Besh yil davomida aholiga transport xizmatlarini korsatish yaxshilanadi — ozbekiston

Besh yil davomida aholiga transport xizmatlarini ko’rsatish yaxshilanadi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 yanvar kuni «Aholiga transport xizmati ko’rsatish hamda shaharlar va k’ishlok’larda avtobuslarda yo’lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi k’arorni imzoladi. Hujjat matni va unga berilgan sharh O’zAda e’loni k’ilindi.
K’aror avtotransport xizmatlari bilan ta’minlash sohasini yanada takomillashtirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-ik’tisodiy rivojlantirishga erishish hamda mamlakat shahar va k’ishlok’larida aholi bandligi muammolarini hal etishda avtotransport xizmatlari ko’rsatishning rolini kuchaytirish, yo’lovchilar tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli tashlamalarni k’isk’artirish mak’sadida k’abul k’ilindi. Buning uchun 2017-2021 yillarda shaharlar va k’ishlok’larda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturi tasdik’landi.
Bu davr mobaynida 303 ta yangi yo’lovchi tashish yo’nalishi, ulardan 240 tasini (79,2 foizi) shahar atrofida va k’ishlok’ joylardan o’tadigan shaharlararo k’atnovlarda ochish nazarda tutilmok’da. YAngi yo’nalishlar ochish bilan birgalikda, asosan avtobuslar etishmasligi tufayli k’atnov to’xtatilgan yo’nalishlar tiklanadi.
Kelgusi 5 yilda 8600 ta yo’lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5700 ta umumiy foydalanishga k’ulay mikroavtobus sotib olinadi.
Avtostansiyalar, to’xtash bekatlari engil konstruksiyalardan va asosan mamlakatimizda ishlab chik’arilayotgan arzon materiallardan (metall konstruksiyalar, sendvich-panellar va shu kabilardan) foydalangan holda namunaviy loyihalar bo’yicha k’uriladi.
Yo’lovchilarga sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlash mak’sadida avtobus va mikroavtobuslarning ishini masofadan onlayn rejimida (GPS) doimiy kuzatishni.
2018 yilning 1 iyul sanasiga k’adar Nukus shahri va viloyatlar markazlarida shahar yo’lovchilar transportida yo’l hak’ini bank plastik kartochkasida nak’d pulsiz to’lash tizimini bosk’ichma-bosk’ich joriy etish rejalashtirilgan.
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga tarkibiy va institusional o’zgartirish, xizmatlar bozori shakllanishi va rivojlanishiga hamda avtomobillarda tashish xavfsizligi masalalarini hal k’ilish uchun maxsus vakolatli davlat boshk’aruvi organi sifatida yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish madaniyati va sifatini oshirishga yo’naltirilgan kompleks amaliy chora-tadbirlarning ishlab chik’ilishini va tizimli asosda amalga oshirilishini muvofik’lashtirish va nazorat k’ilish yuklanmok’da. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining aholi bilan veb-sayt, «ishonch telefonlari» ork’ali mulok’otining amaliy mexanizmi ta’minlanadi.
Kelgusi 5 yil mobaynida Dasturni moliyalashtirishga 840 milliard so’mdan ziyod, asosan «O’zavtosanoat-lizing» va boshk’a lizing kompaniyalarining mablag’lari, tijorat banklari kreditlari, xususiy investorlarning o’z mablag’lari, shuningdek, mahalliy byudjetlar mablag’lari hamda k’onun hujjatlarida tak’ik’lanmagan boshk’a mablag’lar yo’naltiriladi.
K’arorda lizing kompaniyalari va tashuvchilarning o’zlari yangi sotib oladigan mikroavtobuslar uchun Respublika yo’l jamg’armasiga to’lanadigan yig’im to’lovidan ozod k’ilinishi nazarda tutilgan.
Chetdan keltiriladigan va respublikamizda ishlab chik’arilmaydigan, avtobuslar va mikroavtobuslarning ishini onlayn rejimida (GPS) muntazam tarzda masofadan kuzatib borishni, shuningdek, yo’lkirani nak’d pulsiz to’lash tizimini joriy etish uchun mo’ljallangan barcha materiallar, asbob-uskunalar, detallar bojxona to’lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig’imlaridan tashk’ari) ozod k’ilinishi ham nazarda tutilmok’da.
Bundan tashk’ari, yuridik shaxslar shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo’nalishlarda (k’ishlok’ joylarda) avtobuslarda yo’lovchilar tashish hajmi bo’yicha yagona solik’ to’lovidan ozod k’ilinmok’da.
K’arorning amalga oshirilishi yo’lovchilar tashish xavfsizligini, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish madaniyati va sifatining yuk’ori darajasini, jamoat transporti yo’nalishlaridagi transport vositalari harakatining belgilangan jadvallari va oralik’lari maromiga rioya etilishini, avtotransportda yo’lovchilar tashish sohasida iste’molchilarning huk’uk’lari samarali himoya k’ilinishini hamda tashuvchilarning moliyaviy bark’arorligini ta’minlashga ko’maklashadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.