Bir kozli hujumchi va boshka futbol afsonalari hakida 11 fakt — ozbekiston

Bir kozli hujumchi va boshka futbol afsonalari hakida 11 fakt — ozbekiston

Bir ko’zli hujumchi va boshk’a futbol afsonalari hak’ida 11 fakt — o’zbekiston

Millionlar o’yini tarixida kuzatilgan ko’plab vok’ealar hali-hanuz muxlislarni hayratlantirib keladi. Aynik’sa, afsonaga aylangan futbolchilar hak’idagi ma’lumotlar ba’zan kishilar yuziga tabassum yugurtirsa, boshk’a safar g’amginlikka sabab bo’ladi. Bugun xuddi shunday faktlar hak’ida so’z yuritamiz.
GARRINChA
Braziliya azaldan ko’plab buyuk futbolchilarni dunyoga tanitgan — Peledan tortib, Zikogacha, Romariodan Ronaldogacha, ular orasida Ronaldino va Neymar ham bor. Shuningdek, ushbu ro’yxatga Garrinchani ham kiritish mumkin. To’lik’ ism-sharifi Manuel Fransisku dus Santus bo’lgan iste’dodli vingerning hayotida dik’k’atga molik vok’ealar kuzatilgan. U poliomielit xastaligi ta’sirida ko’plab nuk’sonlarga yo’lik’k’an. Xususan, umurtk’a deformasiyasidan aziyat chekkan, k’olaversa, bir oyog’i ikkinchisidan olti santimetr kalta edi. Shifokorlar Garrinchaning binoyidek k’adam k’o’-yishiga shubha ostida k’aray boshlagan paytda u professional futbolchiga aylandi.
Jorj BEST
Shimoliy Irlandiya futbol afsonalari etishtirish bilan mak’tana olmaydi. Ammo ushbu mamlakatdan chik’k’an Jorj Bestning buyukligi shubhadan xoli. Buni k’arangki, «Manchester Yunayted»dagi faoliyati ork’ali nom k’ozongan yuksak ik’tidorni yomon ko’ruvchilar ham topilgan. Aynan shunday shaxslardan biri 1971 yili birinchi divizion vakillari «Nyukasl» va «Manchester Yunayted» o’rtasidagi bahs arafasida polisiya­ga k’o’ng’irok’ k’ilib, o’yin paytida Bestni otib o’ldirishini aytgan. Futbolchiga shu zahoti tavakkal k’ilmay, o’ynamaslikni maslahat berishdi. Birok’ Jorj xavfsizlik choralarini kuchaytirish sharti bilan maydonga tushishga k’aror k’ildi. Buning sababi so’ralganida, u yugurayotgan chog’i nishonga olish k’iyin bo’lishini ta’kidlagan. Uchrashuvdan so’ng Best avvallari bunchalik ko’p yugurmaganini tan olgan.
Xarald BOR
Matematik va futbolchi atamalarining o’zaro bog’lik’ligini hadeganda kuzatavermaymiz, ammo Xarald Bor aynan shu ikki kasbga bevosita alok’ador bo’lgan: 1908 yilgi Olimpiada o’yinlari kumush medali sohibi, etuk olim, mashhur fizik Nils Borning ukasi.
Odatda, matematiklar oldida biror tezisni isbotlash vazifasi tursa, buni bir guruh kishilar k’arshisida amalga oshirishadi. Birok’ Bor shusiz ham amalladi: keyinchalik ma’lum bo’lishicha, auditoriyadagilarning aksariyatini ishk’ibozlar, ayrim k’isminigina olimlar tashkil etgan. Shu tarik’a nimanidir isbotlashga hojat k’olmagan.
Uilyam FULK
Bugungi kun futbolchisi — bu yuk’ori formadagi professional atlet. Avvallari talablar bunchalik katta emasdi. YOki boshk’acha aytganda, aksariyat o’yinchilar sportchilarga xos tashk’i ko’rinish borasida k’ayg’urishayotgan pallada Uilyam Fulk siymosidagi istisnolar ham uchragan.
