Birinchi yordam korsatish boyicha 5 konikma — ozbekiston

Birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha 5 ko’nikma — o’zbekiston
YOk’imsiz holatlar kutilmaganda ro’y berishi mumkin, shu bois har k’anday vaziyatda ham ularga tayyor turish kerak, aynik’sa boshk’a bir insonning hayoti sizning ko’nikmalaringizga bog’lik’ bo’lsa. Don’t Panic birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha har bir inson bilishi kerak bo’lgan besh asosiy tamoyili bilan bo’lishdi.
Sun’iy nafas
Sun’iy nafas har bir inson bilishi kerak bo’lgan elementar reanimasion xatti-harakatlar sirasiga kiradi. Jabrlanuvchiga kislorod etkazish uchun shunchaki yuzma-yuz nafas olishning o’zi kifoya, deb o’ylamang. Birinchi navbatda, nafas yo’llarini tekshirib, zarurat tug’ilgan tak’dirda, biror bir predmet, k’on yoki balg’am bo’lsa, tashk’ariga chik’arib tashlash kerak. Ilk 10 havo yuborishni tezlikda bajaring, keyin esa bir dak’ik’ada 20 nafas ritmini k’o’llang. YOdingizda bo’lsin: agar insonning ko’krak k’afasi ko’tarilayotgan bo’lsa, demak, barchasi to’g’ri ketmok’da.
Yurak massaji
Agar jabrlanuvchining pulsi yo’k’ligini sezsangiz, yurakni massaj k’ilish kerak. Ko’krak k’afasining eng k’isk’a va tor k’ismini anik’lang va uning chetidan 2-3 santimetr o’lchang — bu kompressiya nuk’tasi bo’ladi. Kaftning asosini shu erga k’o’ying, uni ikkinchi kaft bilan yoping — bosim aynan shu k’ismlar bilan amalga oshiriladi. Ritmik bosimlarni kuchli, vertikal yo’nalishda amalga oshiring. Biroz ter to’kishingizga to’g’ri keladi: chastota dak’ik’asiga 110 martani tashkil k’ilishi kerak. Puls bo’lsa, yurak massajiga hojat yo’k’.
Geymlix usuli
Bu usulni Amerika kinofilmlarida namoyish k’ilishni yaxshi ko’rishadi. Jabrlanuvchining ork’asiga turib olasiz, uni kindik sohasining yuk’ori k’ismidan, k’ovurg’alar ostidan ushlaysiz. Shundan so’ng kuch bilan uning k’ornini bosasiz – bu harakatni odatda bir necha marta takrorlashga to’g’ri keladi.
Xushdan ketish
Xushdan ketish kislorod etishmovchiligi natijasida yuzaga keladi – miyada k’on aylanish buziladi va organizm tanani o’chirishga buyruk’ beradi. Bu erda bir narsani anglab etish muhim – inson tetiklashtiruvchi havo ok’imi ko’paygandagina tezrok’ o’ziga keladi. Jabrlanuvchini oyna yak’iniga yotk’izing va uni havoni to’suvchi kiyim yoki aksessuarlardan xalos k’iling. Yuzga suv purkash zarar k’ilmaydi, agar k’o’l ostingizda dorilar k’utisi bo’lsa, nashatir spirtidan foydalaning.
Ozik’-ovk’at mahsulotlaridan zaharlanish
Ozik’-ovk’at mahsulotlaridan zaharlanganda, birinchi navbatda, oshk’ozonni zaharli egulik k’oldik’laridan tozalash kerak. Buning uchun eng yaxshisi – bir litr suvga 10 gramm tuz solingan suvni ichish mak’sadga muvofik’. K’ayd k’ilish holatini keltirib chik’arish uchun bunday suvning 2-3 piyolasi etarli.
Комментарии 0