Boks buyicha jahon chempionatining ilk finalchilari aniqlandi video — ozbekiston

Boks buyicha jahon chempionatining ilk finalchilari aniqlandi (+video) — o’zbekiston
Boks buyicha Uzbekiston termasi azolari Hasanboy Dusmatov va Iqboljon Kholdorov Germaniyaning Hamburg shahrida 2017 yilgi jahon chempionatining ilk finalchilari buldi. Sanjar Tursunov bronza medalini qulga kiritdi.
49 kg: Hasanboy Dusmatov — Yuberkhen Martines Rivas — 5:0 (29/28, 29/28, 29/28, 30/27, 30/27)
Vel Barker Kubogi sohibi, Olimpiada-2016 va Osiyo birinchiligi chempioni Hasanboy Dusmatov kolumbiyalik Yuberkhen Martines Rivas bilan jangga kirishdi. Janubiy amerikalik bokschi jangni shiddatkor boshladi. Biroq uzbekistonlik undan birmuncha tezroq harakat qilib, raqibiga qarshi zarbalar berib, ajoyib tarzda himoyalandi. Uch raund yakuniga kura Hasanboy Dusmatov golib topildi (video).
Finalda Andijon vakili amaldagi jahon chempioni kubalik Khoanis Arkhilas bilan uchrashadi. U yarim finalda qozogistonlik Jomart Erjanni 5:0 hisobida maglubiyatga uchratdi.
Qayd etish joizki, Dusmatov va Arkhilagos Jahon boks seriyasi (WSB) chorak finalida Samarqandda uchrashgan edi. Ushanda Uzbek Tigers vakili golib bulgan edi.
64 kg: Iqboljon Kholdorov — Freydis Rokhas — 4:1 (30/27, 30/27, 30/27, 30/27, 28/29)
Osiyo chempioni Iqboljon Kholdorov amerikalik Freydis Rakhasga qarshi ringga kutarildi. Ushbu uchrashuvda raqiblar tez-tez klinch holatiga kirishdi, ayniqsa AQSh vakili asosiy tashabbuskor buldi. Iqboljon Kholdorov raqibiga qaraganda aniqroq zarbalar berib, yarim finalda golibni uz nomiga yozdi. Finalda u kubalik Endi Kruz bilan jang qiladi. Ular WSB doirasida jang olib borgan va Kholdorov maglubiyatga uchragan edi (video).
91 kg: Sanjar Tursunov — Evgeniy Tishenko — 0:5 (27/30, 27/30, 27/30, 27/30, 28/29)
Boks buyicha Uzbekiston terma jamoasining eng yosh azosi, Osiyo chempioni Sanjar Tursunov amaldagi JCh, Evropa va Olimpiada-2016 chempioni Evgeniy Tishenko bilan jang olib bordi. Rossiyalik bokschi buy va qul uzunligi buyicha ustunlikka ega bulib, ulardan unumli foydalandi. Jang yakuni buyicha finalga rossiyalik yul oldi. Sanjar Tursunov esa jahon chempionati bronza medalini qulga kiritdi (video).
1 sentyabr kuni bulib utadigan ikkinchi yarim final janglari jadvali. Uchrashuvlar Uzreport orqali translyasiya qilinadi.
52 kg: Jasurbek Latipov — Inkyu Kim (Janubiy Koreya) — 21:15;69 kg: Shahram Giyosov — Abilaykhan Jusupov (Qozogiston) — 22:00;81 kg: Bektemir Meliquziev — Jozef Uord (Irlandiya) — 22:45.
Комментарии 0