Har k’anday futbol ensiklopediyasining k’ahramoniga aylangan kiper «Sheffild Yunayted», «Chelsi» va «Bredford» safida 411ta o’yinda maydonga tushib, hattoki, Angliya termasi darvozasini k’o’rik’lashga ham ulgurgan. Uning 152 kg. vaznga ega ekanligi esa mazkur holatda aslo xalal bermagan.
Buning natijasida unga «Bak’alok’» deb lak’ab k’o’yishgan. Fulk o’z vak’tida ishonchli darvozabon sifatida chempionlikka erishib, ikki marta Angliya kubogini boshi uzra ko’targan. Darvok’e, u keyinchalik professional kriket bilan shug’ullanishga ham ulgurgan. Lak’abi esa Uilyamni aslo ranjitmagan: «Meni k’anday chak’irish sizga havola… asosiysi, tamaddiga chak’irishni unutmang!».
Bert TRAUTMANN
Germaniyaliklar harbiy asiri bo’lgan Trautmann Manchesterni juda yok’tirgani tufayli Angliyadan k’o’nim topishga k’aror k’ilgan. Bu biroz g’alati, ammo vok’ea shu bilan yakun topmagan: bir safar u o’yinda maydonga tushib, bo’ynidan jiddiy jarohat olgan. Mazkur vok’ea 1956 yili Ang­liya kubogi finalida ro’y bergan. Bert to’p surayotgan «Manchester Siti» «Birmingem»ga k’arshi to’p surayotganda, darvozabon rak’ib o’yinchisi Piter Myorfi bilan to’k’nashib, shikastlangan. Ammo Trautmann shunday holatda ham bahsni oxirigacha o’tkazib, yakunda 3:1 hisobidagi g’alabaga munosib ulush k’o’shgan.
Gilermo STABILE
Familiyasi bark’arorlikni anglatuvchi hujumchi olti yil k’adrdon yurti Argentinada to’p surgach, 1930 yili «Jenoa» safiga k’o’shildi. Giler­mo o’sha yili o’tkazilgan jahon chempionatida eng yaxshi to’purarga aylanib, italyanlar e’tiborini o’ziga k’aratgandi. k’izig’i shundaki, Stabile bunga k’adar mamlakati termasida o’ynamagandi, keyinchalik ham milliy jamoada to’p surmadi. To’rtta o’yin va sakkizta golning barchasi uning uchun yagona bo’lgan mundialda k’ayd etilgan. Boshk’a k’it’aga ko’chib o’tish k’arori esa uni termadagi jo­yidan mahrum k’ilgandi.
Robert ShLINS
Tarixda og’ir jarohatdan so’ng muvaffak’iyatga erishgan futbolchilar ko’p uchragan, ammo ular orasida germaniyalik Robert Shlins alohida ajralib turadi. 1948 yili o’yin o’tkazish uchun stadionga yo’l olgan hujumchi xotirjam tarzda k’o’lini avtomobil oynasidan tashk’ariga osiltirgancha ketar ekan, kutilmaganda uning boshk’aruvidagi mashina o’ydim-chuk’urga tushib, ag’dariladi. Halokat ok’ibatida k’o’lni kesib tashlashga to’g’ri keldi. Shu bilan Shlinsning faoliyati yakun topgandek edi, ammo futbolchi nafak’at to’rt oydan so’ng maydonga k’aytdi, balki «Shtutgart» safida ikki karra mamlakat chempionligini k’o’lga kiritib, uch marta terma jamoa libosida to’p surdi. Robertning tak’diriga k’izik’ishni orttiradigan yana bir fakt ham bor: millionlar o’yiniga kirib kelishidan avval, anik’rog’i, Ikkinchi jahon urushi paytida o’k’otar k’uroldan otilgan o’k’ uning jag’ini jarohatlagan.
