda, «Al-Ayn»dan uchralgan so’nggi mag’lubiyatni inobatga olmaganda, k’olgan bahslarda «k’aldirg’ochlar» engilgan bo’lsalar-da, yomon o’yin namoyish etishmadi. Mana shu tarkibga ikki-uch nafar yuk’ori saviyadagi o’yinchi k’o’shilsa, jamoaning avvalgi mavk’eini k’aytarishiga ishonamiz. Ammo mavjud muammolarni hal k’ilish oson emas. Eng katta masala — Chempionlar Ligasi yo’llanmasini k’o’lga kiritish bo’lsa kerak. Klub hozir oliy ligada kuchli o’nlikka kirish uchun kurashmok’da. Bunday vaziyatda OChLdagi ishtirok hak’ida gapirish ortik’chadek, go’yo. Ko’ramiz, yangi murabbiylar shtabi nimalar k’ilar ekan.
«LOKOMOTIV»
DAVOMI
Комментарии 0