Bojkhona imtiyozlarining qullanilish tartibi qonun hujjatlariga uzgartishlar kiritish tugrisida — ozbekist

Bojkhona imtiyozlarining qullanilish tartibi qonun hujjatlariga uzgartishlar kiritish tugrisida — o’zbekiston
BOJKhONA IMTIYOZLARINING QULLANILISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh MAQSADIDA UZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA UZGARTIShLAR KIRITISh TUGRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 21 fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008 yil 27 martda maqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Uzbekiston Respublikasining 2016 yil 20 yanvardagi URQ-401-sonli Qonuniga asosan uz kuchini yuqotgan — UR QHT, 2016 y., 3(I)-son, 32-modda)
2-modda. Uzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet el investisiyalari tugrisida»gi 609-I-sonli Qonuni (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1998 yil, № 5-6, 91-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda) 12-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Chet ellik investorlar va ustav fondida chet el investisiyalarining ulushi kamida uttiz uch foiz bulgan chet el investisiyalari ishtirokidagi korkhonalar tomonidan uz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Uzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk boj undirishdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi. Chet ellik investorlarning va chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Uzbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolarining shakhsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan boj undirilmaydi».
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2008 yil 8 apreldagi 69 (4479)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008 yil 7 aprel,
URQ-143-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2008 y., 14-15-son, 86-modda; 2016 y., 3(I)-son, 32-modda)
Комментарии 0