Bob TOMSON
Boshk’a sport turlarida bo’lgani kabi, futbolda ham ko’z bilan chamalash muhim ahamiyat kasb etadi. Buni kimdir inkor etishi mumkin, fak’at… «Chelsi»ning afsonaviy hujumchisi Bob Tomson emas. Ushbu futbolchi faoliyatining aksar k’ismini bir ko’z bilan o’tkazgan. Jiddiy jarohat unga bolaligidan meros k’olgandi. Natijada Tomson 83ta o’yinda 23ta gol urishga erishdi. E’tiborlisi, ushbu ko’rsatkichlarning barini notinch paytlar — 1915 va 1917 yillar oralig’ida k’ayd etgan. Bob to’p ko’zi ko’rmaydigan tarafdan kelsa nima k’ilishi hak’idagi savolga k’isk’a-lo’nda javob k’aytargan: «Ikkinchi ko’zimni ham yumib, xotiramga tayanib o’ynayman».
Xyu MAKLENAXAN
Bir futbolchi uchun o’n millionlab pul sarflanishiga allak’achon ko’nikib ulgurganmiz, ammo shunday pallalar ham bo’lganki, transfer uchun valyuta ishlatishga hojat k’olmagandi. Xususan, 1927 yili «Manchester Yunayted» «Stokport Kaunti» futbolchisi Xyu Maklenaxanni sotib olish uchun muz­k’aymok’ to’ldirilgan muzlatkich bergan. Nega aynan muzlatkich? Chunki o’sha paytdagi murabbiy yordamchisi Luis Rokka muzk’aymok’ ishlab chik’aruvchi firma egasi sifatida muvaffak’iyatli kelishuvga erishgandi. Bu xariddan «MYu» aslo afsuslanmadi — Maklenaxan «k’izil iblislar» safida 112ta o’yin o’tkazdi.
Kongodagi uchrashuvning 11 k’atnashchisi
1998 yili Kongoda o’tkazilgan kamtarona o’yinda maydonga urgan yashin mazkur uchrashuv k’atnashchilarini hak’ik’iy afsonaga aylantirdi. «Basanga» va «Bena Tshadi» klublari o’rtasida kechgan bahs payti ro’y bergan vok’eadan so’ng mehmon jamoa a’zolarining barchasi halok bo’ldi. «Basangi»dan esa hech kim shikastlanmadi. Bellashuvni bevosita stadiondan kuzatayotgan muxlislarning 30 nafari turli darajadagi kuyish jarohatini olishgan bo’lsada, k’urbonlar kuzatilmadi. Odatda, kongoliklar tabiiy ofatlarni sehr-joduga bog’lashadi. Shu bois, muxlislarning aksariyati hozirgacha o’sha bahsdagi falokatga rak’ib jamoa sababchi bo’lganiga ishonishadi.
Lev YAShIN
Futbol tarixidagi, shubhasiz, eng yaxshi golkiper. Aks holda, «Oltin to’pni» k’o’lga kiritgan boshk’a darvozabonni taniysizmi? k’olaversa, futbol tarixi va statistikasi Xalk’aro federasiyasi YAshinni XX asrning eng yaxshi posboni, deb topgan. Ushbu kiper faoliyati davomida Moskvaning «Dinamo» klubida 326ta, sobik’ ittifok’ termasida 74ta o’yin o’tkazgan. Ushbu statistikada dik’k’atga molik jihat yo’k’dek… agar shu vak’t mobaynida kuniga to’rt k’uti tamaki chekkanini inobatga olmasak. Hattoki, 1956 yilgi Olimpiada o’yinlari arafasida Hindistonga borganida fil uning sigaretini o’g’irlagan. Aftidan, shu jonivor ham zararli illatga k’arshi chik’k’an. Albatta, tamaki iste’moli sog’lik’k’a jiddiy ziyon etkazadi va ushbu fakt YAshin misolida ham o’z isbotini topdi. Kashandalik odati ik’tidorli darvozabonni oshk’ozon yarasiga etakladi va bu xastalikdan ko’p aziyat chekdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.