Bobur akmalov barsa mana shu galabaga loyik edi — ozbekiston
Bobur akmalov: «barsa» mana shu g’alabaga loyik’ edi» — o’zbekiston
Siz «Barselona»ni yok’tirasizmi, yok’tirmaysizmi, unga muxlismisiz, yo’k’mi — kechagi g’alabani e’tirof etish va bu jamoaga tan berish lozim va lobud. Hakamning yo’k’ penaltini o’ylab topgani-yu, ko’p vak’t k’o’shib bergani hak’idagi gaplar hech narsani o’zgartirmaydi. «Barsa» mana shu g’alabaga loyik’ edi — o’yini bilan, ishtiyok’i bilan va eng asosiysi, g’ururi bilan.
YAna bir jihat: menimcha, hisob 4:0 bo’lganida va k’o’shimcha taymda «Barsa» yutganida yoki asosiy vak’tning o’zida 5:0 bo’lganida kechagi g’alabaning, kambekning tafti, eyforiyasi bunchalik bo’lmasdi. Barsa kecha «2 in 1» — ikkita kambek k’ildi. Kavanining golidan keyin istalgan jamoa singan bo’lardi, taxminimcha. Hatto boshk’a paytdagi «Barsa» ham sinardi. Ammo kechagi «Barsa» emas! «Barselona» futbolchilari o’zlaridan nimaiki lozim bo’lsa k’ilishdi va tak’dirlanishdi. PSJ mag’lub bo’lish uchun nimaiki lozim bo’lsa k’ildi va «tak’dirlandi».
EChL tarixidagi uch buyuk kambekdan biri mualliflari va ularning muxlislari — sizni tabriklayman! Buyuk jamoaning buyuk davridagi buyuk g’alabalariga guvoh bo’lib yashayotganingiz — bu zo’r!
Bobur AKMALOV
«Oriat Dono» (FM 106.5) radiokanali jurnalisti
Комментарии 0