Boks ozbekistonliklar tailandda kirol kubogining 7 medalini kolga kiritdi video — ozbekiston

Boks ozbekistonliklar tailandda kirol kubogining 7 medalini kolga kiritdi video — ozbekiston

Boks: o’zbekistonliklar tailandda k’irol kubogining 7 medalini k’o’lga kiritdi (+video) — o’zbekiston

Boks bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi K’irol Kubogi nomi bilan mashhur Thailand Invitation International Boxing Tournament xalk’aro musobak’asida ettita medalni k’o’lga kiritdi. 3?9 aprel kunlari Bangkokda bo’lib o’tgan musobak’ada 18 mamlakatning etti nafardan bokschisi ishtirok etdi.
O’zbekistonning barcha etti vakili uch bronza, uch kumush va bir oltin medalni k’o’lga kiritgan holda to’lik’ tarkibda sovrindorlar k’atoridan joy oldi.
Foto: fb. com/100008283270067
YArim final bosk’ichida Jasurbek Latipov (52 kg gacha) va Murodjon Ahmadaliev (60 kg gacha) tailandlik Tanesa Ongjunt va Somchay Vongsuvandan mos ravishda mag’lubiyatga uchradi. Shahobiddin Zoirov (56 kg gacha) tailandlik Butdi Chatchaya k’arshiligini enga olmadi.
Final janglarida tailandlik Masuk Vuttichaydan mag’lubiyatga uchragan Elnur Abduraimov (64 kg gacha), hindistonlik Shuam Kumar Kakaradan engilgan Hasanboy Do’smatov (49 kg gacha) hamda k’ozog’istonlik Sadriddin Ahmedovdan mag’lub bo’lgan Shahram G’iyosov (69 kg gacha) kumush medal bilan cheklandi. Milliy terma jamoa murabbiyi buni o’z shogirdlarining 22 aprel kuni Toshkentda Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga k’arshi Jahon boks seriyasi so’nggi saralash uchrashuvi arafasida tavakkal k’ilmaslikni xohlagani bilan izohladi.
Isroil Madrimov esa oltin medal uchun kechgan jangda kubalik Ozli Iglesias Estradani mag’lubiyatga uchratdi.
Video

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.