Beyl yana sindi unga nima bolyapti ozi — ozbekiston

Beyl yana sindi: unga nima bo’lyapti o’zi? — o’zbekiston
«Endigina jarohatidan forig’ bo’lgan Garet Beylning yana safdan chik’ishi mumkinligini kim ham o’ylabdi deysiz?». Bu alamli so’zlar jurnalist Richard Martinning tvitterida yozib k’oldirildi. Mazkur bitik ostidagi izohlarni mutolaa k’ilsangiz, Beyl umuman jarohatlardan k’utulmaydigan omadsiz futbolchidek tasavvur uyg’otadi. Rost-da, axir dunyoning sobik’ eng k’immat futbolchisi zamonamizning eng murosasiz «Klasiko»sida bor-yo’g’i 38 dak’ik’aga yarasa, Zidanga alam k’iladi-da…
Oddiygina rak’amlar
ESPN kompaniyasining hisob-kitoblariga ko’ra, Beyl Madriddagi to’rt mavsum davomida 17-bor jarohatga yo’lik’mok’da.
Jarohatlar tufayli u «Real»ning 79ta o’yinini o’tkazib yuborishga majbur bo’ldi.
Muammolardan ko’z yumishning iloji yo’k’. Hattoki, sizning ismingiz Florentino Peres bo’lsa ham.
17 jarohat? Bu axir, juda ko’p-ku!
Darhak’ik’at, so’nggi vak’tlarda Beyl va jarohat bir-biridan ayro tasavvur k’ilib bo’lmaydigan tushunchalarga aylanib k’oldi. Lekin keling, masalaga yondashishdan oldin tarixga bir nazar solaylik.
«Atigi besh yil avval «Totten-xem»ning zaxiradagi himoyachisi sanalgan Garet Beyl kecha «Real»ning afsonasiga aylandi», — deb yozgandi Daily Mirror muxbiri Deyv Kidd ChL-2014 finalidan keyin. YAxshi bilasiz, bu o’yinda Garet madridliklarning g’alaba to’pini kiritgan. «Beylning «Real»dagi ilk mavsumi ajo-yib o’tmok’da. Albatta, kim uchundir bu boshk’acha tuyulishi ham mumkin, lekin Garet k’iyinchiliklarni bir zumda engib o’tmok’da», — deb yozgandi The Telegraph xodimi Pol Xeyuord. Agar o’sha davrlar yodingizda bo’lsa, Beyl Polning fikri aytilishidan bir oycha muk’addam, Ispaniya kubogi finalida Mark Bartrani yosh boladek lak’illatdi va bu bilan britaniyalik jurnalistlarning mak’tanishlariga yo’l ochib berdi. Zero hak’ik’atan ham, «Santyago Bernabeu»dagi 2013|2014 yillar mavsumi Beyl uchun ko’ngildagidek o’tgandi.
Ammo yanvar oyiga kelib, Garetning jarohatlarga moyilligi borligi barchaga ma’lub bo’lib k’oldi va shu bois, ispan matbuotida Beylni Jonatan Vudgeytga o’xshata boshlashdi. Vudgeytning mashhurligiga sabab shuki, u turli jarohatlar va kulguli falokatlar tufayli «Real» libosida bor-yo’g’i 14 marta maydonga tushgan, xolos. Tabiiyki, bu o’xshatishda mahobat biroz ko’prok’, lekin Garet mavsum davomida ancha-muncha, ya’ni 17ta o’yinni o’tkazib yuborgandi. Boz ustiga, bu vak’tga kelib «Tottenem»dan o’ta yuk’ori narxda sotib olingan vingerning umurtk’asida muammolar borligi barchaga oshkor bo’lib k’olgandi.
Lekin nafsilamrini aytganda, 2014|2015 yillar mavsumi — Ispaniyadagi birinchi yil Beyl uchun yomon o’tmadi. U 48 o’yinda 4200 dak’ik’a harakat k’ildi. O’tgan mavsumda esa ko’rsatkich ikki barobar pasayib ketdi. Joriy mavsumda esa holat k’anday ekanini barcha yaxshi biladi…
Bizningcha, Beyl faoliyatidagi eng yok’imsiz jarohatlarni yak’inda orttirib oldi. Deylik, «Sporting» (Xixon, yanvar-2016)ga k’arshi o’yin chog’ida uning son mushaklari uzildi. Lissabonning shu nomdagi klubiga k’arshi bahsda esa (noyabr-2016) boldir paylaridagi cho’zilish sabab uch oy havoga ketdi.
Xullas, Beylning asosiy muammolari k’uyidagilar: son va boldir mushaklari, bel, oyok’ kafti va paylar.
Beyl doim shunak’amidi?
DAVOMI
Комментарии 0